1. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari




Download 58.43 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi58.43 Kb.
#93639
Bog'liq
ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
8, dsdd, 2bHWdvsZNKCeGTgI0bNwpspeFQoGGCxJ, RQKL test 200 ta, 947, Uskunaviy dasturlar, NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI Tojixusanoc, Borliq tushunchasi powerpoint, O\'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qarori-www.hozir.org, U.Djeymsning o\'z o\'ziga baho berish tizimining mohiyati, 6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va, 3- MAVZU. Biznеs fаоliyatini tаshkil etishning o`zigа хоs хususiyatlаri, Yapli ichki maxsulot

Reja:
1. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.


2. Mehnat-turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi.
3. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.

Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo'lib, u o'ziga xos ta'sirchanlik, tug'yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko'lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o'stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga ko'ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi.


Birinchidan, ular voqelikda sodir bo'layotgan hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni insonga tushunarli tarzda yetkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida yetkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga ko'ra, estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga - san'at, informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San'at - estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko'ra, ushbu jarayonni insonning o'zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda.
Bu jarayonda san'at mohiyatan shaxsning xis-tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o'ziga jalb etib kelgan. San'at insonning ehtiroslar va tuyg'ular olamiga singib borib ularni yig'latadi, kuldiradi, o'ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak san'at barcha davrlarda insonga hamroh bo'lib kelgan. Ma'lumki, ehtiroslar, tuyg'ular, kechinmalar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga ko'rk bag'ishlaydi.
Tarbiyada ayniqsa, axloqiy va estetik tarbiyada hayotning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo'lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday maqsadlarning ta'siridan zarar ko'radi. San'at shu ma'noda zamonaviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning estetik tuyg'ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo'naltiradi, uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko'mak beradi.
Biroq, tuyg'ulari xali shakllanib ulgurmagan, estetik didi risoladagidek darajaga ko'tarilmagan odam mavjud hayotiy qiyinchilik va tashvishlar qarshisida ojizlik qiladi va natijada yot g'oyalar ta'siriga tushib qoladi. Ana shunday salbiy holatlarning paydo bo'lmasligi uchun ham san'at o'zini tobora insonga yaqinlashtirib boradi. Chinakam san'at insonni bu xolatdan qutqarishga qodir bo'lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek, shaxsning estetik tarbiyasini san'at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin.
Birinchidan, san'at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta'sir ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san'at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag'ishlashi bilan birga inson ma'naviy qadriyatlarini ro'yobga chiqarishda yaqindan yordam
ko'rsatadi. San'at o'zining estetik bisotini to'laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog'lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Ma'lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham chinakam san'at, adabiyot va ma'rifat ko'tarishiga shubha yo'q. Shuni aytish lozimki, so'nggi yillarga kelib san'at va madaniyatga jamiyat hayotini o'zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini ta'minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma'rifiy tadbirlar, rang– barang ko'rik–tanlovlar, san'at bayramlari va festivallarini o'tkazilshi o'z navbatida kishilarni tayyor ma'naviy «mahsulotning iste'molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi.
Shuningdek, san'atning inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san'at avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o'zida moddiylik va ma'naviylikning estetik mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko'rk bag'ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o'zgartiradi. Ana shunga ko'ra, insonning bilimlilik tomoni san'atning ko'rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik tarbiyaviylik hususiyati o'z ifodasini topadi. Demak, ko'rinib turibdiki, san'at voqelikka estetik munosabatning kengqamrovli sohasi bo'lib, u insonni nafosatli hamda badiiy didini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San'atning tarbiyaviy-g'oyaviy funksiyasi hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo'ladi.
Estetik haqiqatning o'zi esa hayotni badiiy ijod qonunlari bilan aks ettirishi natijasida vujudga keladi. Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko'pchiligi san'at, adabiyot va ma'rifat sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan global ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas.
Ana shunday ta'sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib o'tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiysiyosiy, ma'naviyma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.” Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini xatto tashqi ko'rinishini ham tubdan o'zgarishiga olib keldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo'g'i 4 yilda egallab olar ekan.
