a)
o‘quvchilarning ijodkorlik layoqatini rivojlantiriuvchi to‘garaklar
faoliyatini tashkil qilish (to‘garaklar o‘quvchilarning kun davomida maktabda
bo‘lishini taqoza etadi va ular bu bilan ijodkorlik layoqatiga ega bo‘lishadi;
b)
o‘quvchilarni qiziqishi va layoqatiga mos ravishda ijod bilan
shug‘ullanishga yo‘naltirish (ijod bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilarda
estetik madaniyat rivojlanadi va ota- onalarning munosababtlarini to‘g‘ri
tushunishga yo‘naltiradi);
v) maktabdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarning ijodiy
ishlanmalari taqdimotlarini va treninglarini muntazam o‘tkazib borish (bunda
Ijodkorlik pedagogikasi
asoslariga kiruvchi kino, teatr, musiqa va tasviriy
san’at hamda amaliy san’atlar imkoniyatlaridan keng foydalanish);
g) ijodkorlik ko‘nikmasiga ega o‘quvchilarning yutuqlarini turli
tadbirlar, tanlovlar va festivallar vositasida ommalashtirib borish.
Ijodkorlik pedagogikasining bunday imkoniyatlaridan
foydalangan
holada o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf
etish bo‘yicha yangi metodikalarga ega bo‘linadi.
O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni hal
etishda Ijodkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha
amalga oshiriladigan ishlar
. Ijodkorlik pedagogika imkoniyatlaridan
foydalangan holda ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasidagi pedagogik
konfliktlarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagilarni
amalga oshirish dolzarb
bo‘lib turganligini ta’kidlab o‘tish lozim:
a)
o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf
etish bo‘yicha Ijodiy metodikani ishlab chiqish;
b)
Ijodkorlik metodikasidan foydalangan holda o‘quvchilar va ota-
onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish metodologiyasi bilan
bo‘lajak o‘qituvchilarni oliy pedagogik ta’lim jarayonida chuqur qurollantirish;
v) bo‘lajak o‘qituvchilarni oliy pedagogik ta’lim
jarayonida Ijodkorlik
pedagogikasidan foydalanish bo‘yicha kasbiy bilim, kasbiy ko‘nikma va kasbiy
malakalarini tarkib toptirish;
g) Ijodkorlik pedagogikasi asoslari va undan pedagogik konfliktlarni
bartaraf etish metodikasi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini muntazam
amalga oshirib borish.
Diqqat qilinsa, bu ishlarni amalga oshirish bilan bo‘lajak o‘qituvchilar
o‘quvchilar va ota- onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning
ijodiy metodikasi bilan qurollanadi. Buning natijasida ularning pedagogik
konfliktlar bilan ishlash faoliyat ko‘lami kengayadi.
Shunday qilib Ijodkorlik pedagogikasi
asoslaridan tayangan holda
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi
pedagogik konfliktilarni bartaraf etish keng imkoniyatlarga ega. Shu sababli bu
masala bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik va texnologiya jihatdan
qurollanishi dolzarb bo‘lib turibdi.