1.Pedagogik konfliklar va ularni samarali hal etish yo'llari
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish,
bartaraf etish choralarini izlash yo'lida olib boradigan amaliy harakati uning o'z
ustida ishlashini ifodalaydi.
O'qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda torn ma'noda
o'zining ijodiy vazifalarini to'liq bajarishni ta'minlashi
va pedagogik
yo'naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Nizo
- qarama-qarshi, bir-biriga to'g'ri kelmaydigan kuchlar to'qnashuvi, ikki
yoki undan ko'p taraflar orasida o'zaro kelishuvning yo'qligini, manfaatlar
to'qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu
- pedagog va talaba, ota-ona,
hamkasblar yoki rahbariyat
o'rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to'qnashuvi, o'zaro
qarama-qarshilik o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv
va mojarodir.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma'naviy bo'lib, bilim
doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo'lishi lozim.
O'qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg'ulotlarida
yaqqol ko'rinadi. O'qituvchi bilan o'quvchi, talabalar o'rtasida o'zaro jonli til, fikr
olishuv,
samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga
hamkorlik lozim. Pedagog o'z gurahida nechta bola bo'lsa, ularning har birining
xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug'i
va kamchiliklarini o'rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday
yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guraxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi.
Ularning har - biri o'z xarakteriga ega bo'ladi. Pedagog har bir bolani o'rganib
chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak.
Ayrim
bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo'lishiga, ayrimlarining
qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo'ladilar. Gurah rahbarining asosiy
vazifasi o'ziga biriktirilgan gurahdagi bolalarga tarbiyaviy ta'sirini tashkil etishi
lozim. Sinf rahbari o'quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-
onalar bilan hamkorlikda bo'lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini,
ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan
shug'ullanadi. O'qituvchi tomonidan shularga e'tibor berilsa,
pedagog bilan
o'quvchi o'rtasida nizo paydo bo'lishni bartaraf etadi. O'quvchi-bilan o'qituvchi
o'rtasida kontakt ya'ni masofa bo'lishi lozim. O'quvchi o'qituvchisiga nisbatan
hurmat, ehtiromli bo'lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya,
ma'naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog'liqdir va shu fanlar
bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O'quvchilarni har tomonlama
tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o'qituvchi bilan o'quvchi
o'rtasida
munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o'qituvchi bilan
o'quvchi o'rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko'nikmalarini
o'rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida awalom bor o'qituvchining kasbiy-ahloqiy
fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo'lishdir. O'qituvchi awolo o'ziga
nisbatan talabchan bo'lmog'i kerak, shundagina
uning bolaga nisbatan
qo'yayotgan talablari o'rinli, samarali bo'ladi. Pedagogning talabchanligi
adolatlilik bilan o'zviy bog'liq bo'lmog'i lozim. SHu bilan birgalikda o'qituvchi
adolatli bo'lishi, o'qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan
o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sirini baholashning mezoni hisoblanadi. O'quvchining
bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o'qituvchidan adolatli bo'lish
talab etiladi. O'qituvchi ma'suliyatli bo'lishi va uning
zimmasiga bola shaxsini
barkamol inson sifatida tarbiyalash ma'suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu
yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o'qituvchi bilan o'quvchilar
orasida nizo paydo bo'lmaydi.