II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR




Download 54,09 Kb.
bet4/6
Sana10.06.2024
Hajmi54,09 Kb.
#262127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi pedagogika (5).docx Qulliyeva

II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR.
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mashg’ulotlardagi faoliyatlarini rag’batlantirish mezonlari.
Ta’lim va tarbiya berish jarayonida o‘quvchilarni bilim va salohiyatlarini o‘z o‘rnida yetarlicha rag‘batlantirib borish, nafaqat ta’lim sifatini oshirishga balki ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishiga, liderlik xususiyatlarini shakllanishiga va eng asosiysi intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bola ruhiyatida sodir bo‘ladigan ijobiy o‘zgarishllarning eng katta va ahamiyatli sabablaridan biri shuki, ularning tengdoshlari orasida maqtovga sazovor bo‘lishidir. O‘ziga ishonchi ortgan o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishi kundan kun ortib boradi va bu o‘z navbatida ularning intellektiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Rag'batlantirish metodlari turli xil bo‘lib, ular tarkibiga ma'qullash, ko‘ngil ko‘tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og'zaki va yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi. Rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo‘Ilanilishi lozim. Har qanday rag'batlantirish o‘qnvchining jamoa oldidagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Rag'batlantirish vaqtida o‘quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o‘rnini hisobga olish va u bitta o‘quvchi uchun ketma-ket bo‘lmasligi kerak. Doimiy ravishda haddan oshirib maqtash, jamo‘aga nisbatan taqqoslash, talabchanlikni bo‘shashtirib yuborish bular o‘quvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Rag'batni tashkil etishda o‘quvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi o‘rni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning o‘ziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Shaxsning kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiya muhim ahamiyatga ega bo’lib. Shaxs qaysi jamiyatda ishlasa, o‘sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topa boshlaydi. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o‘zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasini, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlaydi. Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish bo‘yicha o‘sishi vaznning ortishi, sezgi a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to‘g‘ri boshqara bilish bilan bog‘liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa inson shaxsidagi psixologik sifatlar belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar bo’ladi. Bolalarning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida, namoyon bo‘ladi. Bolalar hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyum bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. Bolalar bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bolalar buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. 2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi. Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarakatrofidagi tabiat to‘g‘risida, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi. Agar ta’lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarning tushunarli tafakkurlari rivojlantiriladi.
MTT da ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari. Tamoyillar: O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kutilayotgan natijalarni, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan davlat o‘quv dasturini amalga oshirishda ta’minlanishi kerak bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitning xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish va rivojlantirishdagi yondashuvlarni tavsiflaydi. MTT ta’lim va tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat. Bolalik – bu muhim ahamiyatga molik yosh va hayotiy davrdir. Bolalikning o‘ziga xos xususiyati - bu bolalarning ta’lim olish tajribasidagi natijasida kattalardan ko‘ra ko‘proq o‘rganish va o‘zgarish qobiliyatiga egadir. Bolalik – bu baxtli bolalik huquqi tan olinadigan, bolalarning rivojlanishidagi muhim bosqichi. Bolalarning huquqi, individualligi va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish.Bolalar katta imkoniyat egasi bo‘lib dunyoga keladi va har birlari tug‘ma iste’dodga egadirlar. Har bir bola o‘ziga xos individualdir. Bolalar o‘z salomatligi va farovonligini himoya qilish, mustahkamlash, shuningdek, sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanish huquqolariga egadir. Bolalar shu jumladan, alohida ehtiyojli bolalar ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida tan olinadi va faoliyat turini tanlash, rejalashtirishda ishtirok etish, bilimga bo‘lgan tabiiy qiziqishlarini qondirish orqali ularning ta’lim olishi va rivojlanishiga hissa qo‘shishadilar. Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ta'minlash va parvarishlash, ta'lim va tarbiyadagi uyg‘un jarayon; u bolalarning barcha rivojlanish sohalaridagi rivojlanishini ta'minlaydi; bu ta’lim va tarbiya jarayonidagi barcha rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligini, shuningdek, ta’lim olishning turli xil va har tomonlama imkoniyatlari va har bir rivojlanish sohasi bo‘yicha integratsiyani ta'minlash zarurligini belgilaydi. Bolalarning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va xavfsiz muhitni ta'minlash bolalarning turli ehtiyojlarini, shu jumladan, harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; faol o‘yinlar va kundalik jismoniy mashqlar orqali bolalarning o‘zlaridagi his-tuyg‘ularini, yirik va mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlantiradilar; harakatda atrof-olamni tubdan o‘rganadilar va turli predmetlarni boshqaradilar; o‘z tanasining ta’sir va imkoniyatlarini farqlayola bilishadilar, unga g‘amxo‘rlik qilishni va sog‘lom turmush tarzini qabul qilishni boshlaydilar o‘yin orqali ta’lim olish va rivojlantirish. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda muhim yondashuvdir. O‘yin quvonch keltiradi va bolalarni rag‘batlantiradi, ularga yangi ko‘nikma va bilimlarni o‘rganishga, o‘zini va atrofidagi dunyoni bilishga imkon beradi. MTT bolalarning o‘yin huquqini tan oladi, o‘yinning bola uchun muhimligini va uning individual rivojlanishi, ta’lim olishi va farovonligiga ko‘maklashishdagi pedagogik imkoniyatlari tan oladilar. MTTning oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi, bolaning farovonligi uning oila a’zolari va yaqinlaring MTT ahamiyatini tushunishib yetishiga bog‘liq. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat o‘quv dasturidagi ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishga jalb qilinganda va o‘z hissasini qo‘shganda bolalar yaxshiroq ta’lim oladi va rivojlanadi. Kichik yoshdagi bolalaning har tomonlama rivojlanishda yetuk inson bo’lishida eng avvalo oilada ota onanig o‘rni katta ahamyatga ega bo‘ladi va bog‘cha yoshidagi bolalarda ustozlarni to’g‘ri ta’lim-tarbiya berishi bolalarni vatanparvarlik ruhida kamol topishishi uchun hizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika – yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari, Alisher Navoiyning “Mahbub ulqulub”i, Kaykovusning “Qobusnoma”si kabi asarlari bunga dalildir. Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirilishi mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. Bu davrda haqiqiy bilimga asoslangan ta’limiy uslub shakllandi, natijada ta’lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi. Farobiyning ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida”, “Ilmlarning kelib chiqishi” kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilarning johil bo‘lishi, haqiqatni bila olmasliklarini ta’kidlaydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi. Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik, nazariy qarashlari “Inson tarbiya predmeti sifatida” degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. “Ona tili”, “Bolalar dunyosi” kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, u ta’limning ko‘rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi. Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo‘ldi. Uning “Buyuk didaktika” asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari “Onalar maktabi” degan maktabgacha ta’lim qo‘llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog‘bon daraxtning biologik o‘sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart,-deydi. Komenskiy o‘qishga hammaning jalb qilinishini, hamma umumiy ta’lim olishi kerakligini uqtiradi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinganiga qadar ham biz maktabgacha ta’lim to‘g‘risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yangicha yondashmoqdamiz. Zero, dastur talablariga asosan maktabgacha ta’lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta’minlaydi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni “Ta’lim to‘g‘risida”gi talablar asosida tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim shaxsni sog‘lom va qilib tarbiyalab, maktab ta’limiga tayyorlaydi. Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida olib boriladi. 2022-yilda takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarida bolalarning tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lganlari beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga ajratilgan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan iborat. Bunda quyidagi yo‘nalishlar asos qilib olindi:
– jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
– nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
– bilish jarayonining rivojlanishi;
– ijodiy rivojlanish.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining o‘quv Davlat dasturi 2018-yil yaratildi va 2022-yilda qayta takomillashtirildi. Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv tarbiyaviy faoliyatining asosiy 8 g‘oyalari ifodalangan. Bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.


Download 54,09 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 54,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR

Download 54,09 Kb.