Tekshirdi: aliyev u




Download 25,5 Kb.
Sana14.01.2024
Hajmi25,5 Kb.
#137120
Bog'liq
mustaqil ish 1


MUSTAQIL ISH


Mavzu : Mobil aloqa tarmoqlarida elektromagnit moslashuvchanlik masalalari
Bajardi: Zoirov X

Tekshirdi: ALIYEV U


Toshkent-2024


Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani ta’minlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta’minlashi.lozim. Kompyuter qurilmalariKompyuter qurilmalarining (ba’zida ularni mijozlar deb atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Ba’zi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi. ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi.
Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish, bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda.
Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir. Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni bir- biri bilan ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda.
Simsiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.
IEEE 802.11 standarti ma’lumotlar simsiz keng polosali uzatish tarmoqlarining keskin kengayishi, RadioEthernetdan foydalanish bilan radiokanal bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini taqdim etadigan operatorlar sonining, shuningdek bu xizmatlar foydalanuvchilari sonining ortishi elektromagnit moslashuvchanlik muammosiga olib keldi. Ayniqsa, bu RadioEthernet-provayderlar soni 5-10 taga etadigan yirik shaharlar uchun xarakterli bo‘lib qoldi. Natijada 2,4-2,5 GGs chastotalar diapazoni kuchli o‘ta yuklangan va shovqinlashgan bo‘lib qoldi.
Yuzaga kelgan vaziyat ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlarini o‘z tizimlari radiokanallarida halaqilar sathlarini kamaytirish uchun usullar va vositalarni izlashga majburlamoqda. Shunga ko‘ra, halaqitbardoshlikni oshirish masalalarini echilishining bo‘lishi mumkin yo‘llarini, ma’lumotlarni simsiz uzatish tarmoqlarida radioaloqa sifatini yaxshilashga asosiy yondashishlarni tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.
Simsiz lokal tarmoqlarning eng ommaviy standarti IEEE 802.11 standarti hisoblanadi. IEEE – ingl. Institute of Electrical and Electronics Engineers (Elektr va elektronika bo‘yicha muxandislar instituti) simli va simsiz axborot uzatish tarmoqlari sohasida standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Simsiz tarmoqlar standartlarini yaratish sohasidagi boshlang‘ich nuqta sifatida IEEE tashkiloti tomonidan 1990 yilda 802.11 qo‘mitasining tashkil etilishi hisoblanadi. Bu guruh 2,4 GGs chastotada, 1 a 2 Mbit/sekund ulanish tezliklarida ishlaydigan radioqurilmalar a tarmoqlar uchun umumiy standartni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. Standart ustida ishlar 7 yildan keyin yakunlandi va 1997 yilning iyunida birinchi 802.11 spesifikatsiya ratifikatsiya qilindi. IEEE 802.11 standarti simli tarmoqlar uchun ko‘plab standartlarni ishlab chiqadigan mustaqil xalqaro tashkilotdan WLAN mahsulotlari uchun birinchi standart hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu texnologiyaning yangi standartlari (IEEE 802.11n) 300 Mbit/sekundgacha tezlikni bir necha yuzlab metr masofalargacha ta’minlashga qodir.
Dastlabki IEEE 802.11 standart fizik darajada uchta uzatish usulini aniqlaydi:
infraqizil to‘lqinlar diapazonida uzatish;
2,4 GGs diapazonda chastotani sakrashsimon qayta sozlash (FHSS) yo‘li bilan spektrni kengaytirish texnologiyasi;
2,4 GGs diapazonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlik usuli bilan spektrni kengaytirishli (DSSS) keng polosali modulyatsiya texnologiyasi.
Ma’lumotlarni simsiz uzatish tizimlarining yetarlicha ko‘plab standartlari mavjud, lekin amalda ulardan uchtasi IEEE 802.11a, IEEE 802.11b va IEEE 802.11g standartlari keng tarqaldi. Bu standartlar uzatish tezligi, chastotalar diapazoni, signalni modulyatsiyalash usuli va boshqa ko‘plab xarakteristikalari bo‘yicha farqlanadi.
