• 2.1. Tebranish konturi
  • 2.2a - rasm. Yopiq elektr zanjirida elektromagnit tebranishlar
  • 2-Ma’ruza Reja : Tebranish konturi Elektromagnit tebranishlar




    Download 222.62 Kb.
    bet1/5
    Sana31.05.2023
    Hajmi222.62 Kb.
    #68208
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-maruza 2-sem
    ppt 1, Oraliq nazorat Javoblari, 5-mustaqil ish, 5-мустақил иш, Илмий тадқиқот методологияси ишчи дастур 2020, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, Allayarov A. 2, ТПроформа договора по лоту №73719 (1), 7-topshiriq, 7-8-9 lab, Amplitudali modulyatsiya, 1-1610, fazliddin fozilov 123, Dasturlash 3 natija, Calendar plan-Maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi (3)

    2-Ma’ruza


    Reja :
    1.Tebranish konturi
    2.Elektromagnit tebranishlar
    3.Majburiy elektromagnit tebranishlar
    4.Rezonans hodisasi
    5.Qarshilikli elektromagnit zanjirdagi erkin so’nuvchi tebranishlar

    Tayanch iboralar : Kondensator, induktivlik g’altagi, zaryad, kuchlanish, tok, tebranish konturi, eleltromagnit tebranishlar, siljish tenglamasi, differensial tenglamasi, potensiallar farqi, tebranish davri, xususiy chastota. Elektromagnit tebranishlar, qarshilik, induktivlik,majbur etuvchi tashqi EYuK ,sig’im, differensial tenglama, konturdagi tok, konden-sator, induktivlik qarshiligi, aktiv qarshilik, vektor diagrammasi, tebranish konturining impedansi, kuchlanishning rezonansi, rezonans chastotasi.
    2.1. Tebranish konturi
    С kondensator va L induktivlikdan tashkil topgan yopiq elektr zanjirida yuz beradigan zaryad, kuchlanish va toklarning tebranishlarini kuzatamiz.
    Eng sodda tebranish konturi 2.1 - rasmda keltirilgan.

    2.1 - rasm. Eng sodda yopiq elektr zanjir
    Berk zanjirning qarshiligini hisobga olmaymiz. K kalitni 1 - holatga ulab, kondensatorni Uc potensiallar farqigacha zaryadlaymiz. Keyin K kalitni 2 - holatga keltirib, yopiq zanjir hosil qilamiz. Boshlanishda energiyaning hammasi

    kondensatorning elektr maydonida joylashgan bo’ladi (2.2 a - rasm).

    2.2a - rasm. Yopiq elektr zanjirida elektromagnit tebranishlar

    Keyin esa kondensator L induktivlik g’altagi orqali razryadlana boshlaydi va g’altak ichida magnit maydoni hosil bo’ladi. Kondensator to’la razryadlanganda zanjir orqali o’tayotgan tok maksimal qiymatga erishadi va barcha energiya g’altak ichidagi magnit maydoniga joylashgan bo’ladi (2.2б - rasm).



    L induktivlik g’altak qarshiligi ortishi bilan tokning qiymati kamaya boshlaydi, natijada g’altakda o’zinduksiya elektr yurituvchi kuchi

    paydo bo’ladi. Bu EYuK zanjirdan o’tayotgan tokni o’sha yo’nalishda tiklashga intiladi. Natijada С kondensator yana zaryadlana boshlaydi (2.2в - rasm), ammo kondensator qoplamalarida zaryadlarning ishorasi avvalgi holatiga nisbatan teskari bo’ladi.
    Zanjir bo’yicha tok yo’qolganda, С – kondensator to’la zaryadlanib bo’ladi va barcha energiya kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydoniga joylashadi.
    Undan keyin teskari yo’nalishda kondensator razryadlana boshlaydi va barcha energiya g’altak ichidagi teskari yo’nalishdagi magnit maydoniga o’tadi (2.2г - rasm). Shunday qilib, zanjirdagi elektromagnit tebranish bitta to’la tebranish davridan o’tadi.


    Download 222.62 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 222.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Ma’ruza Reja : Tebranish konturi Elektromagnit tebranishlar

    Download 222.62 Kb.