• II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR.
  • Mavzu: maktabgacha ta’limda 3-6 yoshli bolalarga ta’lim berish mazmuni. Mundarija kirish ibob maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi




    Download 54,09 Kb.
    bet1/6
    Sana10.06.2024
    Hajmi54,09 Kb.
    #262127
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kurs ishi pedagogika (5).docx Qulliyeva


    MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIMDA 3-6 YOSHLI BOLALARGA TA’LIM BERISH MAZMUNI.
    MUNDARIJA
    KIRISH……………………………………………………………….………….3
    IBOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O’ZIGA XOSLIGI.
    1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni……..…….….5
    1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari…………………………………………………………………………....15
    II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR.
    2.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini rag’batlantirish mezonlari……................................…………………………..…..22
    2.2.Maktabgacha ta’limda bolalarga ta’lim berishda zamonaviy yondashuvlar……………………………………………………………….….......29
    XULOSA………………………………………………………….…………….35
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………..37



    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir.
    Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida xalqaro aloqalarga keng o’rin berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya tajribalari o’rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijodiy qo’llanilmoqda. Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiyada yashab ijod etgan, Gollandiyada vafot etgan. Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun dunyo xalqlari biladi. U bolalar bilan ishlash jarayonida bolalarga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni: ularning qobiliyatlari, qiziqishlari, bilim darajalarini o’rgandi. Shularga asoslanib didaktik o’yinlar va didaktik materiallar yaratdi. Uning fikricha pedagogika bolaga yordam bermaydi balki, tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham shunday. O’rgatish uslubi bolalarning istagi, qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog’lanmas ekan, bu uslubning samarasi to’g’risida o’ylamasa ham bo’ladi.
    Bolalik inson umrining bir bo’lagidir. Inson butun umr bo’yi oladigan bilimning eng ko’p qismini ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshida egallaydi. Yoshligidan istak, hohishi bo’yicha harakat qilishi, o’ylashi mustaqil fikrlashi uchun oilada ham, bolalar bog’chasida ham kattalar tomonidan sharoit yaratilishi zarur. Bola “kim bilan”, “qachon”, “nima bilan” shug’ullanilishini o’zi hal qilsin. Masalaning barcha bosqichlarini o’zi yecha olsagina mantiqiy fikrlashi rivojlanib boraveradi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
    Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
    Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
    maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
    maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
    -bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
    -maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilgan[3]



    Download 54,09 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 54,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: maktabgacha ta’limda 3-6 yoshli bolalarga ta’lim berish mazmuni. Mundarija kirish ibob maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi

    Download 54,09 Kb.