Oddiy simli lokal Ethernet tarmoqlar o‘tkazish qobiliyatiga deyarli ekvivalent bo‘lgan IEEE 802.11b standartdagi ma’lumotlarni yuqori uzatish tezligi (11 Mbit/sekundgacha), shuningdek 2,4 GGs diapazonga mo‘ljallanganligi tufayli, bu standart simsiz tarmoqlar qurilmalari ishlab chiqaruvchilarida eng keng tarqaldi.
Binobarin, maksimal 11 Mbit/sekund tezlikda ishlaydigan qurilma pastroq tezliklarda ishlaydigan qurilmalarga qaraganda kam ishlash radiusiga ega, IEEE 802.11b standartda signal sifati yomonlashganda tezlikni avtomatik kamaytirish ko‘zda tutilgan.
IEEE 802.11b standartning standartlashtirilishi va 802.11g standartning joriy etilishi tufayli bu standartning kam ishlatilishiga qaramasdan u ham chastota va modulyasiyalash tomonidan o‘zgartirildi. OFDM ko‘plab nimchastotalarda maъlumotlarni parallel uzatishga imkon beradi. Bu halaqitlarga barqarorlikni oshiradi va bittadan ortiq maъlumotlar oqimlari uzatilar ekan, yuqori o‘tkazish qobiliyati taъminlanadi.
IEEE 802.11a idealsharoitlarda 54 Mb/sgacha tezliknitaъminlashi mumkin. Pastroq ideal sharoitlarda (yoki toza signalda) qurilmalar 48 Mb/s, 36 Mb/s, 24 Mb/s, 18 Mb/s, 12 Mb/s va 6 Mb/s teliklarda ishlashi mumkin.
IEEE 802.11a standarti 802.11b yoki 802.11g standartlar bilan moslashmaydi.
Uzoq vaqt IEEE 802.11b keng tarqalgan standart bo‘ldi, uning asosida ko‘plab simsiz lokal tarmoqlar qurildi. Hozir uning o‘rnini IEEE 802.11g standarti egallagan bo‘lib, uni ham yuqori tezlikli IEEE 802.11n standarti asta-sekin surib chiqarmoqda.
IEEE 802.11a standarti 54 Mbit/sekundgacha ma’lumotlarni uzatish tezliklarida 802.11 standartlar oilasidan eng keng polosaga ega.
2,4 GGs chastotalar sohasiga mo‘ljallangan bazaviy standartdan farqli ravishda IEEE 802.11a spesifikatsiyalarida 5 GGs diapazonda ishlash ko‘zda tutilgan. Signalni modulyatsiya qilish usuli sifatida ortogonal chastotaviy multipleksirlash (OFDM) tanlangan.
IEEE 802.11a standartning kamchiliklariga 5 GGs chastotalar uchun radiouzatkichlarning yuqori iste’mol quvvati, shuningdek kam ishlash radiusi kiradi
Fizik darajada MAS-kadrlarga (MRDU) preambula va o‘z PLCP- sarlavhasidan iborat fizik daraja sarlavhasi qo‘shiladi (3.4-rasm). Preambula qabullagichni sozdash uchun boshlang‘ich sinxron ketma-ketlik va kadrning boshlanishi 16-bitli kodi bo‘lgan (SFD) F3A016 sonidan iborat bo‘ladi. PLCP- sarlavha GISIGNAL (modulyatsiya turi va tezligi haqida axborotlar), SERVICE (qo‘shimcha, shu jumladan yuqori tezlikli kengaytirishlar va RVSS-modulyatsiya haqida axborotlar) va LENGTH (kadrning sarlavha qismidan keyingi uzatish uchun zarur bo‘ladigan mikrosekundlardagi vaqt) maydonlaridan tashkil topgan. Barcha uchta sarlavhalar maydonlari 16-bitli CRC nazorat yig‘indisi bilan himoyalangan.
