Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari




Download 54,09 Kb.
bet3/6
Sana10.06.2024
Hajmi54,09 Kb.
#262127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi pedagogika (5).docx Qulliyeva

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ham ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish uchun asosiy vazifalari belgilab berildi. Turli yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydi, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talab vujudga keladi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrofdagi tabiat, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi. Agar ta’lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi aniq faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o‘qish asosiy faoliyat bo‘lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o‘zini maktab o‘quvchisi deb tushuna boshlaydi. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi bo‘ladigan o‘yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rahbarligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab etadilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o‘yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo‘l-yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab etadilar va o‘zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavurlarini kengaytiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O‘yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda keltirishga harakat qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi, bu esa bolalarda tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. o‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. Mashg`ulotlarda bolalar faoliyatni tashkil etish va bola egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini baholash jarayonini misol tariqasida biror ta`limiy faoliyat misolida ko`raylik. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘quv yili davomida bola egallashi lozim bo‘lgan quyidagi talablar qo‘yiladi.
-Bolalar Ona Vatan va atrof-olam, buyuk siymolar, bayramlar, mashhur sarkardalar haqidagi bilimlarni egallaydilar;
-bolalar xalq amaliy san’ati, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalarini tahlil etadilar;
-buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi;
-buyumlarning yasalishi va ishlatilish tartibini o‘zlashtiradilar;
-odamning ichki a’zolari (yurak, jigar, oshqozon, o‘pka) va ularning joylashuvi, vazifalari haqida ma’lumot bera oladilar;
-bolalarga yo‘lda harakatlanish va ko‘chada o‘zini tutish qoidalarini o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi. Har bir faoliyat turi, mazmuni va tuzilishi, ijtimoiy-tarixiy xarakteri yosh avlodga obektiv ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimda, san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik roli to‘g‘risidagi qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini faoliyatning har xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mutsaqillikni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi kerak. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat etakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim, malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.
Ta’lim sifati ustuvorligi ta’lim siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning samarali mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb qilib qo‘yadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, unda “komil inson” asoslarini shakllanishi va yuzaga kelish davri – noyob davr deb belgilanganligi tufayli maktabgacha ta’lim, ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan ta’lim “madaniyatli inson” yoki sivilizatsiya va aynan jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiy-madaniy me’yorlarga javob beruvchi inson shakllanishini ta’minlovchi madaniy-ijodiy vazifani zimmasiga oluvchi umummadaniy qadriyat sifatida (B.S.Gershunskiy, E.N.Gusinskiy, B.T.Lixachev, E.Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov, A.I.Subetto va boshqalar) gavdalanadi. Shu jihatdan ta’limni “kvalitetizatsiya” (lotincha qualiyas – sifati) bo‘lg‘usi, zamonaning muhim ijtimoiy jarayonlari dinamikasini, shu jumladan, shaxs rivojlanishi ustuvorligiga sabab bo‘luvchi zarurat (E.Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov), jamiyatining “barqaror rivojlanishi” modeliga o‘tish jarayonini ta’minlashga qodir insonni shakllantirishni yuzaga keltiruvchi hal qiluvchi omil sifatida qaraladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’lumot olishiga davlat belgilaydigan me’yorlar va talablar sifati ularning jamiyat ijtimoiy- madaniy ehtiyojlariga mosligi, shuningdek, ularning bolani rivojlantirishning to‘laqonligi va yaxlitligini ta’minlash bilan birga maktabgacha ta’lim bolalikning o‘z mohiyatini saqlashga yo‘naltirilganligi bilan aniqlanadi. Ta’lim jarayonining sifati uning mazmunining, shakl va usullarining sifati, uning ishtirokchilarining o‘zaro hamjihatligi bilan ta’minlanadi. Resurs ta’minoti jarayonining sifati kadrlar, moliya-iqtisodiy, dasturiy-uslubiy, ruhiy, sanitariya-gigiyenik va tibbiy sog‘lomlashtirish, ijtimoiy-pedagogik resurslar va shart- sharoitlarning sifatidan tarkib topadi. Natijalarning sifati bolalarning salomatligi holati, bolalarning shaxsiy yutuqlari, pedagoglarning shaxsiy kasbiy yutuqlari, maktabgacha ta’lim muassasasining yutuqlari kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. MTMda bolalar faoliyatini tashkil etish jarayoni, tizimli sifatning barcha xususiyatlarini va tavsiflarini umumlashgan holda o‘zida tashuvchi maktabgacha ta’lim sifatining tizim hosil qiluvchi birligi hisoblanadi. Bolalar faoliyatining muayyan turlarini shakllantirish jarayonlari sifatining jami bolalarni rivojlantirish jarayonlarining u yoki bu sifatini shakllantiradi (jismoniy, ijtimoiy, bilim olish, badiiy-estetik), ulardan o‘z navbatida ham alohida olingan yosh guruhi, ham butun maktabgacha ta’lim muassasasi yaxlit ta’lim jarayonining sifati hosil bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’minlaydigan ta’limning sifat holati doimiy hisoblanmaydi: u yangi xususiyatlarning paydo bo‘lishiga qarab o‘zgaradi. Tashqi va ichki omillardan kelib chiquvchi tashqi va ichki hamjihatlik ularning paydo bo‘lishining manbai hisoblanadi. Shu sababli maktabgacha ta’lim sifati jarayon va natijaning, haqiqiy va potensial, ichki va tashqi sifatning birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalar ta’limiga davlat va jamiyat talablarini aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma beradigan maqsadlar tizimining markaziy sifat hosil qiluvchi tashqi omili hisoblanadi. Bunday maqsadlar hamisha jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlariga xos bo‘lgan muayyan ijtimoiy andozalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Sifatga yo‘naltirilgan ijtimoiy buyurtma aynan shunday asosiy tavsiflarga ega shaxsni shakllantirishni nazarda tutishi kera. Maktabgacha ta’lim sifati – natija haqida bola shaxsini rivojlantirish nuqtai nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so‘z yuritish mumkin: - tizimli tabaqalanadigan malakalilik:
• til malakasi, bolaning o‘z fikrlari, istaklari va niyatlarini nutq vositasida va nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi;
• ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning o‘ziga xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi o‘zgarishlarni payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o‘z ichiga oladi;
• intellektual malaka, o‘z maqsadiga erishish uchun bolaga yangi xattiharakatlarini ijro etishga va ularni bajarishga yordam beruvchi umumiy intellektual faoliyatni shakllanganligini nazarda tutadi;
• jismoniy malaka, bolaning o‘z yosh darajasiga mos keluvchi turli harakat turlarini egallaganligini ko‘rsatadi;
- ixtiyoriylik, bola tomonidan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘z xatti-harakatini boshqarish ko‘nikmasida namoyon bo‘ladi;
- mustaqillik, kundalik hayotda va ishda paydo bo‘ladigan turli vazifalarni bola tomonidan kattalarning yordamisiz mustaqil kun tartibiga qo‘yish va hal qilishni ta’minlaydi;
mas’uliyat, “mumkin” va “mumkin emas”, “yaxshi” va “yomon”, “xohlayman” va “kerak” o‘rtasida tanlov vaziyatida paydo bo‘ladi;
- tashabbuskorlik, bolaning o‘z istaklariga javob beruvchi o‘yinlarni, samarali faoliyat turlarini tashkil etishga urinishda vaularga o‘z tengdoshlarini jalb qilish mahoratida ifodalanadi;
- ijodkorlik, ish jarayonida paydo bo‘ladigan hamda o‘z originalligi va variativligi bilan ajralib turuvchi yangi mahsulot yaratishda namoyon bo‘ladigan turli muammolarni ijodiy hal qilishga bolaning layoqatini ko‘rsatadi;
- xatti-harakat erkinligi, bolaning ijtimoiy qabul qilingan qoidalar va taqiqlarga rioya qilishini taqozo etuvchi harakat va faoliyat yo‘nalishi, ular o‘rtasida quyidagi to‘rttasi eng muhim hisoblanadi: o‘zgaga, o‘zingga, tabiatga, boshqa odamlar yasagan narsalarga ziyon yetkazma;

- xavfsizlik, bolada o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini his qilish va ko‘ra bilish layoqati borligi bilan tavsiflanadi, bu unda me’yor, ehtiyotkorlik tuyg‘ularining shakllanishi bilan bog‘liq;


- o‘z-o‘zini anglash va o‘zini baholash, bolada o‘z timsolini shakllantirishda, kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarda o‘z o‘rnini anglashda, o‘z imkoniyatlarini baholashda, hali ko‘p o‘qish kerakligini tushunishda namoyon bo‘ladi.
Bu shaxsning asosiy tavsiflari tizimi – maktab yoshigacha bolaning asosiy rivojlanish dasturi konsepsiyasida taqdim etilgan. Maktabgacha ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillariga ijtimoiy buyurtmali maqsadlardan tashqari maktabgacha ta’limga davlat me’yorlari (talablari), shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim berish uchun zarur bo‘lgan tashqi resurslar (kadrlar, axborot, moddiy va hokozo) kiradi.

Download 54,09 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 54,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari

Download 54,09 Kb.