O‘quvchilar va ota
-
onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni hal etishda Ijodkorlik pedagogikasi
imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar
. Ijodkorlik pedagogika
imkoniyatlaridan foydalangan holda ota-
onalar va o‘quvchilar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf
etish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo‘lib turganligini ta’kidlab o‘tish lozim:
A)
o‘quvchilar va
ota-onalar
o‘rtasidagi
pedagogik
konfliktlarni
bartaraf etish
bo‘yicha Ijodiy
metodikani ishlab
chiqish;
B)Ijodkorlik
metodikasidan
foydalangan holda
o‘quvchilar va ota
-
onalar o‘rtasidagi
pedagogik
konfliktlarni
bartaraf etish
metodologiyasi
bilan bo‘lajak
o‘qituvchilarni oliy
pedagogik ta’lim
jarayonida chuqur
qurollantirish;
v) bo‘lajak
o‘qituvchilarni oliy
pedagogik ta’lim
jarayonida
Ijodkorlik
pedagogikasidan
foydalanish
bo‘yicha kasbiy
bilim, kasbiy
ko‘nikma va kasbiy
malakalarini tarkib
toptirish;
g) Ijodkorlik
pedagogikasi
asoslari va undan
pedagogik
konfliktlarni
bartaraf etish
metodikasi
masalalari bo‘yicha
ilmiy tadqiqot
ishlarini muntazam
amalga oshirib
borish.
3.Pedagogik konfliktlarni oldini olishda muomala
madaniyati va muloqot qoidalarining ahamiyati xususida.
Milliy mentalitetimizda muomala madaniyati asosan o‘zaro hurmat asosida
“Assalomu alaykum. Va alaykum assalom” dan boshlanadi. Ana shu so‘zlar
orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, bir-birlari bilan tanishadi va
o‘z muammolari, ehtiyojlarini qondirib, muammolarini ham hal qilishlari
mumkin. Bu so‘zlarni kishi tomonidan yoqimli va beg‘araz ifoda etilishi
suhbatdoshining ham kayfiyatini ko‘tarib, murojaat qilayotgan insonga nisbatan
mehrini oshiradi. Shuning uchun ham xalqimizda “Salom qanday bo‘lsa, alik
ham shunday”, degan naql bor. Salomlashish odobiga rioya qilish, suhbatdoshga
nisbatan iliq va do‘stona munosabatda bo‘lish kishilar ko‘nglidagi ko‘pgina
ilmoqli tugunlarni yechish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni
barkamol shaxslar sifatida shakllantirish
muammosi har doim ham, har qanday jamiyatning
asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda Oliy
ta’lim muassasalarida “Pedagogik
konfliktologiya” fanini o‘qitishdan maqsad asosan
o‘quv jarayoni sharoitida turli shakl va turdagi
nizolarning oldini olish orqali ta’lim
samaradorligiga erishish, pedagogik va
o‘quvchilar jamoasida do‘stona ruhiy
barqarorlikni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Ushbu
maqsadlarga erishishning zaminida o‘zaro
muomala madaniyati va muloqot qoidalari yotadi.
Shaxs ma’naviyatining uzviy bir bo‘lagi muomala
madaniyati bo‘lsa, xulq-atvor, odob-axloq, nutqiy
faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi.
Asrlar osha har bir xalqqa xos bo‘lgan, milliy-
ma’naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga
aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi
barchasi kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy.
Munosabat, shubhasizki, shaxsning muomala madaniyatidan
kelib chiqadi. Bu esa barkamollik belgisi bo‘lgan ta’lim va
tarbiyaga, ma’naviyat va ma’rifatga borib bog‘lanadi. Aqlan,
ruhan va jismonan sog‘lom avlodgina yurtning porloq
kelajagidir. Qushning parvozini qo‘sh qanotisiz tasavvur qilish
mumkin bo‘lmaganidek, insonning iqboli va yurt istiqbolini
ham ta’lim-tarbiya va ma’naviyat-ma’rifatsiz tushunish, idrok
etish mushkul.
Allomalarimizning e’tirof etishlaricha, mulk sohibi bo‘lishdan
ko‘ra, ko‘ngil sohibi bo‘lish sharofati haqida mumtoz adabiy
merosimizda ibratomiz fikrlar bisyor. Inson dilini ovlash, unga
mehr berish, samimiy tilaklar izhor etish ilinji sharq adabiyotida
juda sharaflanib, ta’riflangan. Sababi, dunyoda bir ilm borki, bu
adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Bu insonshunoslikdir.
Ushbu ilmning ibtidosi esa inson diliga yo‘l izlashdir. Ilmu fan
ham, ma’naviy madaniyat va san’at ham shu haqda bosh qotirib
kelgan. Bu esa komil inson konsepsiyasidir.
Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”
asarida odamzot tabiatidagi maqbul va nomaqbul xislatlarni qayd eta
turib, insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytarguvchi
ilm bu axloq ekanini ta’kidlaydi. “Inson ikki narsadan murakkabdur.
Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko‘z ila bor narsalarni ko‘rur.
Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur.
Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo
yomon bo‘ladur. Ammo nafsning surati ko‘zga ko‘rinmaydurgan, aql
ila o‘lchanadurgan bir narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi
yoshligida nafsi buzulub, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, bunday
kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmak
kabidur.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda har bir mutaxassis o'z kasbini
mukamal darajada bilishi va seva olishi lozimdir. Xulosa
o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda institut
auditoriyalarida tahsil olayotgan talabalar – Yangi
O‘zbekistonning bo‘lajak o‘qituvchilari mashg‘ulotlarda
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari orqali o‘quvchi-
yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdyek jamiyat
buyurtmasini muvaffaqiyatli hal eta olishlariga ishonamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“O‘zbekiston-2030” strategiyasi. //
www.ziyonet.uz
.
2.Umarova Z. Boshlang‘ich ta’limda konfliktologiya. Darslik. –
Toshkent, 2023.
3.Основы творческой педагогики. //
www.pedagog.ru.
4.To’ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi.
Manual.T.2003.
5.To’ychieva G.U. Yoshlar va konfliktlar yechimiga o’rganish. T.2008.
|