|
Respublika ta`lim tizimida matematika fanlarini o`qitishning uzluksizligi
|
bet | 1/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #126926 |
Bog'liq 7-mashgulot Respublika ta`lim tizimida matematika fanlarini o`qitishning uzluksizligi Reja: 4. Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligi
3. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish
2. Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matematika fanini o`qitish bo`yicha qarori
Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek singari ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan matematika fani ilm-fan va texnikaning zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, raqamli iqtisodiyot sohasida va boshqa ko‘plab sohalarda uning roli ayniqsa ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) o‘z faoliyati davrida matematika fanini rivojlantirishga, respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga sezilarli hissa qo‘shdi va matematik tadqiqotlarning jahon darajasida e’tirof etilgan markazlaridan biriga aylandi. Institutda funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra bo‘yicha ilmiy maktablar shakllandi va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Xodimlarning ilmiy tadqiqotlari besh marta O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi, 12 nafar taniqli olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga va nufuzli Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS)ga saylangan. Bonn, Kembrij, Parij, Seul, Santyago de Kompastela universitetlari va boshqa ilmiy markazlarning olimlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Institutda davlat universitetlari, maktablar va akademik litseylarda ma’ruzalar o‘qish va maxsus kurslar o‘tish, shuningdek, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish amaliyoti keng joriy etilgan. Bugungi kunda ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi 47 yoshni, ilmiy darajali ilmiy xodimlar ulushi esa 87,0 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, har tomonlama tahlillar bir qancha tizimli vazifalarni aniqladi. Ularning amalga oshirilishi Institutning ilmiy loyihalarni xatlovdan o‘tkazish, mavjud ilmiy salohiyatdan yuqori darajada foydalanish va uni rivojlantirishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishni, tadqiqotlarni joriy etish samaradorligining amaliy indikatorlari va maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan yanada aniq muvofiqlashtirishni, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini talab etadi.
|
| |