• I Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………………21 II Bob. Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari.
  • II Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………………..60 III Bob
  • III Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………………65
  • Mavzu: Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar Mundarija Kirish i-bob. Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar ilmiy-nazariy adabiyotlar




    Download 120,16 Kb.
    bet1/14
    Sana25.01.2024
    Hajmi120,16 Kb.
    #145695
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Asadova D kurs ishi tayyor


    Mavzu: Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar
    Mundarija
    Kirish…………………………………………………………………………………………2
    I-Bob. Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar ilmiy-nazariy adabiyotlar taxlili
    1.1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI “ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1-ilovasi……………………………………………………………………………………9
    1.2. Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar toifalari va ular bilan ishlashda kerakli tushunchalar…………………………………………………………………………………18
    I Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………………21
    II Bob. Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari.
    2.1. Alohida yordamga muhtoj bolalar integratsiyasi………………………………………22
    2.2. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar , aqliy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, ulardagi nuqson darajalari, ta’rifi…………………….………..27
    2.3. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar…………………………………………….....41
    2.4. Nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar va nutq nuqsonlari haqida tushuncha, ularning kеlib chiqish sabablari. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari…………………………………………………………………………………….....46
    II Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………………..60
    III Bob. O’zbakistonda alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida rivojlanishini shakllantirish yo’llari.
    3.1. O‘zbekistonda alohida talimga muhtoj bo‘lganlarga yordam tashkil etish……….…61
    III Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………………65
    Xulosa……………………………………………………………………………………….66
    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………………….......68
    KIRISH
    Bugungi unda yurtimizda mustaqil taraqqiyotning rivojlanishi yo’lida ko’plab yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan mamlakatimiz farovonligi uchun olib borayotgan say-harakatlari davlatimizni sanoatini rivojlantirish bilan birgalikda yurtimizni farovon va dunyo bilan integratsiyalashgan hududga aylanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizdagi jamiyki sohalariga, xususan, davlatimiz iqtisodiyotiga, ijtimoiy sohalariga, sog’liqni saqlash sohasiga, savodhonlikga katta e’tibor qaratilmoqda. Yuqoridagi ta’kidlab o’tilgan sohalar qatorida maktabgacha ta’lim sohasi ham jadal rivojlanish bosqichidadir.
    Barchamizga ma’lum-ki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahklamasining 2021-yilning 20-may kunida tasdiqlangan 320-sonli O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim sohalariga, shu jumladan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” gi qaroriga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risidagi qarori asosida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olish ishlari olib borilmoqda. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririga 2021-yilning 19-may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv, ya’ni uygʻunlashgan taʼlim tushunchasi kiritgan. Ushbu qonun 2020-yilning 13-oktabridagi «Alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha qiyosiy tahlil ishlari oʻtkazilgan va ushbu qonunning 20-moddadasida har tamonlama nuqsonlari, xususan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va ruhiy tomonlama nuqsonlari alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va maktablarda inklyuziv taʼlimni tashkil etish bo’yicha qator chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yilgan. Bu qonun albatta-ki alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan, ya’ni salomatligida jismoniy, sezgi organlarida va yengil ruhiy, hamda aqliy nuqsoni bo’lgan va “Nogironligi bor shaxs” sifatida e’tirof etiluvchi bolalarning har tomonlama sog’lom bolalar bilan teng huquqga ega ekanligini himoya qiluvchi hujjat sifatida ham qo’llaniladi desak mubolag’a qilmaydi. Sababi, inklyuziv ta’lim-bu alohida ta’lim-tarbiyaga ehtiyoji bo’lgan bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun birgalikdagi teng bilim olish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda UNICEF Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim-tarbiya tizimiga inklyuziv taʼlimni kiritish va uni faollashtirish bo’yicha samarali say-harakatlar bilan shugʻullanmoqda. Inklyuziv taʼlimning vazifasi bolalarning bilim olish va boshqa qobiliyatlaridan va salomatlik borasidagi holatidan tashqari barchaga sifatli va to’liq taʼlim-tarbiya bilan taminlashdir. Shu jumladan, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olish jarayonining samarasi, hamda har tomonlama rivojlanishiga, jamiatda ijtimoiylashuv jarayonlarining osonlik bilan kechishiga erishish uchun avvalo bolalar oilaviy muhitda yashashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga bolalar oʻz tengdoshlari bilan birga oddiy davlat yoki xususiy maktablarda tarbiyalanishlari va bilim olishlari ularni har tomonlama rivojlantirish va huquqlarini himoya qilish maqsadlariga muvofiqdir. Inklyuziv taʼlim tizimi nogiron bolaning o’z yashash hududida joylashgan umumta`lim turudagi maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablarda taʼlim olishda, tengdoshlari kabi turli qobiliyatlarini, iste’dodlarini rivojlantirishda, jamiatda moslashish jarayonida qiynalayotgan boʻlsa, savodxonlikni oʻrganish uchun maxsus yordam olishi, hamda hayotda orttirilgan nuqsonlar tufayli darslardan qolgan bolalarga esa maktabga qaytish uchun kerakli yordam taqdim etilishini kafolatlaydi. 2020–2025 yillarga rejalashtirilgan хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari faoliyati sifatini yanada yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilangan:
    ✓ alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
    ✓ alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    ✓ alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;
    ✓ alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar. Ta’lim to’g’risidagi qonun bilan birgalikda Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida, ya’ni maktablarda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Unda quyidagilar keltirilgan:


    • inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari; • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
    • oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
    • inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.
    Yuqorida qayd etilganlar asosida bugungi kunda ko’plab maktablarda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sinflar va guruhlar inklyuziv ta’lim tizimiga o’tkazilmoqda va bu dunyo miqyosidagi dolzarb mavzulardan biridir. Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalar sog’lom bolalar orasiga qo’shilmoqda va tengdoshlari bilan teng huquqga ega ekanliklarini his qilmoqdalar. Lekin ming afsuski inklyuziv ta’lim mohiyatini tushunmagan ko’plab ota-onalar o’z farzandlarini salomatligida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olishlarini inkor etmoqdalar, hamda ularning fikricha inklyuziv ta’lim farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkun. Shu kabi tanqidiy fikrlarga barham berish uchun biz “inklyuziya” atamasini va uning mohiyatini aholiga tushuntirish chorasini ko’rishimiz maqsadga muvofiqdir. Agar aholiga ushbu inklyuziv ta’lim to’g’risida yetarlicha va to’g’ri ma’lumot yetkazib bera olsak, biz bolalar salomatligini muhofaza qilishga ilk qadamni qo’ygan bo’lamiz. Buni esa turli yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, hozirgi texnika taraqqiyoti asrida yurtimizdagi aholining deyarli barchasi uyali aloqa apparatidan, shu bilan birga internetdan ham foydalanib kelmoqda, biz ham shunga ko’ra inklyuziv ta’lim to’g’risida avvalo internet sahifalarida to’g’ri va tushunarli ma’lumot berishimiz lozim. Kerak bo’lsa Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim vazirligi tomonidan sms ko’rinishida habarnoma tarqatish darkor. Turli multimediya vositalari orqali alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarga nisbatan insonparvarlik tuyg’usini uyg’otuvchi video-roliklar tayyorlab, hozirgi kunda ommaviy dolzarbligi ortib borayotgan telekanallar orqali aholiga taqdim etsak nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Sababi, statistik ma’lumotlarga tayanib shuni aytish lozim-ki, bugungi taraqqiyot davrida insonlarga og’zaki yoki ko’rgazmali materiallar bo’lmish brashuralardan ko’ra, televizor, uyali aloqa apparatlari orqali taqdim etilgan ma’lumotlar insonlarda to’g’ri tushuncha hosil qilishi va ma’naviy-ma’daniy ta’siri darajasi yuqoriroq. Aholi o’rtasida targ’ibot ishlari olib borilishi bilan birga, inklyuziv ta’limni olib borish tizimini ham ko’rib chiqish lozim. Bugungi kunda har bir alohida ehtiyojga ega bola uchun maxsus tyutorlar yollanmoqda. Tyutorlar albatta alohida ehtiyoji bo’lgan bolalarning tibbiy xulosasidan kelib chiqib tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Misol uchun nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun tyutor logopeddefektolog bo’lishi, zaif ko’ruvchilar uchun esa tiflopedagog tyutorlik vazifasini bajarishi kerak. Shu bilan birgalikga maktablarda sinf o’qituvchisi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarni maxsus pedagogikaning barcha sohalari bo’yicha malakalarini oshirish, hamda sog’lig’ida nuqsoni bor bolalarga ta’lim va tarbiya metodologiyasi bo’yicha yetarlicha bilim va ko’nikmalari bilan ta’minlasak, biz pedagog va tyutor o’rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlagan bo’lamiz.
