4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
7. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
inklyuziv ta’lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;
inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;
o‘quvchilar ta’limiy ehtiyojlarning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;
inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida umumta’lim muassasalarida bilim olishi ta’minlanadi;
pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;
inklyuziv ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi ta’minlanadi;
inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi.
1.2.Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar toifalari va ular bilan ishlashda kerakli tushunchalar.
Alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashda interfaol usullardan foydalanish hissiy jihatdan boy muhitni, ijtimoiy muloqotni va ota-onalar va mutaxassislar bilan hamkorlikni targ'ib qilish bilan birga o'rganish va faollikni oshirishi mumkin. Biroq, har bir bolaning ehtiyojlari o'ziga xosdir, shuning uchun interfaol usullarni ishlab chiqishda bolani, uning qobiliyatlari va qiyinchiliklarini har tomonlama tushunish juda muhimdir.
Interfaol usullar bolalar harakat va tajriba orqali o'rganishi mumkin bo'lgan muhitni yaratadigan aloqa vositalari, imo-ishoralar va harakatlardan foydalanishni anglatadi. Ushbu usullar psixologiya, ta'lim va sog'liqni saqlash kabi sohalarda terapiya yoki o'quv dasturlarining bir qismi sifatida qo'llaniladi. Alohida ehtiyojli bolalar sharoitida interfaol usullar ayniqsa muhimdir. Ular bolalarga innovatsion va ijodiy usullarda muloqot qilish, o'rganish va atrof-muhit bilan o'zaro munosabatda bo'lish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ushbu yondashuvlar bolaning o'quv jarayonidagi ishtirokini ta'kidlaydi va mustaqillik va o'ziga ishonchni rivojlantiradi.
Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash samarali o'qitish strategiyalarini talab qiladi va interfaol usullar bunday bolalarga foyda keltirishi isbotlangan. Interfaol o'qitish usullari faollikni oshirish, amaliy ta'limni rivojlantirish, muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rag'batlantirish, alohida ehtiyojli bolalarda ishonch va o'zini o'zi qadrlashni kuchaytirishi aniqlandi. Maxsus ehtiyoji bo'lgan bolalar bilan ishlashda samarali bo'lgan interfaol ta'lim strategiyalaridan biri texnologiyadan foydalanishdir.
Interfaol doska kabi texnologiyalar o‘quvchilarning darslarda yaxshiroq ishtirok etishiga va ma’lumotlarni saqlab qolishiga yordam beradi. Misol uchun, o'yinlar va boshqa interaktiv tadbirlardan foydalanish muammoni hal qilish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Maxsus ehtiyoji bo'lgan bolalar bilan ishlashda samarali bo'lgan yana bir interfaol usul - bu harakatni darslarga kiritish. Harakat bolalarga diqqatni jamlashga va o'rganishni yaxshilashga yordam beradi, bu DEHB va konsentratsiyani qiyinlashtiradigan boshqa kasalliklarga chalingan bolalar uchun zarurdir. Harakatni o'z ichiga olish misollari mashg'ulotlar orasidagi oddiy mashqlardan tortib, kengroq harakatga asoslangan harakatlargacha bo'lishi mumkin. Alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ham samarali interfaol usul bo‘lishi mumkin.
Ko‘rgazmali qo‘llanmalar bolalarning nogironligi, jumladan autizm, sensorli qayta ishlash buzilishlari, nutq va til buzilishlari tufayli qiyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan murakkab tushuncha va mavzularni tushunishga yordam berish uchun ishlatilishi mumkin. Ko‘rgazmali qurollarga misol qilib ma’lumotlarni uzatishda rasm, diagramma va videolardan foydalanish kiradi. Bundan tashqari, interfaol o'qitish usullari alohida ehtiyojli bolalarda yaxshiroq muloqot va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, tengdoshlarni o'rganish va kichik guruhlardagi mashg'ulotlar alohida ehtiyojli bolalarga boshqa bolalar bilan muloqot qilish va ijtimoiy ko'nikmalarni yaxshilashga yordam beradi. Hamkorlik va muammolarni hal qilishni o'z ichiga olgan guruh faoliyati, shuningdek, jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga, hamdardlikni rivojlantirishga va sinfda muloqot va ijtimoiy ko'nikmalarni yaxshilashga yordam beradi.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko`radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og`riq, issiq, hid va ta`mni xis etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya`ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.
Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko`rish va ko`zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, kuzi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi.
Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko`rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning uz vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi.
Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Bola nutqining uz vaqtida va tug`ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta`sir kursatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar suzlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko`rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo`layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo`lgan munosabati — bularning hammasi bola ma`naviy qiyofasining shakllanishiga ta`sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, hoh tug`ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo`lgan ma`lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya`ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida aloxida yordamga muxtoj - anomal bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo`lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar`, kech kar bo`lib qolgan bolalar);
2) ko`rish qobiliyati zaif (kur, zaif ko`ruvchi bolalar);
3) oligofren (debil, imbetsil, idiot bolalar);
4) og`ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a`zolarida kamchiliklari bulgan bolalar;
6) ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
7) kompleks nuqsonli kur-kar-soqov bolalar;
Anomal bolalar soglom tengdoshlari orasida inklyuziv ta`limda yoki maxsus ta`lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o`qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta`sir etgan nuqsonlargina uni anomal bola deb hisoblashga asos bo`lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog`i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta`sir etmaydigan, u umumiy maktab sog`lom tengdoshlari katori uzlashtiradigan bulsa, u anomal bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma`lum sabablarga ko`ra paydo bo`lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta`sir etmasa, bu kishini anomal deb hisoblash mumkin emas.
Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og`ir, keskin o`zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya`ni ular maxsus bog`cha va maktablarda yoki me`yorda rivojlangan tengdoshlari orasida xamma qatori va agarda kerak bo`lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o`qitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular aloxida yordamga muhtoj.
Har qanday anomal rivojlanish markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o`zgarishlarga aloqador bo`lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, notug`ri tarbiya, ta`lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o`qituvchining bolaga noto`g`ri munosabati va boshqa kupgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta`sir kursatib, uning dastur materiallarini yaxshi uzlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo`shilib qolishiga sabab buladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani anomal bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bulmasin biror organik yoki funksional patologik o`zgarishlarga bog`liq bo`lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan. Tarbiyachi va o`qituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo`lishlari kerak. Kelib chiqish sabablariga ko`ra har qanday anomal rivojlanish tug`ma yoki turmushda orttirilgan bo`lishi mumkin.
Tug`ma anomaliyalar ko`p jihatdan xomilador onaning sog`lig`i va yashash sharoitiga bog`liq. Ona qornidagi xomilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta`sir etishi mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og`rishi, o`zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste`mol qilishi, bolaning anomal bo`lib tug`ilishiga sabab bo`lishi |mumkin.
Tug`ma anomaliyalar genetik, ya`ni irsiy omillar ta`siriga ham bog`liq bo`lishi mumkin. Masalan eshitish, ko`rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaifliklrning nasldan bolaga o`tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun kasalligi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar). Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning anomal bo`lib tug`ilishiga olib kelishi mumkin.
Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug`ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta`sir etishi natijasida vujudga keladi. To`g`ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning tug`ruq yo`llaridan uzoq o`tishi, vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi o`ralib, bo`g`ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar,ba`zan uning anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og`rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab bo`lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yuzasidan ko`pgina choralar ko`rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O`zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o`lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida anomal bo`lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning anomal bo`lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.
|