Shunisi hayratlanarliki, 1998 yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo'lsa, 2001 yilda ularning soni 700 millionga yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Bu borada uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo'ladi... Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta'sir doirasi
bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko'ra, avvalo: - narxining
arzonligi; - asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj; - yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo'lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag'ishlaydi; - chinakam global xarakterga ega ekanligi.
Ahamiyat berilsa, yuqorida ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg'ulariga va dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e'tibor beradigan bo'lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o'zgarishga bo'ladigan ta'sir san'at va adabiyotdanda ko'lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta'siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o'z navbatida o'z oldigan qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Chunonchi mahalla; - o'ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko'rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi bilan; - turmush nafosati va muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan; - mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l qo'ymasligi hamda qo'shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan; - san'at, madaniyat, ma'rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan; - isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar, an'analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo'lib hisoblanadi.
Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o'rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o'tish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson o'zining ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan.
Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o'rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir
ko'rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir.

Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar miqdorini o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf– hatar tug'dirib dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan munosabati estetik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan talofotlarni solishi mumkin.


Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi. Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi–ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg'ularini shakllantiradi.
Bu pirovardida xalq turmush darajasining o'sishiga olib keladi. Mehnatga bo'lgan yangicha munosabat o'zining ana shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo'lib sanaladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi.
Rang–barang mavzulardagi ko'rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi. Sport – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog'lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko'plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar.
Keyingi kunlarda O'bekiston ko'plab sport turlari bo'yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o'tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko'zga ko'rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma'noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog'lom yurtning kelajagi porloq bo'ladi» - degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo'shadi.
Bugungi kunda milliy g'oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga ko'tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda o'z o'rnini bilishi, o'zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo'ladigan bo'shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go'zallik haqidagi tuyg'ularini, tabiatga bo'lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma'naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go'zallik va ulug'vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiya juda keng ko'lamga ega bo'lib, insonni bir butun shaxs sifatida namoyon qiladi.
Shuning uchun har qaysi davr, tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bugungi kunda oliy ta'lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida bu fanga nihoyatda jo'n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e'tirof etish zurur. Fanning maqsadini noto'g'ri tushunish mavjud. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma'naviy va jismoniy olamining uyg'un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo'shadi.
Estetik tarbiyada insonning tashqi ko'rinishi, uning jamoat orasida o'zini tutishi, jismoniy baquvvat bo'lishi ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma'lum darajada kishining estetik tarbiya ko'rganidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda, ma'naviyatni yuksaltirishda estetik tarbiyaning zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin. - globallashuv jarayonida inson tabiatida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni optimallashtiradi; - ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida mavjud tahdidlarga qarshi inson go'zalligini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlaydi; - estetik tarbiyaning asosida insonning hayotga bo'lgan ijodiy munosabati yotadi, bu ijodiylik fetish estetikaning avj olishiga monelik qiladi; - insonning estetik didini tarbiyalash orqali uning g'ayriestetik jarayonlarga munosabati shakllanadi. “Ommaviy madaniyat”ning ѐshlar estetik didiga ta’siri.
Milliy ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo'naltirishni taqazo etmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko'rinishdagi “sog'lom turmush tarzi targ'ibotchilari”, “ko'ngilochar” va “musaffo tuyg'u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog'ida vampirizm estetikasi va uning targ'iboti bilan bog'liq saytlarning ko'payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bu targ'ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug'i orqali topish mushkul emas.
Bunday tahdidlarga qarshi go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma'naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko'rinishidagi bog'liqlikni o'rganishga bo'lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya
vva tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o'tmishda bu sohaga jiddiy e'tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o'rganuvchi ilm” deb ta'rif bergan bo'lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XYI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish, nomunosib xolat, ko'ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz.
Shuning uchun bo'lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli” degan so'zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo'lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – go'zallikka munosabat orqali namoyon bo'ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma'noda fahm – aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg'unlashgan umumiylikdan iboratdir. “Xo'sh, bu ilmning estetik tarbiyaga nima daxli bor?” - degan savol tug'ilishi tabiiydir.
