• Yo‘l qoplamalari sirti makro g‘adir – budirligi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi
  • Tezlik, km/soat
  • Mavzu: Yo’l qoplamalarining g’adir-budirligini anishlash usullari




    Download 384,2 Kb.
    bet2/2
    Sana21.05.2024
    Hajmi384,2 Kb.
    #247576
    1   2
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'lining geometrik elementlari

    Mavzu: Yo’l qoplamalarining g’adir-budirligini anishlash usullari


    Yo‘l qoplamasi sirtining g‘adir-budirligi – transport vositalari g‘ildiragining qoplama bilan tishlashishiga sabab bo‘luvchi yo‘lning muhim transport-foydalanish ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Transport vositalari harakatlanganda, qoplama sirtining g‘adir-budirligi qisqa chastotali tebranish natijasida vujudga keladigan to‘lqin uzunliklari 3-10 sm gacha bo‘lgan notekisliklar yig‘indisidan iborat. Transport vositalari g‘ildiragining yo‘l qatnov qismining sirti bo‘yicha sirpanishga qarshiligi, tishlashish koeffitsienti orqali aniqlanadi. Tishlashish koeffitsienti transport vositalarining xavfsizligi va tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Quruq va tekis qoplamalar, zamonaviy avtomobillarning turli xil tezlikdagi xavfsiz harakatlanish sharoitlarini va tishlashish koeffitsientining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
    Yo‘l qoplamalari sirti makro g‘adir – budirligi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:  Tekis, g‘adir-budirlikning o‘rtacha balandligi 0,3 mm dan ortiq emas; Mayda g‘adir-budirli, ularning o‘rtacha balandligi 0,3 mm dan 1 mm gacha; O‘rta g‘adir-budirli, ularning o‘rtacha balandligi 1 mm dan 2 mm gacha; Yirik g‘adir-budirli, ularning o‘rtacha balandligi 2 mm dan ortiq; Qoplamadagi suv katlamining qalinligi bir necha millimetr bo‘lganida 80-100 km/soat ga yaqin tezliklarda oldingi g‘ildirak bilan qoplamaning o‘zaro urinishi yo‘qolib, avtomobil boshqarilmaydigan bo‘lib qoladi.
    Tezlik, km/soat  30 40 60 80 100 120 150 175
    Ilashish koeffitsienti  0,50 0,45 0,39 0,35 0,32 0,29 0,26 0,24
    Optik, ultratovushli, lazer usulida o‘rganilayotgan yo‘lning yuzasiga yorug‘lik tushirish orqali, tebranishli chastotali tovushlar orqali, stereofotografik usulida yuzadagi ikkita har xil nuqtalarni rasmga tushirish orqali solishtirib o‘rganiladi. Rossiyada ko‘proq kontakt usulidan foydalanilib, unda mexanik va elektrik tebranishlar orqali o‘rganiladi. 20 asrning 60-80 yillarida Rossiyada yo‘lning makro va mikro g‘adir-budirligini o‘lchovchi ko‘plab seriyadagi uskunalar ishlab chiqarilgan edi. Biri eng oddiy “qumli dog‘” usuli bo‘lib, bu asbob 20 sm 3 hajmdagi qumdan, qumni yozish uchun moslangan 10 sm diametrli yupqa disk (shtamp) va uzunligi 30 sm dan kichik bo‘lmagan o‘lchovchi lineykadan, shyotkadan iborat bo‘ladi. O‘lchashda 0,2-0,3 mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamdagi quruq holatdagi tabiiy toza qumdan foydalaniladi. Qumning cho‘kish chuqurligi yordamida yuzadagi g‘adir-budirlikni baholash mumkin bo‘ladi. Keyinchalik yuzaning makro g‘adir-budirligini “qumli dog‘” usuli singari aniqlovchi YU.S. Karix tomonidan ignali profilograflar ishlab chiqarilgan.
    Download 384,2 Kb.
    1   2




    Download 384,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yo’l qoplamalarining g’adir-budirligini anishlash usullari

    Download 384,2 Kb.