    Buning uchun esa maxsus inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish doirasida “Malaka oshirish markazi”ni tashkil qilish birinchi ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan masalalardan biridir. Agar pedagog va tarbiyachi bolaning nuqsoniga mos keladigan o’quv-tarbiya metodlaridan habardor bo’lmasa, natija ham bo’lmasligi aniq. Agar o’qituvchi, tarbiyachi ushbu maxsus pedagogik metodlarni o’qib, o’rganganidan so’ng alohida ta’limga ehtiyoji bor bola bilan shug’ullansa, bu birinchi navbatda ta’lim-tarbiyaviy jarayonga to’g’ri yondashuv bo’ladi. buning natijasi ham pedagogning kompitentligidan kelib chiqgan holda yuqori bo’lishi barchamizga ayondir. Aynan to’g’ri yondashuv bilan bola sog’lig’ining tiklanishi ko’zda tutilgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, yurtimizda ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirish maqsadida turli yechimdagi chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatori inklyuziv ta’limni tashkil qilish masalalari ham ko’rib chiqilmoqda. Lekin yetarli darajada e’tiborni qaratish kerakligini ham ta’kidlash joiz. Sog’lom avlod yurtimiz kelajagi bo’lganidek, sog’lig’ida nuqsoni bo’lgan bolalar ham kelajakda o’z o’rniga ega bo’lishi, jamiyatda ijtimoiylashuvi ham yurtimizni kelajagiga ta’sir qilmay qolmaydi.
    Aynan shu alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar kelajakda yurtimiz bayrog’ini yanada baland cho’qqiga ko’tarishi mumkinligini ham tafakkur qilishimiz kerak. Ularda ham sog’lom tengdoshlari kabi ta’lim-tarbiya olish huquqi mavjuddir. Shuning uchun ham biz inklyuziv ta’limni to’g’ri tashkil etib, samarali faoliyat yuritilishini ta’minlashimiz bizning vatanimiz, hamda bolalar kelajagi oldidagi burchlarimizdan biridir. Hamyurtlarimizdan ham shuni so’ragan bo’lardikki, ushbu alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarga nisbatan insonparvarlik va mehr-shavqat kabi his-tuyg’ular bilan yondashgan holda inklyuziv ta’limni to’g’ri qabul qilshlari va uni tashkiliy masalalarida o’z fikr-mulohazalarini bildirishlari inklyuziv ta’limni samarali faoliyati uchun faqat va faqat foydali bo’ladi. Shu qatorida maktablarda o’qituvchi, hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarni maxsus pedagogik bilimlarini oshirish, ularga hozirgi kunda ko’plab mamlakatlarda inklyuziv ta’limda qo’llanilayotgan usul va uslublardan, turli interaktiv va innovatsion metodlardan to’g’ri foydalanish malaka va ko’nikmalarini o’rgatish, yollanayotgan tyutorlar bilan o’zaro hamkorliklarini mustahkamlaydi va bu avvalo bolaning rivojlanishiga juda katta samarali ta’sir qiluvchi omillar sirasiga kiradi. Buning uchun esa albatta “maxsus pedagogik malaka oshirish markazi” tashkil etilishi va u yerda inkyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilishigina tizimni to’g’ri va samarali faoliyatga undagan holda yo’lga qo’yilishi zarur. Shundagina biz to’g’ri yo’lda bo’lamiz va shundagina bolalarni har tamonlama rivojlanishini va jamiyatimizda ijtimoiylashuvini ta’minlagan bo’lamiz!



    Download 120,16 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 120,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar Mundarija Kirish i-bob. Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim jarayonida interfaol texnologiyalar ilmiy-nazariy adabiyotlar

    Download 120,16 Kb.