IEEE 802.11g standarti 2002 yilning oktyabrida tasdiqlangan. Bu standart 54 Mbit/sgacha ulanish tezligini taъminlash va bu bilan 11 Mbit/s ulanish tezligini taъminlaydigan IEEE 802.11b standartdan ustun bo‘lish bilan 2,4 GGs chastotalar diapazonida ishlashni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, u IEEE 802.11b standarti bilan teskari moslashuvchanlikni taъminlaydi. IEEE 802.11g standartning teskari moslashuvchanligi DSSS modulyasiyalash rejimda va bog‘lanish tezligi sekundiga 11 megabitgacha cheklanganida yoki tezlik 54 Mbit/sgacha etishi mumkin bo‘lgan OFDM modulyasiyalash rejimida ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, bu standart simsiz tarmoqlarni qurishda eng to‘g‘ri keladigan standart hisoblanadi.
IEEE 802.11g standart IEEE 802.11b standartning mantiqiy rivojlantirilishi hisoblanadi va o‘sha chastotalar diapazonida ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, IEEE 802.11g standart IEEE 802.11b standart bilan to‘liq moslashadi, ya’ni IEEE 802.11g standartning istalgan qurilmasi IEEE 802.11b standartning qurilmalari bilan ishlay olishi kerak. IEEE 802.11g standartda ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligi 54 Mbit/sekundni tashkil etadi, shuning uchun bugungi kunda u simsiz aloqaning eng istiqbolli standarti hisoblanadi.
IEEE 802.11g standartni ishlab chiqishda raqobat qiluvchi texnologiyalarning ikki qismlari OFDM ortogonal chastotaviy bo‘lish va IEEE 802.11g standartda opsion ishlatilgan RVSS ikkilik paketli o‘ramali kodlash usuli ko‘rib chiqildi. Natijada IEEE 802.11g standarti kelishuvli yechimga ega bo‘ldi. Bazaviylar sifatida OFDM va SSK texnologiyalari qo‘llanildi, opsional esa RVSS texnologiyasidan foydalanish ko‘zda tutildi.
IEEE 802.11n — Wi-Fi tarmoqlar uchun 802.11 standartning versiyasi hisoblanadi. Bu standart 2009 yilning 11 sentyabrida tasdiqlangan.
802.11n standarti boshqa 802.11n qurilmalari ishlash rejimidan foydalanish shartida 802.11g standartlari qurilmalariga (ularning maksimal uzatish tezligi 54 Mbit/sga teng) qaraganda maъlumotlarni uzatish tezligini deyarli to‘rt marttaga oshiradi. Nazariy jihatdan 802.11n maъlumotlarni birdaniga to‘rtta antennalar bo‘yicha uzatishni qo‘llash bilan 600 Mbit/sgacha maъlumotlarni uzatish tezligini taъminlay oladi. Bitta antennaga 150 Mbit/sgachadan to‘g‘ri keladi.
Hisoblagichlardan ma'lumotlarni olish simli aloqa liniyalari orqali qanday amalga oshirilsa, simsiz aloqa liniyalarida ham shunday amalga oshirish imkoniyati mavjud. Hozirgi kungacha RS-485 interfeysi orqali simli aloqa tarmoqlaridan foydalanishning texnik yechimlari topilganligi sababli simsiz aloqa liniyalari kam qo‘llanilar edi. Lekin keyinchalik IEEE 802.15.4 simsiz aloqa standartining yaratilishi simsiz aloqa liniyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu kabellar xarajatini kamayishiga olib keldi. Hisoblagichlardan olinayotgan ma'lumotlar oqimi tarmoq markazi kontsentratorida yig‘iladi. Konsentrator bu ma'lumotlarni to‘plam ko‘rinishida o‘z xotirasida saqlaydi. EHBAT tizimida ko‘plab kontsentratorlar bo‘lishi mumkin, lekin ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash markazi (MYQM) da ma'lumotlarni boshqarish va monitoring o‘tkazish uchun bitta kontsentrator ham yetarli bo‘ladi. “Qanday qilib bitta MYQM da tizimdagi barcha kontsentratorlar bilan ma'lumotlarni uzatishni tashkil qilish mumkin?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Hozirgi kunda bu savolga “GSM tarmog‘i orqali” deb javob berish mumkin.