Dahli shundaki, aynan didsizlik va farosatsizlik insonning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko'ringan, istarali bo'lishga intilgan, muomalali inson har doim ham go'zal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did yordamida ajratib olishimizga to'g'ri keladi. Inson ma'naviyatining yuksalishi uning fazilati bilan bog'liq ekan, bu jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Bir paytlar AQShda kishilarning ijtimoiy xolati bilan jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. Yevropada esa kishi tug'ilganida vujudida jinoyatga moyil xarakter yoki belgilar bo'ladimi? - degan mavzuda izlanishlar bo'lgan.
Hozirda ham hunuk ko'rinishli insonlar yomon bo'ladi, deb ishonuvchilar uchrab turadi. Farosat ilmining bu nazariyasiga ishonish 1920 yillarda Germaniyada haddan tashqari kuchayib ketadi. Misol uchun 1929 yil Dusseldorf shahrida amalga oshirilgan jinoyatlar aholini dahshatga soladi. Politsiya gumon qilgan kishini e'lon qilganida, hech kim ajablanmaydi ham: 21 yoshli aqli zaif Xans Shtausberg. Lekin xuddi shunday bir jinoyat yana qaytarilgandan keyin “Dusseldorfning haqiqiy qonxo'ri” qo'lga olinadi. U ochiq yuzli, juda beozor ko'ringan, hech kimda shubha uyg'otmaydigan Piter Kurten bo'lgan. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta'sirida xulqini o'zgartirib, go'zal axloqli kishiga aylanishi mumkin.
Shuning uchun o'zida mavjud yomon xislatlarni yaxshi tomonga o'zgartirgan va ma'naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas. Shu o'rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta'kidlash shart bo'lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta'sir etishning psixologik jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash mumkin.
1. Sezgilar. Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg'amagan narsani ong osti ilg'ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg'ular hotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularningg hammasini ajrata olmaymiz. Zero kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo'lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7 tasinigina ajrata olamiz xolos.
2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo'ladigan joylar (bozorlar, ko'chalar va hokazo)ga o'rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo'lgan qiziqish reklamada ko'rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3. Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta'sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko'ngilochar maskanlarda qo'yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko'zlanadi.
4. Yashirin kadr orqali ta'sir qilish. Insonning ong osti xislariga yashirin ta'sir qilish xususan 25-kadr ko'pchilik davlatlar tomonidan ta'qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo'lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo'l kelishi mumkin.
Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo'shningni o'ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta'sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo'l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan 4 ta jihatga e'tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e'tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi. Bu borada birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarlarida “Tabiiyki “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizm g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo'ymaydi”- degan purma'no hikmat bor.
Endi ikki og'iz so'z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta'siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo'laman. Lekin, bir narsaga g'oyatda tahdidli, u ham bo'lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo'yishidadir. Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go'zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste'molchilik ehtiyoji bilan bog'lab, iste'mol va tovar sifatida haridorgir bo'lishiga qaratilgan maqsadni targ'ib qiladi.
Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san'ati” degan ma'naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo'q “badiiy” filmlar ham ko'payib ketgan. “Bozor san'ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi. XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon bo'lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirish mumkin bo'lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.
Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to'g'ri tushunish kerak. Bu havfxatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko'rinishlarini uyg'un xolda olib borish shart. Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Xo'sh “ommaviy madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo'lishi mumkin?
1. “Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o'zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san'at” namunalari-g'oyalarini nafaqat targ'ib qiladi, balki pullaydi ham
2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog'i hozirni ko'radi va tan oladi.
3. Umuminsoniy madaniyatni bo'ysindirish va o'z ta'sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog'i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o'zi ham bora-bora bir o'lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o'y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.
5. Shaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6. “Ommaviy madaniyat” o'z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma'rifatparast”lik g'oyalari asosida o'ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ'ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko'rishishdagi “boshni boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o'zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so'zlar”ga tayanilishi orqali ko'rib guvohi bo'lmoqdamiz. “Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olomonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo'latmaydi. Shuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas.
Ommaviy madaniyat xoh G'arb hox Sharq bo'lsin uning ma'naviy hayotiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi bo'lgan san'at orqali jamoatchilikka ta'sir etmoqda. Bu hodisa san'atda behayo filmlar, shahvoniy romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, shafqatsizlik hamda zo'ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda. Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar.
