• Kurs ishining vazifalari
  • Kurs ishining tuzilishi.
  • Mavzu: maktabgacha ta’limda 3-6 yoshli bolalarga ta’lim berish mazmuni. Mundarija kirish ibob maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi




    Download 54,09 Kb.
    bet2/6
    Sana10.06.2024
    Hajmi54,09 Kb.
    #262127
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kurs ishi pedagogika (5).docx Qulliyeva

    Kurs ishining predmenti: Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim va tarbiyani yonma-yon shakllantirish.
    Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’limda bolalarga ta’lim- tarbiya berishda bugungi kun talabi yuzasidan yondashuv va mashg’ulotlar davomida bolalarni rag’batlantirishning ahamiyatini anglatish.
    Kurs ishining vazifalari:

    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim berishning o’ziga xosligi.

    2. Talim berishda zamonaviy va kompetinsiyaviy yondashuvlar

    3. Maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqliklari haqida

    4. Maktabgacha ta’lim muassasalarida rag’batlantirishning yo’llari

    Kurs ishining tuzilishi. Kirish,2 bob,4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
    IBOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA TA’LIM BERISHNING O‘ZIGA XOSLIGI.

      1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni.

    Mа’lumki, tа’limdаn аsоsiy mаqsаd bоlаlаrgа bilim bеrishginа emаs, bаlki bilim оlish yo’llаrini o’rgаtish, ulаrni tа’lim jаrаyonining fаоl ishtirоkchisigа аylаntirish dеmаkdir. Yangichа ijtimоiy, iqtisоdiy shаrоitdа bоshlаng’ich tа’limdа o’qitish tizimini tаkоmillаshtirish, dаrslаrni jаhоn аndоzаlаrigа mоs rаvishdа tаshkil qilish o’quvchi fаоlligini оshirаdigаn muhim оmillаrdаn hisоblаnаdi. Ta`lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning talim- tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta`lim etakchi rol o’ynaydi. Ta`lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
    MTMda bolalarga madaniy – gigienik ko’nikmalar, asosiy harakatlar o’rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o’zlashtirib oladilar. Ta`lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta`limni ikki yo’l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Birinchi yo’l - Bolalarni bilim, malaka, ko’nikmalarni kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ikkinchi yo’l - Maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o’quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko’nikmalardan rejali ravishda xabardor bo’lib borishidir. Bunday yo’l bilan ta`lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqa-rishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Bolalarga ta`lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish lozim. Bunday metodlardan biri kuzatish metodi. Bu metod bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko’rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo’llaniladi.
    Kuzatish-bolalarning narsa, voqealarning ma`lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma`lum ob`ektlarni kuzatishda yetakchi o’rinni egallaydi. Ulardan yana biri esa - namoyish etish metodidir. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o’zini yoki tasvirini ko’rsatadi. Bu bevosita ko’rib bo’lmaydigan narsalar (boshqa tabiiy zonadagi hayvonlar, o’simliklar, kishilar hayoti bilan) qo’llaniladi. Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta`sirchan bayon qilish. O’rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o’qib berish.
    Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o’tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o’tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg’ulot sifatida o’tkaziladi. Ta`lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o’rtasidagi o’zaro ta`sir xususiyatiga, o’tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o’rniga qarab bir-biridan farq qiladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta`lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o’yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg’ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o’yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi. Mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot orqali bolalar o’quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta`lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
    Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta`sir etishadi, o’z tashabbusi, topog’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishning talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg’ulotda ta`lim berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o’zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi. Bolalarni maktab ta`limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang’ich sinflarda dastur materialni yaxshi o’zlashtirib olishlarini ta`minlovchi bilim va malakalar mashg’ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g’oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e`tibor beriladi. Mashg’ulotda tarbiya vazifalari xal etiladi. Mashg’ulot bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olib ma`lum izchillikda olib boriladi.
    Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va vaqti belgilab qo’yilgan.
    1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarning o’tkazishdan maqsad – ularning yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir.
    2. Bolalarning to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg’ulotlar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o’rgatishdir. Bunday mashg’ulotni o’tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o’zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o’zlashtirilmaganini bilib oladi.
    3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg’ulotlar. Bunday mashg’ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va malakalarni o’zlashtirib oladilarmi yo’qmi, shuni bilib oladi va o’zini bo’lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg’ulotning tarbiyachi o’z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o’tkazishi mumkin.
    Bolaning o‘sishi, uning jamiyatimizga kerakli bo‘lgan yetuk shaxs sifatida voyaga yetishi muayyan qonunlarga bo‘ysunadi va bu qonunlar Prezidentimiz boshchiligida ishlab chiqilib izchil ta’riflab berilgan. Psixologlar bolaning rivojlanishi nazariyasini, bola irsiy tabiiy moyillik qobiliyatiga, tug‘ma qobiliyatning dastlabki kurtaklariga egadir, bu tug‘ma qobiliyat kurtaklari bola tug‘ilmasdanoq uning organizmiga joylashgan bo‘ladi deb ta’riflaydilar. Bu tabiiy qobiliyatlarini o‘zgartirish ancha murakkab, unga faqat tarbiyaviy omillar yuzasidan yondashib turish lozim bo‘ladi.
    Bolaning psixologik xususiyatlari tez yoki sekin namayon bo‘lib boradi. Bolani tabiatini o‘zgartirish qiyin, bu sohada muvaffaqiyat qozonish mushkuldir. Tug‘ma biologik imkoniyatlar bola shaxsining tarkib topishida asosiy, hal qiluvchi axamiyatga egadir va bu psixik xususiyatlarning rivojlanishi, bu imkoniyatlarning pishib yetilishi o‘z-o‘ziga takomillashuvi demakdir. Buning uchun tegishli tashqi shart-sharoitlar bo‘lsa bas. Chunonchi, ta’lim tarbiya tug‘ma imkoniyatlarni namayon qilish va amalga oshirishning zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun bolalarnig psixik xususiyatlaridan farq tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi kuchiga bog‘liq. Binobarin, ta’lim va tarbiya, jamiyat talablariga javob beradigan muayyan shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning yosh avlodga ongli maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida hal etuvchi muhim omil hisoblanadi.
    Ma‘lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o‘zgacharoq fahmlaydi, kuzatadi. Undagi ba‘zi narsalarni o‘yiniga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo‘ladi. Shuning barobarida, unda hodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi. Bolalar tabiat hodisalari, jonivorlar hayoti va harakatlariga taqlid qilib o‘ynar ekan, shu qatorda ularning ma‘nosini anglay boradi. Asta-sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni yengishga, bu esa irodasini tarbiyalaydi. Ularda harakat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi va tasavvur tobora boyib boradi. Bundan tashqari, o‘yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo‘lishi uchungina emas, balki ularni aqliy, ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhum ahamiyat kasb etadi. Ko‘plashib bajariladigan faoliyat turlarida bolalar maqsadga erishish uchun farosati va tadbirkorligini, qatiyatini ko‘rsatishi, jamoat oldida faqat o‘zining emas, balki o‘rtoqlarining hatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini seza olishini shakillantirib borish zarur. Rivojlanish deganda odatda bir- biriga bog‘liq ikki factor:
    1. Miyaning o‘z biologik, organik yetilish, uning anatomik-biologik tuzlishining takomillashuvi;
    2. Psixik (aqliy) rivojlanishining ma’lum dinamik darajalarining ortib borishi tushuniladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik tuzilishining biologik yetilishi bilan bog‘liq. Ta’lim miyaning organik tuzilishini inkor eta olmaydi. Ta’lim bilan rivojlanish o‘zaro bog‘liqdir. Rivojlanish bilan ta’lim birbiriga mustahkam bog‘liq bir butun jarayondir. Chunki ta’limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar shaxsining kamol topishida bolalarga ma’lum darajada ta’lim berish katta ahamiyatga egadir. Bolalarga ta’lim berish bog‘cha yoshidanoq va undan oldinroq boshlanadi, chunki odam ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanishi uchun juda ko‘p va murakkab bilimga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ta’lim bolalarni har tomonlama rivojlantirishning eng zaruriy shartlaridandir. Bolalar qisqa davr ichida insoniyat jamiyat tomonidan yaratilgan juda