1.3 Delphi dasturlash tili grafik imkoniyatlari
Delphi dasturchiga turli xildagi sxemalar, chizmalar va illyustratsiyalar bilan ishlash imkoniyatlarini beradi. Dastur grafikani ob’ekt (forma yoki komponent Image) sirtida hosil qiladi. Ob’ekt sirti Canvas xususiyatiga mos keladi. Grafik element (to’јri chiziq, aylana, to’јri to’rtburchak va x.k.)larni ob’ekt yuzasida hosil qilish uchun Canvas dan foydalaniladi.
Masalan, Form1.Canvas.Rectangle(10,10,50,50) instruktsiyasi dastur oynasida to’јri to’rtburchak hosil qiladi.
CHizma hosil bo’luvchi sirt.YUqorida aytib o’tilganidek, grafikani hosil qiluvchi sirt (yuza) Canvas xususiyatiga to’јri keladi. O’z navbatida Canvas xususiyati Tcanvas tipidagi ob’ektdir. Bu tip uslublari grafik primitivlarni (nuqta, chiziq, aylana va x.k.) hosil bo’lishini ta’minlaydi, xususiyati esa hosil bo’luvchi grafikani xarakteristikalarini: rangi, chiziq qalinligi va turi; bo’yaluvchi hududni rangi va ko’rinishini; harfni xarakteristikalarini beradi. Canvas «sirt», «chizish uchun yuza» sifatida tarjima qilinadi. CHizish yuzasi alohida nuqta – piksellardan tashkil topadi. Pikselni joylashuvi gorizontal (X) va vertikal (Y) koordinatalar bilan xarakterlanadi. CHap yuqoridagi nuqta koordinatasi (0,0). Koordinatalar yuqoridan pastga va chapdan o’ngga qarab o’sib boradi (12.1-rasm).
1-rasm. CHizish yuzasi nuqta koordinatalari.
CHizish yuzasi o’lchamlarini illyustratsiya (Image) hududi uchun Height va Width, forma uchun esa ClientHeight va ClientWidth lar aniqlash mumkin.
Qalam va mo’yqalam.Odatda rassom surat chizish uchun qalam va mo’yqalamdan foydalanadi. Delphi ning grafik imkoniyatlari ham qalam va mo’yqalamdan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Qalamdan chiziq va kontur chizishda, mo’yqalamdan esa kontur bilan chegaralangan yuzani bo’yash uchun foydalaniladi.
Qalam va mo’yqalam grafikani chizish yuzasida hosil qilishda mos ravishda Pen(qalam) va Brush(mo’yqalam) xususiyatlariga xosdir. SHu bilan birga ular TPen va TBrush tiplariga tegishlidir.
Qalam.Qalamdan nuqta, chiziq, geometrik shakllar: to’јri to’rtburchak, aylana, ellips va h.k. larni chizishda qurol sifatida foydalaniladi. TPen ob’ekt xususiyati 12.1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
-
Xususiyat
|
Vazifasi
|
Color
|
CHiziq (kontur) rangi
|
Width
|
CHiziq qalinligi
|
Style
|
CHiziq ko’rinishi
|
Mode
|
Tasvirlash rejimi
|
Color xususiyati chizuvchi qalam rangini belgilaydi. Quyidagi 2-jadvalda PenColor xususiyatlari keltirilgan:
2-jadval
Konstanta
|
Rang
|
Konstanta
|
Rang
|
clBlack
|
qora
|
clSilver
|
kumushrang
|
clMaroon
|
kashtanrang
|
clRed
|
qizil
|
|
|