GSM texnologiyasi yordamida ma'lumotlar uzatishni uchta asosiy imkoniyati mavjud:
• SMS (Short Message Service) qisqa habarlarni uzatish xizmati
• GSM (Global System Mobile Telecommunication )- tovush ma'lumotlarini uzatish xizmati
• GPRS (General Packet Radio Service) ma'lumotlarni paket ko‘rinishida uzatish xizmati
SMS xizmati mobil telefon foydalanuvchilari uchun ancha mashhurdir. Ma'lumotlar oddiy qisqa xabar ko‘rinishida uzatiladi. Bu xizmatning asosiy afzalligi shundaki, undan foydalanish juda qulay, narxi yetarlicha arzon, xabarlar osonlik bilan yetkaziladi. Kamchiligi sifatida xabarlarni tezda o‘z manziliga yetkaza olmaslik va xabarlar tarkibidagi belgilarning kamligi (maksimum 160 ta) ni ko‘rsatish mumkin. Bu kamchiliklar natijasida obyektlardagi hisoblagichlardan doimiy ravishda ma'lumotlarni kontsentratsiya qilish imkoni yo‘qqa chiqariladi. SMS xizmatini kunda bir marta hisoblagichlardan ma'lumotlarni o‘lishda qo‘llash samaralidir. Mazkur xizmat biz qarab chiqayotgan tizimda favqulodda obyektlarda nosozliklar yuzaga kelganda tashvishli xabarlarni uzatishda ishlatiladi.
Ma'lumotlarni yuqori tezlikda kanal bo‘yicha kommutatsiya qilish (HSCSD-High Speed Circuit Switched Data) obyektlar o‘rtasida aniq vaqt masshtabida (on-line) “nuqta-nuqta” bog‘lanish formatida ixtiyoriy hajmdagi ma'lumotlarni uzatib qabul qilish imkonini beradi. Bu aloqa turining asosiy yutug‘i ma'lumotlarni yuqori tezlikda va ishonchlilik bilan uzatishdir. Bitta GSM kanalida ma'lumotlarni uzatish tezligi 9600 Kbit/s ni, ko‘p kanalli rejimda 19200 Kbit/s va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. GSM kanallarini EHBAT tizimida qo‘llashning kamchiligi kichik hajmdagi ma'lumotlarni uzatishda modemlarning qo‘yilishidir, ya'ni qisqa axborot uzatish uchun ham modemdan foydalanish iqtisodiy jihatdan qimmatdir. Bunda abonentlar butun aloqa seansi uchun mablag‘ sarf qiladilar.
GSM tarmog‘ida ma'lumotlarni uzatishning optimal varianti GPRS (General Packet Radio Service) texnologiyasining qo‘llanilishidir. Bu texnologiyaning asosiy xususiyati shundaki, abonentlar doimiy ravishda tarmoqqa virtual aloqa kanali orqali ulanishi mumkin. Abonentga ma'lumotlar paketini uzatish vaqtida real radiokanal taqdim etiladi, qolgan vaqt tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarning paketlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib, abonent xuddi CSD va HSCSD rejimidagi kabi fizik kanalni doimiy band qilmaydi va buning natijasida butun aloqa qilsh vaqti uchun emas, balki faqat trafik uchun haq to‘lanadi. Natijada ma'lumotni har bir baytini uzatish narxi kamayadi. Shuning uchun GPRS texnologiyasi tizimni uzluksiz va kvazi uzluksiz monitoring qilish uchun optimal yo‘l hisoblanadi. GPRS texnologiyasi yordamida ma'lumotlarni almashish tezligining maksimal imkoniyati nazariy jihatdan 170 Kbit/s gacha bo‘lishi mumkin.
