|
Respublika ta`lim tizimida matematika fanlarini o`qitishning uzluksizligi
|
bet | 2/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #126926 |
Bog'liq 7-mashgulot Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirish, fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini ta’minlash, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning integratsiyasini mustahkamlash, jahonning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida: 1. Institut jamoasining matematika fanini rivojlantirishga, ilm-fan va ta’limning integratsiyasini mustahkamlashga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga va Vatanimiz matematika maktablarining yutuqlarini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyati qo‘llab-quvvatlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika fanini rivojlantirish va Institut faoliyatini takomillashtirishning quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli dasturini (keyingi o‘rinlarda – Maqsadli dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: • ilm-fanning turdosh sohalarida va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanish, shuningdek, Institutning muayyan ilmiy yo‘nalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish. • Matematika sohasida jahon ilmiy markazlari, shu jumladan, MDH, Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlarining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil etish. Moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targib etishni talab etadi; o’rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bogliq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi, fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi bo’lib hisoblanadi. Matematika o’qitish uslubiyati fani "matematika pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganadi. Matematika o’qitish uslubiyati fani avvalo o’zaro bir-biriga boglik to’rtta savolga javob berishi lozim.
|
| |