Xususan, sotsiolog CH.Reych o'zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “Isyonkor yoshlar o'zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkorlar” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog'liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o'girgan xolda o'zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi “yangi odam” uchun mazkur qadriyatning asosi – bu o'zini mavjud tizimdan tashqarida xis qilishga bo'lgan layoqatidir.”-, degan fikrni bayon etgan edi.
Mehnat- turmush estetikasining muhim omili.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas.
O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir.
Ular mehnat jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan. Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim. Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»59 . Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniymoddiy mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi
Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai. Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud.
To‘g‘ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko‘rsatilardi. Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda ikki sifatni – axloqiyshaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati.
U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»60. Zotan ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir. Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. Chunonchi, bugungi yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz. Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi.
Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan. Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi. Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador» .
Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniymoddiy mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum.
Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai. Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To‘g‘ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko‘rsatilardi.
Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda ikki sifatni – axloqiyshaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»62. Zotan ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan.
CHunonchi, bugungi yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz. Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
SHu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi. Turmush estetikasi deganda biz insonning voqelikka keng qamrovli estetik munosabatini tushunamiz. U hozirgi paytda o‘z ichiga kiyinishidan tortib, xulqiy go‘zallikkacha, oilaviy an’analardan tortib, oilaviy makongacha bo‘lgan «estetik doirani» o‘z ichiga oladi. Turmush estetikasida eng muhimi, odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi, pirovard natijada u turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Birinchi navbatda turmush estetikasi insonning xulqiy go‘zallik qonunqoidalariga rioya qilib yashashini taqozo etadi. Xulqiy go‘zallik esa, oilada jamoat joylarida o‘zni tutishni, boshqalar bilan muloqotda, kasbiy munosabatlarda muomala odobi va etiket nuqtai nazaridan yondashuvni, o‘zaro suhbatlarda ham so‘z vositasida (verbal), ham noverbal jihatlarning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydigan ma’naviy hodisadir. Uni estetika va axloqshunoslik kesishgan nuqta, go‘zallikning axloqiylikda, axloqiylikning go‘zallikda namoyon bo‘lish sharti, desak yanglishmaymiz. YUqorida aytib o‘tganimizdek, turmush estetikasining qamrovi keng, uning aloqalari kundalik turmushning estetik muammolari doirasidagina qolib ketmaydi, balki tabiat estetikasi, texnika estetikasi, atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi va estetik tarbiya singari miqyosli ijtimoiy ma’naviy hodisalar bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshadi.
Turmush estetikasida moda alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turshini tushunamiz. Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo‘ladi. Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi.
Moda bunda odamlarning yashash tarzidan (stilidan) kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Qisqasi, moda muayyan ma’noda jamiyat yashash tarzining o‘ziga xos shakli, zamonaviy usuli sifatida estetik tahlilni taqozo qiladi. Zotan, u umumestetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. SHu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega, urf bo‘lgan narsalar, bir davr, hatto bir yil mobaynida modadan chiqib ketishi mumkin. Masalan, o‘tgan asrning elliginchi yillarida erkak va ayollar tagcharmiga maxsus g‘arch qo‘yilgan etiklar, tuflilar kiyishardi, yurganda «g‘arch-g‘urch» qilardi.
Hozir esa, iloji boricha tovush chiqarmaydigan, yumshoq poyafzal urf bo‘lgan, ya’ni modada. YOki oltmishinchi yillarda bir oz demokratik o‘zgarishlar ro‘y berishi tufayli qatag‘on qilinganlar haqidagi asarlar, xususan, Habib No‘‘monning «YOshlikda bergan ko‘ngil» qissasi urf bo‘ldi, hozir esa, Tohir Malikning «SHaytanat» romani modada. Bunday holatni «xit» bo‘lgan qo‘shiqlarga va ular ijrochilariga ham tadbiq etish mumkin. Ana shunday xususiyatlari bilan moda kishilar estetik tarbiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Biroq bu ta’sir doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Hozirgi, globallashuv jarayonlari qizg‘in ketayotgan davrda, bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga modaning “ko‘chishi” ko‘pincha salbiy xususiyatga ega. Masalan, biri birining aksi bo‘lgan ikki hodisadagi modani olib ko‘raylik. Biri – hijob. U aslida sahroga serob arab mamlakatlarida og‘iz-burunni, ko‘zni, umuman, butun badanni qum zarralaridan asrash maqsadida kiyiladigan libos, keyinchalik u islomiy talabga moslashtirilgan. Bizda esa, uning vazifasini mintaqaviy fasllarimizga mos keladigan ro‘mol turlari (qishki, bahorgi, yozgi, kuzgi) bajaradi.