Ma'lumotlarni uzatuvchi qurilma sifatida oddiy uyali telefondan (GPRS xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan) ham foydalanish mumkin. Lekin qiymat nuqtai-nazaridan ko‘proq ma'qul bo‘ladigan samarador va ishonchli ishlaydigan hamda chidamliligi atrofdagi zarali ta'sirlarga chidamli bo‘lgan mahsus tashqi terminal modul ya'ni modem qo‘llash maqsadga muvofiqdir. GSM/GPRS moduli bu korpussiz element (OEM-modul) bo‘lib, u radio chastotali blok, raqamli elektr ta'minot vositalari, tashqi qurilmalar bilan aloqa uchun interfeys, korpus, antenna va boshqalardan tashkil topgan. GSM/GPRS tashqi terminalidagi bu qismlar doimiy ishga tayyor holda bo‘ladi. Bu modulning asosiy afzalligi uning masofadagi obyektlar, ya'ni kontsentrator bilan osongina integratsiyashuv imkoniyatidir. Bu obyektlardagi qurilmalarning keraksiz korpuslarning ko‘payishini cheklaydi, ammo bunda kontsentrator platasiga modulning ishlashini ta'minlovchi qo‘shimcha sxemalarni joylashga to‘g‘ri keladi. Modul ishlab chiqaruvchi har hil firmalarning modullari vazifasi va arxitekturasi bo‘yicha bir hil bo‘ladi, lekin ular bir-biri bilan o‘ziga xos ulagichlari mavjudligi orqali farqlanadi.
Tizimda ishlab turgan bir firmaning modulini boshqa firmaning moduli bilan almashtirishda, shu tizimgagi boshqa xost-qurilmalar bilan o‘zaro moslashuvchanlikni yaratish uchun sxemotexnik adaptatsiya moslamasi kerak bo‘ladi. GSM/GPRS moduli orqali ma'lumotlarni uzatish kanali bazaviy funktsiya bilan amalga oshiriladi. Bu modullar boshqaruvchi kontrollerlar hisoblanadi. Bu funktsiyani bajarish uchin modul arxitekturasining ochilish imkoniyati beruvchi maxsus dastur va apparat vositalari ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladi. Bu vositalar ilovalarni yuklash va sozlash imkonini beradi. Ilovalarni amaliy jihatdan yuklashda bir yoki bir hechta interfeyslar UART (Universal Asynchronous Receiver/Transmitter ), SPI (Serial Pheripheral Interface), USB (Universal Serial Bus) va boshqalar yordam beradi.
Agar modul TCP/IP stekida qurilgan bo‘lsa, GPRS kanalini tashkil qilish masalasi yetarlicha soddalashadi. Bunda TCP/IP stekida qurilgan modul, GPRS texnologiyasi asosida ma'lumotlarni uzatish kanalini AT-buyruqlari yordamida tashkil qila oladi. Hozirda ko‘pgina modullar TCP/IP stekida integratsiyalashib, GPRS texnologiyasining 8- yoki undan ham yuqori sinflarini tashkil qilish imkoniga ega bo‘lmoqda. GSM/GPRS terminal modullarini tashqi qurilmalar bilan bog‘lash uchun RS-232 interfeysi ishlatiladi. Tashqi qurilma sifatida xuddi komp'yuterda bo‘lganidek mikrokontrollerlar asosida qurilgan apparat vositalari ishlatiladi. Ko‘rilayotgan tizimda RS-232 interfeysi operatorning ish joyidagi bilan modemGSM/GPRS ni va shunigdek, modemGSM/GPRS bilan kontsentratorni bo‘lash uchun ishlatiladi.
