KIRISH
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib
borayotgan bir vaqtda
aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda.
Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o'rni beqiyosdir. Chunki
aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog'liq.
Dastlab aloqalarni faqat
sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa
markazlari orqali bir-biri bilan bo'glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa
o'rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko'rishdagi maxsulotlaridan
foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz.
Bu bir qancha
qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera
olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasining o'ziga bog'liq bir qancha noqulayliklari
bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib
borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo.
Bundan
tashqari simlarni
tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kabi moliyaviy noqulayliklari
mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardan
qochgan holda yangi
zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi
navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa
tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi, Wi-MAX, Wi-Bro va shunga o’xshash bir qator aloqa
texnologiyalar kiradi.
7