|
Jizzax politexnika instituti transport fakulteti yo‘l muhandisligi yo‘nalishi muslim112-22 guruh talabasi shuhratovning tayyorlagan taqdimoti mavzu: Avtomobil yo'lining geometrik elementlarini asbob bilan nazorat
|
bet | 1/2 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 384,2 Kb. | | #247576 |
Bog'liq Avtomobil yo\'lining geometrik elementlari JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI TRANSPORT FAKULTETI YO‘L MUHANDISLIGI YO‘NALISHI MUSLIM112-22 GURUH TALABASI SHUHRATOVNING TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Mavzu: Avtomobil yo'lining geometrik elementlarini asbob bilan nazorat
Kuzov va kabina detallarini, shu jumladan, shtamplarni ishlab chiqarishga tayyorlash detallarning ishchi chizmasi, master-model va shablonlar yordamida amalga oshiriladi. Yangi shtamplarni sozlash jarayonida detalning haqiqiy va ishchi chizmadagi o‘lchamlarining farqi quyida keltiriligan qo‘yimlardan katta bo‘lmasligi kerak (3.4-jadval).
Vaqti-vaqti bilan seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda kuzovlarning geometrik o‘lchamlari nazorat qilib turuladi. Nazorat ishlarini o‘tkazishdan maqsad, avtomatlashtirilgan payvandlash uskunalarini sozlab turish va kerak bo‘lsa, boshqarish dasturuga o‘zgartirishlar kiritish. Ko‘pincha, old va orqa oyna-eshiklarni o‘rnatish joylarining o‘lchamlarini nazorat qilish maxsus shablonlar yordamida bajariladi. Shablonlar chetida pnevoyuritmali (yoki elektryuritmali) o‘lchov datchiklari o‘rnatilgan. O‘lchash jarayonida shablon manipulyator yordamida bazaviy nuqtalar bo‘yicha oynaning (eshikning) o‘rniga o‘rnatiladi, so‘ng havo bosimi ostida o‘lchash kallaklarining kontakt datchiklari o‘lchash o‘tkazish yuzalariga tekkiziladi (6.12-rasm).
Mavzu: Avtomobil yo’llarining ekspluatatsion holatini baholash
Oʻzbekistondagi jami avtomobil yoʻllar tarmogʻi 209,5 ming km dan ziyod uzunlikda boʻlib, undan 42869 kilometri–umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, 141883 km – shaharlar va boshqa aholi punkti koʻchalari (ichki xoʻjaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yoʻllari), 24745 km esa - idoraviy inspektorlik yoʻllari tarmogʻi hisoblanadi. Oʻzbekistondagi jami avtomobil yoʻllar tarmogʻidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining qariyb 40-50 % qismi taʼmirtalab, shaharlar va boshqa aholi punkti koʻchalarining esa 60-70 % qismi taʼmirtalab ahvolda. Aksariyat avtomobil yoʻllari yakka oʻqqa tushadigan ogʻirlik 10 tonna va 6 tonna bilan qolibketganligi sababli, ularni 13 va 10 tonnaga oʻtkazish, hamda harakatjadalligini ortishi hisobiga rekonstruksiya qilish talab etiladi.
Avtomobil yoʻllarining yagona videobazasi yoʻl xoʻjaligi mutaxassislari tomonidan qabul qilinayotgan boshqarish vazifalarini samaradorligini oshiradi. Videomaʼlumotlar asosidagi axborot tizimi avtoyoʻlga chiqmagan holda obʼekt, uning xususiyatlari haqida toʻla maʼlumotlar olish imkonini beradi va shu asosida quyidagi vazifalar yechiladi:
- YTH sodir boʻlganda yoʻl sharoitlarini baholash;
- yoʻl ishlarini bajarish qismini chegalarini aniqlash;
- servis obʼektlarini yoʻlning chetlariga joylashuvini kelishish;
- tashxis, pasportlashtirish, yoʻl qatnovini tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish ishlarini sifatini nazorat qilish taʼmirlash ishlari dasturiga kiritish maqsadida, yoʻl qoplamasining holatini vizual baholash.
Avtomobil yoʻllarining videotasvir maʼlumotlari SUBD Microsoft SQL Server 2012 tomonidan boshqariladigan yagona axborot tizimiga kiritiladi. Samaradorligini oshirish maqsadida, videomaʼlumotlar bir necha serverlarga, foydalanuvchilarga imkoniyat yaratgan holda, joylashtirilishi mumkin. Maʼlumotlar vaqt boʻyicha boʻlinmalarga boʻlingan, qismlarni yagona videokadrga qoʻshilish imkoniyatini beradi (ayrim qismlarni «ulash”, masalan, taʼmirlash ishlari bajarilgandan soʻng). Videoaxborotni «Yoʻl» maʼlumotlar bankida saqlanuvchi maʼlumotlar va elektron karta bilan ikki tomonlama aloqani taʼminlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Videokadrlar yoʻl piketlariga yoki kilometrlariga va xaritadagi geografik koordinatalarga bogʻlanadi. Elektron xaritada videotasvirni koʻrish imkonini beradi. Keyinchalik foydalanuvchi tasvirning har bir nuqtasida avtomobil yoʻlining transportekspluatatsion holati haqida tezkor axborot olishi mumkin boʻladi.
Mintaqa avtomobil yoʻllarining videobankini yaratishda «Yoʻl loyiha ekspertiza” UK 4 ta raqamli videokameralar va “Video” dasturiy-apparat kompleksi hamda “Dorogo-PRO” dasturiy-oʻlchov kompleksi bilan jihozlangan KP-514SMP «Trassa» koʻchma laboratoriyalaridan foydalanadi. Foydanilayotgan uskunalar 180° burchak ostida va kengaytirilgan dinamik diapozon bilan yuqori aniqlikda avtomobil yoʻllarining panorammali tasvirini olish imkonini beradi. Tasvirga olish oraligʻi 1 m dan 20 m gacha oʻrnatiladi, bu aholi yashash punktlari yoʻl-koʻcha tizimining tirband qismlari bilan yoʻlning holati toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olish imkonini beradi. Videobank asboblari kadrda yoʻlning hususiyatlarini, chiziqli va yuzalarni oʻlchash imkonini beradi. Chiziqli oʻlchash obektlarninig uzunligini, enini, balandligini va yoʻlning hususiyatlarini oʻlchashga qaratilgan, masalan, qatnov qismining eni, yoʻl belgilarining oʻrnatish balandligi va boshqalar. Yuzani oʻlchash yordamida chuqurchalarni yamash ishlarining hajmini xisoblash ishlari bajariladi.Bundan tashqari, operator videokadrda joylashgan oʻrnini koʻsatgan holda, ixtiyoriy obʼektning piketaj holatini aniqlay oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jizzax politexnika instituti transport fakulteti yo‘l muhandisligi yo‘nalishi muslim112-22 guruh talabasi shuhratovning tayyorlagan taqdimoti mavzu: Avtomobil yo'lining geometrik elementlarini asbob bilan nazorat
|