Tizimlarda bunday texnologiyalarning qo‘llanilshi, tizimni nazorat qilish va doimiy monitoring o‘tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, bunday tizimlarni nafaqat GSM/GPRS texnologiyasi yordamida balki, Wi-Fi va WiMax texnologiyalari yordamida ham tashkil etish mumkin. Hozirda mamlatimizda faoliyat yuritayongan MaxLine kompaniyasi WiMax texnologiyasi asosida simsiz aloqa kanallarini turli tizimlarda qo‘llashni taklif etmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimiz aloqa tizimini tobora mukammallashib borayotganidan darak beradi.
2008 yil 17 oktabrda Toshkеntdagi Intеrkontinеntal mеhmonxonasida Super iMAX kompaniyasining EVO simsiz tarmog‘ining rasmiy ochilishi marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Super iMAX kompaniyasining rahbarlari hamda mazkur kompaniyaning ta'sischilaridan, invеstor va opеrator sifatida qatnashuvchi KT (Korea Telecom), invеstor sifatida qatnashuvchi Sumitomo Corporation kompaniyalari vakillari qatnashdilar.
Matbuot anjumanida EVO tarmog‘ining bugungi kundagi imkoniyatlari to‘g‘risida ma'lumot bеrish uchun kichik taqdimot o‘tkazildi.
EVO - mobil WiMAX ning O‘zbеkistondagi birinchi tarmog‘i va mobil WiMAX «ikkinchi to‘lqini» (Wave-2) ning dunyoda birinchi opеratorlaridan biri.
Taqdim etiladigan xizmatlar qayd etilgan hamda mobil WiMAX kеng polosali simsiz ulanish tеxnologiyasiga asoslanadi. Kompaniya O‘zbеkiston hududida tеgishli tеlеkommunikatsion xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur litsеnziyalar va ruxsat bеruvchi hujjatlarga ega.
WiMAX Tеxnologiyasi har qanday, shu jumladan zich shahar imoratlari sharoitlarida ishlashga, aloqa yuqori sifati va malumotlar uzatish katta tеzligini ta'minlashga imkon bеradi.
WiMAX Tеxnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilib, kompaniyalar bo‘limlari o‘rtasida tarmoqni tashkil qilib va ilgari ananaviy tеxnologiyalar sababli imkoni bo‘lmagan boshqa masalalarni hal etib “oxirgi nuqta” kеng polosali ulanishlarni yaratish uchun foydalanish mumkin.
WiMAX tеxnologiyasi yuqori tеzliklarda Intеrnеtga ulanishni, Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda kеng zonalarni qoplash va ishonchlilikni ta'minlashga imkon bеradi.
Wi-Fi — bu kichik masofalarda simsiz aloqa tеxnologiyasi: ofis binosida, kafеda. Wi-Fi xot-spotidan kompyutеrgacha masofa bir nеcha o‘n mеtrdan oshmaydi.
WiMax tеxnologiyasi —bu butun shahar hududida tashkil qilinadigan kеng polosali simsiz ulanish tarmog‘i, rеsivеrdan baza stantsiyasigacha masofa esa kilomеtrlar bilan o‘lchanadi.
WiMax qayd etilgan, mobil va harakatdagi ulanish ssеnariylarini ta'minlaydi. Aloqa bilan ta'minlash masofasi-60 km, ulanish tеzligi — 60 MbitG`s gacha.
EVO tarmog‘i imkoniyatlarining taqdimotidan kеyin, jurnalistlar savollar bеrishlari mumkin bo‘ldi.
