|
Maktabgacha ta’limda bolalarga ta’lim berishda zamonaviy yondashuvlar
|
bet | 5/6 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 54,09 Kb. | | #262127 |
Bog'liq kurs ishi pedagogika (5).docx Qulliyeva2.2. Maktabgacha ta’limda bolalarga ta’lim berishda zamonaviy yondashuvlar.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga taʼlim-tarbiya berish va maktab taʼlimiga tayyorlash maqsadida “Ilm yoʻli” variativ dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish sohalarini har tomonlama uygʻun rivojlanishini taʼminlashga moʻljallangan boʻlib, bunda bola taʼlimiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida namoyon boʻladi. Dastur talablari bolani har tomonlama rivojlantirib, maktab taʼlimiga tayyorlaydi, unda turli xil koʻnikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi. Bu yoshda bolani savodxonligi boʻyicha olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar bolalarda nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish sohasi va bola rivojlanishining barcha sohalari bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bolaning soʻz boyligi oshadi, nutqqa nisbatan qiziqish uygʻonadi, unda mazmunli gapirish, boshlangʻich til boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, badiiy adabiyotga muhabbat shakllanadi. Jamoada oʻzini tutish, savollarga javob berish, kattalar bilan muloqotga kirishish va ular oldida soʻzlash, shaxsiy qarorlarini qabul qilish, boshqalarga namuna boʻlish, qiyin vaziyatlarda amaliy yechim topish uchun intilish koʻnikmalari rivojlanadi. Bolada qoʻl barmoqlari mayda motorikasi rivojlantirilib, yozuv malakalari shakllanadi. Ular qogʻozda toʻgʻri chiziqlar, soʻzlar va qisqa gaplarni yozadi, yozuv qatorini aniqlay oladi, qoʻlni uzmasdan nuqta chiziqlarni birlashtirib rasm chizish malakalari shakllanadi.
Bolani bu yosh davrida ogʻzaki nutq asosiy oʻrinni egallaydi. Nutq rang-barang ifodali tovushlar yigʻindisidir. U bolani ertaga maktabda muvaffaqiyatli oʻqishi uchun zamin yaratadi. “Soʻz boyligi - deb taʼkidlagan edi. Q.Shodiyeva - bolaga barcha mashgʻulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta oʻzlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi”. Bola nutqining rivojlanishi bevosita uning lugʻatiga bogʻliq. Albatta shuni taʼkidlash lozimki, bolaning lugʻat boyligi bola dunyoni anglashi orqali ifodalanadi. Bola maʼlumotlarni atrof-muhitni kuzatish, ota-onalar, kattalar, tarbiyachilar, oʻrtoqlari, kitoblar, filmlar, mashgʻulot va oʻyinlar orqali oladi. Bularning barchasida bolaga maʼlumotlar ogʻzaki nutq orqali beriladi. Buning natijasida bolaning lugʻat boyligi oshib borishi, u soʻzlar, ularning maʼnosi, ularni qoʻllab, gaplarni grammatik jihatdan toʻgʻri tuzishni, toʻgʻri tovush talaffuzini amalga oshirishi zarur. Bolaga bu maʼlum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Bu jarayon boladan aqliy faollikni talab etadi. Bunda tarbiyachilar tomonidan bolani nutqini rivojlantirish va uni savodxonligini amalga oshirish boʻyicha tizimli taʼlim-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu jarayonlar Ilk qadam oʻquv dasturi va Ilm yoʻli variativ oʻquv dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va majburiy tayyorlov guruhlarida nutq oʻstirish mashgʻulotlari, rivojlanish markazlari, sayr, ekskursiyalar orqali mustahkamlanadi. Tarbiyachilar tomonidan bolalarni oʻqish va yozish malakalarini shakllantirish maktabgacha yoshga doir maxsus metodikalar orqali olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab taʼlimiga tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga boʻysunadi.
- bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, doʻstona, xavfsiz muhitni yaratish. Bolalar jamoasida doʻstona munosabatni qadrlash. Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimga yondashuv asosida taʼlim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashgʻulotlar bilan emas, balki bolada qiziqishni uygʻotadigan, uni hayratlantiradigan oʻyinlardan iborat taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish. Oʻyindan asosiy taʼlimiy faoliyat sifatida foydalanish. Didaktik vositalarni keng qoʻllash.
- bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada oʻqishga nisbatan xohish, istak, qiziqish uygʻotish. Kattalar tomonidan bolaga bosim oʻtkazish, uning erishgan natijalaridan qoniqmaganlikni bildirish man etiladi.
- olib boriladigan taʼlim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan murakkablashib borishi zarur.
- tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab soʻzlarni toʻgʻri talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi oʻz nutqiga nisbatan talabchan boʻlishi.
- bolalarda oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalana olishga boʻlgan ishonchni hosil qilish.
Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab taʼlimiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi oʻzlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol oʻynaydi, jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi. Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.
XULOSA
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intelekktual, ma’naviy-axloqiy, etik-estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan- avlodga uzatish amalga oshiriladi. Bugungi kunda rivojlangan Yevropa davlatlari ta’lim tizimi tajribasidan na’muna olish, tajriba almashish, raqobatga kirishish, uzliksiz aloqada bo’lish sezilarli darajada rivojlanmoqda. Shuningdek, bog’cha yoshidagi boalaga ta’lim-tarbiya berishda uning shaxs sifatida rivojlanishida oilaviy muhitning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Oila bolani o’rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo’g’inidir. Ta’lim berishda keying masuliyat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga ham yuklatiladi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini kengaytirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “ Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan isloh qilish to’g’risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi qaror va farmonlari so’zimizning yaqqol dalil bo’ladi. Bu borada maktabgacha ta’limda bugungi kun talabi bo’lgan chet tillarini o’qitish, fanlarni bir-biri bilan uzviy xolda tashkil etish yuzasidan ham, bir qancha chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish-yasash burchaklarini tashkil etilishi ham shular jumlasidandir. Bugungi kunda fanlar yuzasidan ham bolalar psixologiyasi va bolalar pedagogikasining o’qitishi yoki tarbiyachi pedagog bu fanlarni mukammal o’zlashtirgan holda o’quvchi yoki tarbiyalanuvchilar bilan munosabatga kirishishi, ularni mashg’ulotlar va darslar jarayonida kuzatishi, ulardagi mavjud individual qobilyatlarni shakllantirishning asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. Chunki bolalaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aytadi. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarra’limi va tarbiyasida o’yin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrda o’yin yetakchi faoliyat ekanligini ilmiy asoslar bilan tushuntiradi. Ayniqsa chet tillarini o’rgatishda turli dedaktik vositalar va ko’rgazmali qurollardan foydalanish mashg’ulotlar va o’quv faoliyati davomida ko’proq samara beradi va bola xotirasida mustaxkam saqlab qolishga yordam beradi.Chunki mutaxasislarning ilmiy izlanishlari natijasida inson ma’lumotlarni 85 foiz ko’rish orqali eslab qolishi mumkunligini takidlashgan. Ta’lim berish jarayonini o’yin dars shaklida tashkil qilish bolada yangi ma’lumotlarga nisbatan tushuncha va tasavvurni paydo qiladi. Ulardagi kognitiv sohalarni ham rivojlantirishga hissa qo’shadi.
|
| |