Respublika ta`lim tizimida matematika fanlarini o`qitishning uzluksizligi




Download 0,73 Mb.
bet6/6
Sana22.12.2023
Hajmi0,73 Mb.
#126926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mashgulot

3. 5,5-7,0 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar tayyorgarligi– qо‘yilgan muammolar yuzasidan o`zaro tizimli bo`lmagan xulosalar qabul qilish; fanning predmeti, tadqiqot ob’yekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida fikrlay olish; fanning tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qо‘llash borasida tushunchaga ega bo`lish; fanning masalalari yuzasidan о‘z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini yetarlicha bayon eta olmaslik darajasida bo`lganida beriladi; 4. Dastur talablariga javob beradigan darajada tayyorgarlikka ega bо‘lmagan, fan sohasiga oid bilimlari izchil tizimlashmagan va talablarning ayrim qismlarini nisbatan о‘zlashtirgan magistraturaga kiruvchilar 0 – 5,4 ball oralig‘ida baholanishi mumkin;

II. Ilmiy faoliyat va ularning natijalari quyidagi mezonlar asosida belgilanadi (dasturning 5-bandi bо‘yicha): Belgilangan ball - 10 ball Jami maximal ball:

Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir.

Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bo‘lib, u o‘zida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni o‘qitish usullarini mukammal egallashni talab etadi


Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublika ta`lim tizimida matematika fanlarini o`qitishning uzluksizligi

Download 0,73 Mb.