|
1 mavzu. Faning maqsadi va vazifalari
|
bet | 1/4 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,29 Mb. | | #146814 |
Bog'liq 1-Tema Qala jolları hám kóshelerinde háreket qawipsizligin shólkemlestiriw páni jáne onıń wazıypaları.
1 MAVZU.
Faning maqsadi va vazifalari
Avtomobil yo’llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir
haydovchi o’ziga qulay harakat tartibini tanlaydi hamda o’zi tanlagan harakat tartibining boshqa harakat qatnashchi-lariga ta’siri bilan hisoblashmaydi.
Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat tartibiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo’l harakatida avtomobillarning o’zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko’p bo’lsa, shuncha orta boradi.
Yo’l harakatini tashkil etish – transport vositalari oqimini maksimal darajada yo’lning geometrik o’lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo’laklarida xavfsiz harakat tartibini va yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlashga
qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo’l harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to’g’ri yo’naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo’yicha
guruhlarga ajratishga, har bir yo’l bo’lagi uchun rastional tezliklarni belgilashga,
haydovchilarga o’z vaqtida harakat marshruti va yo’l sharoiti to’g’risida axborot
berishga qaratilgan.
Harakatni tashkil etishni takomillashtirish progressiv boshqarish (harakatni boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor ob’ektlarini «yashil to’lqin», «yashil ko’cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi – sekinlashuvchi, reversiv, rezerv tasmalardan foydalanish, ba’zi bir ko’chalarni bir tomonlama harakatga o’tkazish va h.k.) chorrahalarni har xil sathda o’tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini rastional ravishda tanlash yordamida erishiladi. Yo’l harakatini tashkil etishda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida avtobus va trolleybus, shuningdek, yalpi yuk tashuvchi avtomobillarning optimal
harakatlanish grafigini to’g’ri tuzish katta ahamiyatga ega. Tig’iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo’l bo’laklaridagi
transport oqimining harakatini aylanma yo’llar orqali o’tkazishga intiniladi.
Harakatlanish tartibini oshirish uchun avtomobil va avtobuslarga ikki tomonlama radio aloqa o’rnatiladi. Bu esa harakat o’zgarishini yo’lda nazorat qilish imkonini beradi. Yo’l harakatini tashkil etishda quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni; yo’l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo’l va ko’chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari. Shuningdek, harakat xavfsizligi bo’yicha soha me’yoriy hujjatlari.
Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo’ldagi transport vositalari va piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir-biridan farqlash lozim.Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo’l xo’jaliklari, yo’l harakati xavfsizligi organlari va hokimiyat vakillari shug’ullanadilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo’l harakatini tashkil qilishning asosiy
|
| |