Bir paytlardagi paranji hozir modadan chiqib ketgan, qimmatbaho, zarrin (islomda bunday matolar man etilishiga qaramay), buning ustiga sintetik materialdan tikilgan havo o‘tkazmaydigan hijob bizning keskin-qit’aviy yozimizda badanni yondirib yuboradi, gigienik nuqtai nazardan zararli Ikkinchisi – hozir qizlarimizning nihoyatda tor jinsi shim va bel bilan kindikni ochib turadigan kalta kofta kiyishi modada. YOz chillasida shim kiyib, serchang ko‘chalarimizda badanning yarmini ochib yurish ham gigiena, ham sharqona odob va mintaqaviy axloq bilan sig‘ishmaydigan holat. Bunday hodisalar yuksak did bilan modaga amal qilish emas, balki ko‘r-ko‘rona modaparastlik, modaning ketidan quvish, turmush nafosatini jo‘nlashtirish sifatida baholanishi lozim. Ana shunday hodisalarda turmush estetikasining tahlillari, nazariy xulosalari asqotadi.
Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar.
So‘nggi paytlarda turmush estetikasini reklamasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U tobora ommaviylashib, ommaviy axborot vositalari orqali hayotning turli jabhalariga kirib bormoqda. Reklama mamlakat aholisining barcha qatlamlariga mo‘ljallangan. U insonning mayl-istagini, didini, ehtiyojini, qiziqishlarini, voqea-hodisalarga munosabatini shakllantirib, ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega. Reklamada go‘zallik, ulug‘vorlik, mo‘‘jizaviylik va kulgililik kabi estetik xususiyatlar in’ikos etadi. SHu bois reklama ijodkori – dizayner ko‘pincha rassomlik san’atidan xabardor mutaxassis bo‘ladi. U ijodkor sifatida betartib suvrat, matnlar, sarlavhalar va bo‘shliqdan tartibli xilmaxillikni yaratadi.
Ana shu tartib reklama go‘zalligini ta’minlaydi, tomoshabinga, o‘quvchiga quvonch bag‘ishlaydi. Reklamada muayyan narsa-hodisaning badiiy qiyofasi yaratiladi, ko‘pincha mashhur yirik asardan yoki voqeadan «kichik asar» – ta’sirchan epizodlar bunyod etiladi, shundan kelib chiqib, unda axloqiyestetik ibtido katta o‘rin egallaydi. Badiiy qiyofaning mavjudligi esa, reklamani san’atga yaqinlashtiradi, uni muayyan ma’noda badiiy yaxlitlik darajasiga ko‘taradi. Undagi mubolag‘a usuli, lahzalik hayrat uyg‘otgani holda, kishini reklama qilinayotgan narsahodisaning mohiyatiga, foydalili xususiyatiga sezdirmay olib kiradi. Reklamada rang estetikasi alohida ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, tashqi reklamalar atrof-muhitni go‘zallashtirish tamoyillari asosida joylantiriladi va shaharlarimizga kunduzi ham, tunda ham o‘ziga xos chiroy bag‘ishlab turadi. Ayniqsa, tungi reklamalarda nurdan foydalanish ko‘pincha san’atkorona mahorat bilan amalga oshiriladi. Reklama, agar faqat foyda, sof iqtisodiy-ma’naviy jihatlar ko‘zlab ish tutsa, oddiy dallollik vositasiga aylanishi mumkin. Bunday hollarda tomoshabin diqqatini tortishga o‘ta urinish oqibatida behayo tasvirlar vujudga keladi.
