• My_Delhp
  • Diplom ishi Do'stobod qurilish kolleji 2010y




    Download 3,21 Mb.
    bet4/12
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,21 Mb.
    #141877
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    401 guruh Axmadjonova kurs ishi

    1.2 Delphi dasturlash muhiti
    Delphi -Windows operatsion tizimida dastur yaratishga yo’naltirilgan dasturlash muhitidir. Delphida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob’ektga yo’naltirilgan ғoyasi mujassamlashgan. Delphida dastur Turbo Pascal dasturlash tilining rivoji bo’lgan Object Pascal tilida yoziladi.
    Delphi -bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan:

    • yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;

    • ob’ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;

    • dastur ilovalarini vizual tuzish;

    • ma’lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.

    Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo’lgan vosita bo’lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. Delhida dastur zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi sistemasi Turbo Pascal 7.0. tilining rivoji bo’lgan ob’ektga yo’naltirilgan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi.
    Ma’lumki dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi.
    Delphi o’zida bir qancha zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari dasturlash texnologiyalarini ham ma’lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi.



    Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uning birinchi qatorida sarlovha, ya’ni proyektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda buyruqlar menyusi gorizantal ko’rinishda joylashgan. Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar paneli va o’ng tarafida komponentalar politrasi joylashgan.
    Buyruqlar menyusi quyidagilarni o’z ichiga olgan:
    -File (fayl) bo’limi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli buyruqlarni o’z ichiga olgan;
    -Edit (taxrir) bo’limi fayl ichidagi ma’lumotlarni taxrirlash uchun kerakli buyruqlarni o’z ichiga olgan;
    -Seerch
    -View
    -Compile
    -Run formani ishga tushirish.
    -Options
    -Tols servis xizmatidan foydalanish.
    -Help yordam chaqirish.
    Forma oynasida ilovalar yaratiladi. Object Inspector oynasi ob’ekt xossalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi. Ob’ekt xossalari bu - ob’ektga berilgan harakteristika bo’lib, uning ko’rinish, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va Height xossalari forma o’lchamini, top va Lift esa formaning ekrandagi holati, Caption - sarlovha matnini aniqlaydi.
    Vizual dasturlash texnologiyasida ob’ekt deganda muloqat oynasi va boshqarish elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) tushuniladi.
    Delphida dasturlash ikkita o’zaro ta’sir etuvchi bir-biri bilan boғliq jarayon asosida tashkil qilinadi:
    -dasturni vizual loyihalash jarayoni;
    -dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni.
    Kodlarni yozish uchun maxsus kod oynasi mavjud bo’lib, u dastur matnini kiritish va taxrirlash uchun mo’ljallangandir. Bu kodlarni yozish oynasida dasturlash Pascal tilining rivoji bo’lgan va kengaytirilgan Object Pascal tilida tuziladi.
    Kodlarni yozish oynasi boshlanishda o’z ichiga hali bo’sh formani akslantiruvchi dastur matnini yozib chiqaradi. Dastur loyihasini ishlashi mobaynida dasturchi kerakli dastur operatorlarini kiritib, formani loyiha bo’yicha akslantiradi. Delphida dasturlash forma oynasini tashkil etishdan boshlanadi.
    Oddiy dastur ilovasini yaratish ketma-ket File=> New=> Applisation buyruғini berish bilan boshlanadi. Bu buyruqni berishdan oldin ikkita asosiy ishni bajarish lozim:
    -papka tashkil etish;
    -tizimni to’ғrilash.
    Papka tuzing, masalan, My_Delhp nomli. My_Delhp papkasi ichida yana o’z dasturngizni saqlash uchun papka ochish, masalan Pgm_1.
    Delphi muhitining standart nastroykasiga o’zgartirish kiritish uchun Tols=>Environment Options menyu buyruғini berish va muloqat darchasidan krakli o’zgarishlarni bajarish lozim.
    Delphi dasturlash muhitida ishlash jarayonida quyidagi kengaytmali fayllar ishlatiladi:
    -loyiha fayli, kengaytmasi .dpr;
    -paskal moduli fayli, kengaytmasi .pas;
    -komponentalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dcu;
    -formalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dfm;
    -ma’lumotlar bazasi fayli, kengaytmasi .dbf.
    Тayyorlanadigan Delphi dastur uchta asosiy etapdan o’tadi:
    -kompilyatsiya;
    -komponovka;
    -bajarish.
    Kompilyatsiya etapida tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga o’tkaziladi. Kompanovka etapida esa kerakli qo’shimcha yordamchi dasturlar va ostdasturlar unga birlashtiriladi. F9 tugmasini bosish bilan Save UnitAs dialog oynasi paydo bo’ladi va sizdan Unit.pas moduli uchun fayl nomini va joylashadigan papkani ko’rsatishingizni so’raydi. Agar joy ko’rsatilmasa Delphi avtomatik ravishda dasturngizni Bin papkasiga joylashtiradi. Yaxshisi siz bu papkani o’z ishchi papkangiz nomiga almashtiring, masalan My_Delph. Dastur kompilyatsiya qilinishi paytida Delphi sistemasi pas, dfm va dcu kengaytmali modullar tuzadi. .pas kengaytmali fayl kodlarni yozish oynasida kiritilgan dastur matnini, .dfm forma oynasi tashkil etuvchilarini, .dcu kengaytmali fayl esa .pas va .dfm kengaytmali fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o’tkazilgan variantini saqlaydi. Bu .dcu kengaytmali fayl komplyator tamonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi (bajariluvchi) .exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.

    Download 3,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 3,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diplom ishi Do'stobod qurilish kolleji 2010y

    Download 3,21 Mb.