ko‘p bilimlarni o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi.Shuning uchun bizning Respublikamiz tarbiyaning maqsadlariga ko‘ra bolalarga ularning har bir yosh davrlarida, ya’ni oilada, yaslida, bog‘chada, maktab va oliygoрlarda ta’lim beriladi. Bolalarga beriladigan ta’limning mazmuni har bir yosh davrida bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan: oilada va yaslida yasli yoshidagi bolalarga majburiy (bilim) ta’lim berilmaydi. Ular uchun kundalik hayotining o‘zi ta’limdan iborat bo‘lib, bu yoshdagi bolalar kundalik hayotlarida atrof- muhitdagi narsa va hodisalar bilan tanishadilar, xilma- xil narsalarni qo’llari bilan ushlab ko‘rib sinchiklab tekshiradilar. Bu yoshdagi bolalar kuchli hissiyotli va juda qiziquvchan bo‘ladilar.Ularning ana shu qiziquvchanligidan keng foydalanish lozim, ta’lim berishda ularni atrof –muhitdagi narsalar bilan bevosita tanishtirishdan ko‘rsatma material yaxshi natija beradi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim xarakteri esa tubdan farqli o‘zgarib, ta’lim jarayoni maxsus tuzilgan dastur asosida olib boriladi. Bu yoshdagi bolalarga beriladigan bilim darajasi yasli yoshdagi bolalarga beriladigan bilimlarga nisbatan juda kengaytirib boriladi. Bu bilimlarni o‘zlashtirish tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali amalga oshadi. Masalan: Elementlar matematika mashg‘uloti, ona tili mashg‘uloti, jismoniy tarbiya mashg‘uloti, rasm, loy, aplekatsiya konstruktivlash, kompyuter mashg‘uloti va boshqa shunga o‘xshash mashg‘ulotlar jumlasidandir. Bog‘chadagi ta’lim jarayoni mumkin qadar aniq, to‘liq holda va ko‘rsatmali vositalar bilan o‘tkazilishi kerak. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan ana shunday mashg‘ulotlar natijisida bog‘cha yoshidagi bolalarda bilimlarni o‘zlashtirishga ishtiyoq, qiziqish, bilimlarga havas ortib boradi. Biroq ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalar ishini doim kuzatib turilsa, ular oldiga aniq maqsad va vazifalar belgilab berilsa, bu mashg‘ulotlar ham o‘yin faoliyatlari kabi g‘oyat qiziqarli va jozibali o‘tadi, bolalar mashg‘ulotlarda zerikmay, diqqat bilan ishtirok etishadi. Undan tashqari bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsiy xislatlarining kamol topishida tasvirlash faoliyatining roli kattadir. Ma’lumki bog‘cha yoshidagi bolalarga rasm solish, loydan turli narsalar yasash, kubuklardan uychalar , ko‘priklar qurish singari mashg‘ulotlar juda yoqadi. Ular o‘z tasviriy faoliyatlarida tashqi muhitni, undagi narsalarni, tabiatni, hayvonlar dunyosini, aks ettirishni juda xohlaydilar va shunga intiladilar. Bog‘cha yoshdagi bolalar tasvirlash faoliyatining psixologik afzalligi mazkur faoliyatida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlarining mavjudligidan iboratdir. Bolalar o‘zlari istak, hohish, intilishlari ana shunday tasvirlash, rasm solish, loy, guldan biror narsa yasash, aplekatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Shuning uchun bog‘cha yoshdagi bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo‘lsa ham ular o‘zlarining bunday faoliyatlarida atrofdagi narsa hodisalarni shunchaki tasvirlab qolmay, balki o‘zlaridan nimalarnidir qo‘shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Bolalardagi ayrim qobilyatlar ularning tasvirlash faoliyatida juda erta namoyon bo‘la boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyati juda sodda bo‘lib, ular o‘zlari tushunganiga va o‘z fikri bo‘yicha ish olib boradi, chunki ular hali yoshi katta kishilar kabi kuzatish qobiliyati o‘z tasavvurlari asosida amalga oshadi. Bu yoshdagi bolalarda tasvirlash faoliyati real voqelik emas balki o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatini muntazam ravishda pedagogik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa va tashkil etib borsa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga munosabatlari o‘zgaradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini takomillashtirishda narsalardan nusxa ko‘chirish juda katta ahamiyatga egadir. Nusxa ko‘chirish orqali bolalarning kuzatuv qobiliyatlari, fantaziyasi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
    Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.Kompetensiya – bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
    Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’imni uyda, ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shugʻullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar asosiy shart hisoblanish, bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun koʻrik vazifasini oʻtashini, oila yoki maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz oʻtkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munsoabatlarida anchayin jiddiy oʻzgarishlarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin boʻlmagan bilim, tushuncha, koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak boʻladi.
