• Adabiyotlar
  • Hafizov Aktam Mutaxassislik: 5А140401-Astronomiya




    Download 0,75 Mb.
    Sana25.03.2017
    Hajmi0,75 Mb.
    #2398

    QUYOSH CHAQNASHLARINI “SUPERSID” LOYIHASI ASOSIDA O’RGANISH

    Hafizov Aktam

    Mutaxassislik: 5А140401-Astronomiya (tadqiqot yo’nalishi bo’yicha)

    1-bosqich

    Quyoshda yuz beruvchi Quyosh chaqnashlari va Geomagnit to’fonlar kabi tirik organizmlarga ta’sir etuvchi Quyosh faolligi bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni qayd qilishga mo’ljallangan. Bu hodisalar Yer ionosferasi va magnitosferaga o’z ta’sirini o’tkazadi va ionosferada g’alayonlanish sodir qiladi. Qurilma: antenna, qabul qilgich va kompyuterga o’rnatilgan tovush kartasidan iborat bo’lib, ma’lumotlar maxsus dastur yordamida grafik shaklida ekranda aks etib turadi. Qurilmaning signallarni qabul qiluvchi elektronika qismi AQShning Stenford universiteti Quyosh markazi tomonidan yaratilgan bo’lib, qo’shimcha qismlari (antenna, karkas va h.k.) O’zFA Astronomiya instituti va Samarqand davlat universiteti olimlari tomonidan yaratilgan.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
    Samarqand Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.

    “SuperSID” qurilmasi Oliy ta’lim muassasalarida amaliy mashg’ulotlar va tadqiqot ishlari uchun qo’llaniladi. “SuperSID” qurilmasi qayd etgan natijalar asosida Quyosh faolligi natijasida hosil bo’luvchi hodisalar haqida va ularning Yer sayyorasidagi tirik organizmlarga nechog’lik ta’sir o’tkazishi haqida xulosa qilinadi. Qurilma tayyor holda. “SuperSID” qurilmasi – 3 kHz dan 100 kHz gacha bo’lgan oraliqdagi radioto’lqinlarni muntazam ravishda qabul qilib turadi. Xuddi shu diapazonda dunyodagi o’nlab stansiyalar muayyan bir chastotada muntazam ravishda radioto’lqinlar tarqatadi. Ushbu radioto’lqinlar ionosferaga borib akslanadi va Yerga

    sid_receiversid_antenna

    qaytadi. Radioto’lqinlar, shu asnoda Yer va ionosfera oralig’ida harakatlanib, Yer sharining barcha tomonlariga tarqaladi. Yerdagi stansiyalardan tarqatilgan radioto’lqinlar–ionosferaga yetib boradi va yana Yerga qaytishida o’zi bilan birga ionosferaning holati haqidagi ma’lumotlarni olib keladi.

    Yer Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
    Xuddi shu ma’lumotlarni Yerning ma’lum nuqtalarida o’rnatilgan “ SuperSID” qurilmalari qayd etadi. Qurilma antennasi o’lchami qancha katta bo’lsa shuncha ko’p ma’lumot to’planadi. “SuperSID” qurilmasi, O’zbekistonda: O’zFA Astronomiya institutida va SamDU Fizika fakultetida o’rnatilgan.



    Adabiyotlar

    1. Sattarov I. Quyosh fizikasi T., FAN, 2003.



    2. Martinov D. Ya. Kурс обшей астрофизики M., Наука, 1992.

    Ilmiy rahbar: dots.Yu.Tillayev

    Magistrantlarning XIV ilmiy konferensiyasi materiallari-2014
    Download 0,75 Mb.




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hafizov Aktam Mutaxassislik: 5А140401-Astronomiya

    Download 0,75 Mb.