• Sanoq-ohang usuli.
  • Xatolar ustida ishlash usuli.
  • RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana17.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #158127
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    chiroyli-yozuv-malakasini-shakllantirish-usullari

     
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
    PEDAGOGIK JIHATLARI
    RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
     2023-yil 2-iyun 
    159
    Uchinchi sinfdan boshlab esa qoidalarga yana qo'shimcha tez va toza yozish qoidalari 
    kiritiladi. Ammo har bir qoidani, har darsda bezor qiladigan darajada takrorlash yaramaydi, aks 
    holda, ongli ravishda o'zlashtirish uchun mo'ljallangan qoidalar o'z aksini topishi mumkin.
    Sanoq-ohang usuli. Bu usuldan foydalanishda o'qituvchi harf va lining elementlarini 
    sanash orqali yozdirib tushuntiradi. Bu usulni ayniqsa, savod o'rganish davrida keng qo'llash 
    mumkin. 
    Sanoq-ohang usulining afzalligi shundaki, birinchidan, harflarning tekis yozilishini 
    ta'minlaydi va harf elementlarining tushib qolishiga yo'l qo'ymaydi; ikkinchidan, sekin yozadigan 
    o'quvchilarni tez va sinfdagi barcha o'quvchilar bilan barobar yozishga undaydi; uchinchidan
    o'quvchilarga harakatlarni aniq va dadil bajarishni o'rgatadi; to'rtinchidan, sinfda darsni 
    jonlantiradi. 
    Ammo bu usuldan butun dars davomida foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki 
    o'quvchilar charchab, yozuv sifatini pasaytirib yuborishlari mumkin. 
    Sanoq ohang usulini qo'llashda, asosan, harflarning asosiy elementi «bir», «ikki», «uch» 
    deb sanab boriladi, yordamchi ulash elementi esa «va» deb ataladi. 
    Masalan, kichik sh harfini yozishni quyidagicha mashq qilish mumkin: Sanoq-ohang 
    usulini qo'llashda harf yoki element awal sanoqsiz yoziladi, so'ngra sanoq bilan yozdiriladi. 
    Shuningdek bu usul bilan yozishda dastlab sekinroq, keyichalik uni tezlashtirib yozib 
    ko'rsatiladi. 
    Sanoq-ohang usulidan bo'g'in, so'z va gaplarni yozdirishda ham foydalanish mumkin. 
    Xatolar ustida ishlash usuli. Bu usulni qo'llashdan maqsad har bir o'quvchi o'z xatosini 
    mustaqilona olishga va uni tuzatishga o'rgatishdir. 
    O'quvchilarga o'z yozuvlaridagi harflarning to'g'ri yoki noto'g'riligini, qiyaligini, baland 
    yoki past yozilganligini tekshirib chiqish topshiriladi. O'quvchilar navbati bilan o'zlari yo'l 
    qo'ygan kamchiliklarni aytib beradilar, ayrim o'quvchilarga o'qituvchi yordam beradi. 
    Undan tashqari, o'quvchilar o'z kamchiliklarini yozuv davtarlarida yoki xusnixat kitobida 
    berilgan namunaga qarab taqqoslash oraqali ham tuzatishlari mumkin. 
    Ko'pchilik o'quvchilarda takrorlangan bir hildagi tipik xatolarni o'qituvchi doskada tahlil 
    qilib, uni qanday tuzatish yllarini ko'rsatib beradi. 
    Mashq sifatida ayrim harflar doskada noto'g'ri yozib ko'rsatiladi va ularning kamchiligi 
    nimada ekanligi o'quvchilardan so'raladi. Masalan, kichik u harfini o'qituvchi doskada 
    quyidagicha yozib ko'rsatadi, o'quvchilar esa uning xatosini topadilar. Kichk u harfining 
    tugunchali elementi bir tomonga qiyshayib qolgan, aksinsa, daftarning qiya chizig'iga mos qilib 
    yozish lozim. 

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish