|
Diplom ishi Do'stobod qurilish kolleji 2010y
|
bet | 1/12 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #141877 |
Bog'liq 401 guruh Axmadjonova kurs ishi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI
Sirtqi ta’lim fakulteti
Informatika o’qitish metodikasi
401 – guruh talabasi Axmadjonova Xafizaxonning
Delphi muhitining grafik imkoniyatlaridan foydalanib “Quyosh sistemasi” dasturini yaratish
MAVZUSIDA
KURS ISHI
Bajardi: Axmadjonova X
Tekshirdi: Axmadaliyev SH
Qo’qon -2022 y
MUNDARIJA
KIRISH................................................................................................................3
1-BOB. Delphi dasturlash tili .. .......................................................................5
1.1. Delphi dasturlash tili tarixi.......................................................................5 1.2. Delphi dasturlash muhiti ..................................................... ......................7
1.3. Delphi grafik imkoniyatlari .………………………………………...........13
2-BOB. Delphi dasturlash muhitida dastur tuzish jarayoni…………………. 24
2.1. Delphi dasturini o`rnatish.................. ..................………………………....24
2.2. Delphi muhitining grafik imkoniyatlaridan foydalanib “Quyosh sistemasi” dasturini yaratish ……………………….……………………………….....27
3-BOB. XULOSA...............................................................................................34
4-BOB.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................35
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda amaliyotga keng ko’lamda tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasida Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ushbu soha mutaxasislariga yaratilgan shart - sharoitlar sifat bosqichi davom etmoqda.
Bu vazifani, birinchi navbatda o’qituvchi va pedagoglarimizning, so’ng fuqarolarimizning ijtmoiy ongini ifoda etuvchi ma’naviyatini, siyosiy, huquqiy, estetik madaniyatini, aqliy faolligini va bilim darajalarini zamon talablari darajasiga ko’tarish orqali erishish mumkin.
O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi - bu zamonaviy texnologiyalar asosida dars tashkil etish hisoblanadi. Aynan shu jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yoxud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o’quv materiali mazmunini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalar bilan dars o’tish jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali dars tashkil etish mumkin emas.
Xo’sh, dars jarayon mohiyati nimadan iborat? Ularni loyihalashga qanday pedagogik talablar qo’yiladi? Maktablarda dars etish bo’yicha zamonaviy texnologiyalar mavjudligi, Malakali pedagoglar dars tashkil etishi, o’quvchi yoshlarni dasturlashga qiziqtira olishi va dasturlash tillari bo’yicha bilim ko’nikma va malakaga ega bo’lishi zarur.
Bugungi kunda respublikamiz ta’lim tizimida ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktablar zamonaviy tipda qayta qurilib zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlanmoqda. Bu zamonaviy maktablarda dars tuzilmalarini tadqiq etish zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarb muammolaridan biridir.
Shu nuqtai nazarda kurs ishi uchun tanlangan Delphi muhitining grafik imkoniyatlaridan foydalanib “Quyosh sistemasi” dasturini yaratish
|
| |