Vaholanki, u iqtisodiyotga asoslangan keng qamrovli ma’naviy hodisa, odamlar orasidagi ijtimoiy muloqot shakllaridan biridir. SHu bois reklama estetikasiga alohida e’tibor berish, unga aholi estetik didini, turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladigan vosita sifatida qarash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Sport estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni o‘rganadi, sportning estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi o‘rnini, sport bilan san’atning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadi, inson jismoniy kamolotining ma’naviy-estetik jihatlarini tahlildan o‘tkazadi.
Ma’lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga olinsada, ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha tabaqalari ixtiyoriy tarzda «o‘zi uchun» shug‘ullanadigan, ommaviylik tabiatiga ega mashqlar yoki mashq majmularidan iborat. Sport esa, uning qaysi sohasida bo‘lmasin, mutaxassis ustozlar nazorati ostida maxsus tayyorgarlik ko‘rgan odamlarning, asosan yoshlarning yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda bellashuvini o‘z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya qay ko‘rinishda bo‘lmasin, (individualmi, jamoaviymi), bellashuvni rad etadi va insonga turli mashq shakllaridan xohlaganini tanlash imkonini beradi. Sportda musobaqa birinchi o‘rinda turadi va unda muayyan mashqlar majburiy tarzda bajariladi.
Lekin bu majburiylik sportning ma’lum bir turi doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya’ni sportda ijodiy yondashuv taqiqlanmaydi, balki qo‘llabquvvatlanadi. Masalan, badiiy gimnastika musobaqalarida har bir sportchi o‘zi tanlagan mashqni, o‘zi tanlagan kuy jo‘rligida bajaradi, lekin sportning ushbu turiga doir qonun-qoidalardan chetga chiqolmaydi. SHunday qilib, jismoniy tarbiyani sportga qo‘shib yuborish yoki ularni aynanlashtirish mumkin emas. Sportning boshqa ko‘pchilik turlarida esa, barcha sportchilar bir xil mashqni bajaradilar, lekin ularni bir-biridan farqlantirib turadigan, musobaqa ruhini saqlab, uni so‘ndirmaydigan narsa, bu – har bir sportchining bir xildagi mashq ijrosiga ijodiy, o‘ziga xos yondashuvdir.
Bunda sportchining o‘z a’zoi badani ustidan hukmronlik qilishi va shu hukmronlikni egiluvchan go‘zallik, epchillik, ulug‘vor xatti-harakatlar shaklida tomoshabinga taqdim etishini taqozo qiladi, xullas, sport inson tanasi go‘zalligining namoyishi sifatida diqqatga sazovor. Sportga qadimgi yunonlar, bundan bir necha ming yillar avval ana shunday nuqtai nazardan yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go‘zallikni chetga surib, uni g‘oliblik va mag‘lublik bilan baholanadigan ehtirosli o‘yinga, qimorning o‘ziga xos turiga aylantirib qo‘ydi (qadimgi Rumodagi gladiatorlar bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar v.h.k.). Hozirgi paytda sport jahon bo‘ylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinadi.
Ayniqsa, buni O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bizda mustaqillik sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash shakllandi, uning hamma turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi, o‘zbek kurashi esa, umumbashariy sport turiga aylandi. Madaniyat bilan birgalikdagi vazirlik maqomini oldi. Bularning deyarli barchasi respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va nazorati ostida amalga oshirildi.
SHu tufayli bugun O‘zbekiston sport diyoriga, inson jismoniy go‘zalligini jahonga namoyish etayotgan mamlakatlardan biriga aylandi. Sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning san’at bilan o‘xshashligida. SHundan kelib chiqib, zamonaviy sportni (juda bo‘lmaganda, uning ba’zi turlarini) o‘ziga xos san’at sifatida talqin qilish keng yoyilgan. Rene Mehyu, Morin Kovich, Benjamin Lou singari g‘arb olimlari va ko‘plab mashhur sportchilar sportni san’at sifatida qabul qilish mumkin degan fikrni o‘rtaga tashlaydilar. Lekin haqiqatan ham sport san’atmi, ularni aynanlashtirish mumkinmi? Bu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish qiyin. SHu bois sportning kelib chiqishi va mohiyatiga e’tibor qilib ko‘raylik. Ma’lumki, o‘yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini ta’kidlab, uni san’at bilan tenglashtirganlar, SHiller esa, ko‘rib o‘tganimizdek, badiiy faoliyatni o‘yinning eng yuksak shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo o‘yin.
