• Bosim Bosim datchigi Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
  • Bosim Bosim datchigi Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0.84 Mb.
    bet1/2
    Sana27.05.2023
    Hajmi0.84 Mb.
    #65568
      1   2
    Bog'liq
    bosim
    Biotexnologiya haqida tushuncha, 1, 1-Соатлик конспект, Boysari Rashidov 121-guruh, JARAYONLAR TAQIQOTI SLAYD, 8 mavzu, Mustaqil ish mavzulari (1), vORISOV, Funksional 3, 941, 945, 4 top inves (1), xufyona -4, a3b5f928-9235-4b7a-a289-bcaa52700ce0

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI AVTOMOBILSOZLIK FAKULTETI MSMSM YO`NALISHI 3-KURS 67-20 GURUH TALABALARI AXMADJONOVA SARVINOZ USMONOVA MUXLISA “O`LCHASH ASBOBLARINI KONSTRUKSIYALASH’’FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
    1.
    2.
    3.
    4.
    Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
    Datchiklarni turlari.
    Bosim
    Bosim datchigi
    Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
    Har hil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko’rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o’zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo’llaniladi.
    Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo’llash uchun qulay qiymatga o’zgartiradigan vositaga aytiladi.
    Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o'lcham va og'irlikka, hamda past narxga ega bo'lishlari kerak.
    01
    Datchik (ruscha), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan D.lar (sigim datchigi, induktiv D., induksion D. va h. k.) keng tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-uzilishiga asoslangan D.lar (kontakt datchigi) va elektr mashina D.lari ham bor. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarining amaliy kis-mini bajarishda ishlatiladi. D. avtomatika va telemexanika qurilmalarining muhim qismi hisoblanadi.
    Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o'zgarishiga ta'sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o'zgartiradi. Bu miqdor, shunga o'xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So'ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini shakllantiradi. Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o'lchashadi.
    TITLE
    Har bir turdagi datchiklarni, o'z navbatida, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo'yicha ham tasniflashadi, ya’ni guruhlarga bo'lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va fotomexanik guruhlarga bo'lishadi. Datchiklarni boshqacha turi, chiqish y miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. Chiqish miqdori–elektr bo'lgan datchiklar, yani qarshilik, induktivlik, sig'im, tok, kuchlanish, faza, chastota datchiklari eng ko'p tarqalgan.
    Bevosita o'zgartiradigan datchiklar. Bevosita o'zgartirgich datchikka misol bo'lib, tenzodatchik, termo (issiqlik) datchiklar, induktiv datchiklar, sig'im datchiklar, optik datchiklari va x.k. hisoblanadi.
    Oraliq o'zgartirgichga ega datchiklar. Bu datchiklar bir nechta bevosita o'zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil etilgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo'lib xizmat qiladi.
    Bosim — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa(paskal) yoki N/sm2 da oʻlchanadi.
    Kuchlar sirt boʻylab tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda bosim :
    P=F/S
    bunda F — jism sirtiga taʼsir qiladigan kuch, S — jism yuzasi.
    Bosim birliklari
    Bar - bosimning boshqa o'lchov birligidir, ammo u SI birligi emas. 1909 yilda Britaniya meteorologi Uilyam Napier Shau tomonidan yaratilgan bo'lib, u 10 000 Pa deb ta'riflanadi.
    Atmosferadagi bosim , tez-tez rb sifatida qayd etilgan, Yer atmosferasining bosimi. Havoda tashqarida turganingizda, atmosfera bosimi sizning tanangizga bosib o'tgan va sizning atrofingizdagi havoning o'rtacha kuchidir.
    Dengiz sathidagi atmosfera bosimining o'rtacha qiymati 1 atmosfera yoki 1 atm deb ataladi.

    Download 0.84 Mb.
      1   2




    Download 0.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosim Bosim datchigi Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0.84 Mb.