Misol uchun, bizning muxbirimizning EVO tarmog‘iga ega bo‘lgan xalqaro kanallarning umumiy sig‘imi bugungi kunda qanday dеgan savoliga hozircha xalqaro kanalning sig‘imi 20 MbitG`s ni tashkil etishi, lеkin zarur hollarda kanal kеngaytirib borilishi hamda kanallar zahiralarini yaxshilab borish masalalari hal etilishini ta’kidlandi.Bundan tashqari, EVO tarmog‘ini qurish va dastlabki rivojlantirishga invеstitsiyalar hajmi 10 mln. dollardan oshib kеtganligi aytib o‘tildi. Bundan kеyin zarur bo‘lgan vaziyatlarda butun O‘zbеkiston bo‘ylab tarmoqni yanada rivojlantirish uchun mablag‘lar kiritib borilishini aytdilar.Bugungi kunda EVO tarmog‘i Toshkеnt shahrida, Toshkеnt, Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida ishlamoqda. 2008 yili Toshkеntda mobil WiMAX (802.16e) tarmog‘i ishga tushirildi. 2009 yilda dеyarli butun rеspublika bo‘ylab tarmoqni ancha kеngaytirish rеjalashtirilmoqda. Simli aloqa opеratorlari va provaydеrlariga qaraganda kompaniyaning tariflari qanchalik raqobatbardosh dеgan savolga O‘zbеkiston katta hududni egallagan mamlakat va mamlakatda qator uzoq rayonlar mavjud bo‘lib WiMax tеxnologiyasi asosida simsiz ulanishni ta'minlash masalasi juda dolzarb masala hisoblanadi dеb javob bеrildi. Albatta, simsiz ulanish tеxnologiyasi va radiochastotali spеktrdan foydalanishni hisobga olsak, EVO tarmog‘i xizmatlari simli opеratorlar xizmatiga qaraganda bir oz qimmatroq, biroq simsiz ulanish tеxnologiyasi qator so‘zsiz ustunliklarga ega. Kompaniya bozorlarda mana shu ustunliklardan foydalanadi. Hozircha kompaniya birinchi navbatda bozorning korporativ yo‘nalishiga e'tibor qaratmoqda lеkin 2008 yil oktabr oyidan boshlab jismoniy shaxslar uchun maxsus tariflar kiritildi. Bundan tashqari hozirgi vaqtda 31 oktyabrgacha yuridik shaxslar uchun ham, jismoniy shahslar uchun ham EVO tarmog‘iga BЕPUL ulanish aksiyasi o‘tkazilmoqda.Matbuot anjumani o‘tkazilayotgan zalning o‘zidayoq tеst sinovi uchun stеnd tashkil etilib, unda har bir jurnalist EVO tarmog‘ining imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari, shuningdеk, ofislarda va kompaniya mijozlarining noutbuklarida o‘rnatiladigan abonеnt uskunalari bilan tanishishlari mumkin bo‘ldi.Masalan, noutbukga o‘rnatilgan mobil WiMAX ning USB adaptеri yordamida 1 MbitG`s gacha ma'lumot almashish tеzligi bilan haqiqiy vaqt rеjimida yaxshi sifat bilan vidеo va audiofayllarni yozib saqlab olish imkoniyati namoyish etildi.
Super iMAX kompaniyasi o‘zining 148XXXX raqamlar sig‘imiga ega va abonеntlar nafaqat VPN tarmog‘i bo‘yicha ma'lumot uzatish va Intеrnеtga ega bo‘ladilar, shuningdеk bеvosita EVO tarmog‘idan IP-tеlеfoniya xizmatiga ham ega bo‘ladilar.Jurnalistlar uchun yana bir aksiya - mobil WiMAX imkoniyatlarining namoyishi o‘tkazildi. EVO tarmog‘i Wave-2 zamonaviy tеxnologiyasidan foydalanib, mobil WiMAX xizmatlarini ko‘rsatadi. EVO tarmog‘i uchun mobil WiMAX yеchimlarini Posdata kompaniyasi (Janubiy Korеya) taqdim etmoqda. Bu kompaniya 2008 yildan baza stantsiyalarini, abonеnt uskunalari va 2.3 GGts chastota diapazonida ishlashni ta'minlaydigan (802.16e standarti) tarmoqni
Download 25,5 Kb.




Download 25,5 Kb.