    Texnologiya yunoncha ikkita “texno”, „logiya” so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, mohirlik, ustalik to’g’risidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya esa shu paytgacha ta’lim-tarbiya berishda foydalanib kelgan an’anaviy uslublardan voz kechgan holda yangi, qildiradigan, ijodiy izlanishga chorlaydigan uslublar yig’indisidan mohirlik bilan foydalanishadi. Maktabgacha ta’lim tizimida predmetli yo’nalish mavjud edi. Predmetli talim maktabgacha ta’lim muassasalarida o’zining mazmuniga ko’ra tobora murakkablashib, maktab ta’limiga yaqinlashib boradi. Bu holat tarbiyalanuvchilarning dastur vazifalarinin o’zlashtirishlariga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazdi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo’nalish uyg’unlashtirilib turli xil o’yinlardan foydalanish orqali tashkil qilinmoqda. Bir yo’nalishdan ikkinchi yo’nalishga o’tishda qiziqarli “Aldarkosa”, “Bilmasvoy”, “Afandi”, “yalmog’iz”, “dehqon bobo”, “Qimmatxon” kabi va shu obrazlar yordamida bog’lanib, didaktik o’yinlaridan foydalaniladi. Kech bo’lsa ham bola o’z xatosini o’zi to’g’rilasin, o’z fikrining to’g’riligini o’zi dadil turib isbotlay olsin. M.Montessori pedagogikasining ahamiyati xuddi shunday sifatlarni tarbiyalashga, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilganligidadir. U yaratgan o’yinlar sezgi organlari: ko’rish, eshitish, teri-tuyush. Hid bilish, ta’m bilish orqali narsa va hodisalarni bilib olishga mo’ljallangan “bo’sh katakni to’ldir”, “nuqtalar o’yini”, “Rangiga qarab o’rnini top”, “O’z o’rnini top”, “Qaysi biri ortiqcha” o’yinlari shular jumlasidandir[9.17b].
    Atoqli italiyalik pedagok, psixiatr vrach M.Montessori 1870-1952 yillarda yashab ijod etgan. U asos solgan bolalar uylariga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jalb qilinib, u yerda tarbiyaning o’ziga xos tizimi amalga oshirildi. U tuyg’u organlarini tarbiyalashni birinchi o’ringa qo’yadi,buning uchun tegishli didaktik material ishlab chiqadi. Mashqlar sistemasi bolalarda muayyan ko’nikma va malakalarni, predmetlarni shakliga,vazni va rangiga qarab farqlash, xilma-xil ovoz va hidlarni bilish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Montessoru foydalanadigan didaktik materiallar o’z-o’zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo’lib, bolalarga, pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug’ullanish imkonini beradi. Lekin bunda sezgi organlarining rivojlanishi nutqning o’sishi bilan bog’lanmas edi. Kattalar tomonidan majburlash, “uni o’yna”, “buni o’yna”, “xato qilding”, “mana bunday bajar” qabilida ish tutish M. Montessori pedagogikasiga zid uslublardir. Uning ta’limi “O’zim bajarishim uchun menga yordam ber” qabilida ish yuritishga asoslangandir. Bola erkin “kim bilan”, “nima bilan”, “qachon” tushunchalarini o’zi hal qilsin. O’zi ko’rib, eshitib, harakat qilib, paypaslab mushohada, ya’ni mantiqiy fikrlay olsin. Maktabgacha ta’lim sohasida pedogogik jarayonga xozirgi kun talablari bolalarni erkin fikrlashga undovchi qanday topshiriqlar, ta’limiy o’yinlardan foydalanish lozimligi to’g’risida tushuncha beradi. Bolalarda erkin , xur fikrlilikni tarbiyalash istagi xalqimizda qadimdan mavjudligini ta’kidlash uchun Xoja Nasriddin xaqidagi rivoyatlardan birida mazkur mavzuga dahldor bo’lgan kichik bir ko’rinish saqlanib qolganligini quyidagicha hikoya qilinadi: Xoja Nasriddinning qo’shnisi uning o’z farzandini kaltaklayotgani ustidan chiqib qoladi. Qo’shni xayron boladi. Chunki bola tartibli, doimo ota-onasining aytganini qiladi .Qo’shnisi Xoja Nasriddindan kaltaklash sababini so’raganida, u quyidagicha javob qiladi: “To’g’ri , bolam buyurgan ishlarimni bekami-ko’st bajaradi. Biroq uning aybi shundaki, men buyurmagan ishlarni bajarishni bilmaydi” – deya aytib o’tgan. Maktabgacha yoshdagi bola atorofidagi narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo’lishga intiladi. Bu o’rinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining xaddi sig’adigan narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining kuchi xam yetmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosabatda bo’lishga intiladi. Buni natijasida bolalarda xaddan tashkari tez ortib borayotgan turli extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasida keskin qarama-qarshilik yuzaga keladi. Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. Chunki bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham va umumlashgan bo’lsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o’tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.

    Download 54,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 54,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: maktabgacha ta’limda 3-6 yoshli bolalarga ta’lim berish mazmuni. Mundarija kirish ibob maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi

    Download 54,09 Kb.