|
Respublika ta`lim tizimida matematika fanlarini o`qitishning uzluksizligi
|
bet | 5/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #126926 |
Bog'liq 7-mashgulotMAGISTRATURAGA KIRUVCHILARNING ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK ISHLARGA QOBILIYATI VA QIZIQISHINI ANIQLASH DASTURI BO’YICHA BILIM DARAJASINI ANIQLASHNING BAHOLASH MEZONLARI: I. Nazariy bilimlar darajasi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi (dasturning 1-4-bandlari bо‘yicha): 1. 8,6-10 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar – tadqiqot jarayonida qо‘yilgan muammolar yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish; fanning metodologik asoslari, fanning predmeti, tadqiqot obyekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida ijodiy fikrlay olishi; fanning tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qо‘llash borasida mustaqil mushohada yurita olishi; mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qо‘llay olish malakasiga ega bol`ishi; fanning masalalari yuzasidan о‘z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini tushuna olishi; о‘zlashtirgan bilimlarini atroflicha tushunish va bilish, mavjud bilimlariga asosan о‘z fikrlarini aytib berish va tushuntirib bera olishi; mavjud bilimlari asosida fanining metodologik asoslari haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishi: fan bо‘yicha tо‘laqonli ilmiy tadqiqot malakasining mavjudligi; zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida tо‘liq tushunchaga ega bo`lishi talab qilinadi. 2. 7,1-8,5 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar – tadqiqot jarayonida qо‘yilgan muammolar yuzasidan xulosa qila olishi; fanning metodologik asoslari, tarix fanining predmeti, tadqiqot ob’yekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida tushunchaga ega bo`lishi; fanning tadqiqot metodlari va falsafiy yondashuvlarning turli jihatlarni aniq misollarda asoslay olishi; mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qо‘llay olishi; mavjud bilimlari asosida fanning taraqqiy etish istiqbollari haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishi; fan bо‘yicha ilmiy tadqiqotchilik ko`nikmalarining shakllanganligi; zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida qisman tushunchaga ega bo`lishi talab qilinadi.
|
| |