Undan inson ikki tomonlama estetik zavq oladi: o‘yinchi-sportchi va tomoshabin-tarafkash sifatida. bunda tomoshabin san’atni idrok etayotgandek sportchi bilan uyg‘unlashib, uning xatti-harakatlariga qo‘shilib ketadi, ayni paytda o‘zi sportchi emasligini, ya’ni estetik masofani his qilib turadi. Bu borada B.Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan kitobida F.Kinonning quyidagi fikrlarini keltiradi: «Teatr, – deb yozadi F.Kinon, – tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi spektakl tomoshosidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak chaladilar va yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosabatlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o‘yin» haqida gapiramiz».
Boshqa bir o‘rinda B.Lou H.Slyusherning «Sport va ekzistensiya» kitobidagi quyidagi satrlarga e’tibrni qaratadi: «Sport – toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka erisha oladi. U sportchi uchun chuqur ma’noga boy holat... sport botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni talab qiladi, – deb yozadi H.Slyusher sportchi his etadigan estetik zavq haqida»2 . San’at bilan sportning yana bir o‘xshash tomoni shundaki, har ikkalasi ham biror bir moddiy ehtiyojni qondirmaydi, bevosita maqsad emas, maqsadga muvofiqlik tarzida voqe bo‘ladi, ularning umumiy jihati, mavjudligini oqlaydigan asosiy narsa, bu – odamlarga estetik zavq berish xususiyati. Ayni paytda san’atda ham, sportda ham o‘yin ijtimoiylik kasb etmasligi mumkin emas, sportchi san’atkor kabi g‘oyaviy-mafkuraviy maylparastlik tabiatiga ega. San’atkor vatanparvarlik, millatparvarlik g‘oyalarini bilvosita – badiiy asari orqali ilgari sursa, sportchi o‘z jismoniy xatti harakatlari bilan musobaqalarda vatan bayrog‘ini ko‘tarishga, «millatni uyaltirib qo‘ymaslikka»
intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy ravishda mafkuraviy vazifani amalga oshiradi.
Demak, san’at ham, sport ham shunchaki zavq berish va o‘z iste’dodidan zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir. Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya’ni ijodkor mafkura uchun axloqiylikdan chekinsa, san’atda haqiqiy badiiy asar yaratishning iloji bo‘lmaganidek, sport musobaqasida ham g‘irromlik yo‘li bilan, «bir amallab» yutib chiqib, haqiqiy g‘alabaga erishish mumkin emas, zero, haqiqiy g‘alaba tomoshabinning bahosi bilan belgilanadi. Masalan, futbol maydonida raqibi yiqilib, o‘rnidan tura olmayotganini ko‘rgan futbolchi o‘zi qulay vaziyatda bo‘lsa ham, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuboradi, raqib o‘rnidan turib, hakam to‘pni o‘yinga kiritishga ruxsat berganida yiqilgan raqibning o‘zi yoki komandadoshi uni yana maydon tashqarisiga chiqarib, to‘p egallash navbatini ixtiyoriy tarzda raqib komandaga beradi.
Bu – har ikkala komanda o‘yinchilarining jo‘mardligini, «haqiqiy yigitlar» ekanini, ularning faqat jismoniy emas, balki axloqiy jihatdan ham etukligini ko‘rsatadi, tomoshabin hech qachon ularning birortasini to‘pni raqibiga berib qo‘ydi deb ayblamaydi, afsus chekmaydi, aksincha, xursand bo‘ladi, namoyish qilingan mardlikdan zavqlanadi. Qadimgi yunonlar san’atni «go‘zal yolg‘on» deb ataganlar, darhaqiqat, san’atkor bizga «bo‘lmaganni bo‘lgan qilib» ko‘rsatadi, bizni chiroyli aldaydi. Sportning ko‘pgina turlarida ham shunaqangi chiroyli aldovni tomosha qilib zavqlanamiz.


Download 58.43 Kb.




Download 58.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari

Download 58.43 Kb.