Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar:
axborot omili;
munosabat omili;
hulq omili.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o'qituvchilik kasbini er yuzidagi har
qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi.
A.Navoiyning fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi.
Muallim esa, bir gurah bolalarga ilmu - adab o'rgatadi.
Bu jarayonda muallim
ko'p aziyat chekadi, mashaqqatlami o'z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar
ustoz olidda umurbod qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird
podsholik martabasiga erishsa ham, muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat
A. Navoiy
bolalarga yaxshilik qilish, o'qituvchilik sha'ni, qadr qimmati,
o'qituvchilik ma'suliyati, o'qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo'lishi
o'qituvchining ma'naviy
qiyofasi halololigi, pokligi, rostgo'yligi kabilar
o'qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi.
Ularni chuqur va puxta
o'zlashtirishi bo'lajak o'qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Ota-
bobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar.
O'zlaridan yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-
nazardan olib qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o'zviy
bog'liqdir. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni
psixik faoliyati
hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog
bo'lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro
munosabatlarini yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida
ijtimoiy-psixologik
mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. SHaxs shakllanishida u
yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir.