Reja uchinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va maqsadi. Uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari




Download 58,77 Kb.
bet2/3
Sana07.12.2023
Hajmi58,77 Kb.
#113134
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu umumtalim

Uchinchi sinf o’quvchilari nafasni to’g’ri olib, jumlani oxiriga yetkazishga asta – sekin o’rganib borishlari kerak. Ikki ovozli asarlarning eng oddiysini kuylay oladigan bo’lishlari kerak. Ikki ovozli kuylashga erishish uchun avvalo sof intonasiyaga erishish kerak, bunga ovoz sozlash jarayonida erishiladi. Oldin tersiya kengligida mashqlarni kuylash, so’ngra bir ikki takt kanon shaklida mashqlar kuylash orqali o’quvchilarni musiqiy uquvi rivojlanib, eshitish qobiliyatlari o’sib boradi.

Asta – sekin ikki ovozda asarlarni kuylash o’quvchilarni qiziqishini oshirib boradi. Kompozitor S.Boboyev va shoir P. Mo’minning “Dastyor qiz” qo’shig’i kompozitor N.Norxo’jayev va shoir P.Mo’minning “Oltin paxtam oppog’im”, “Keng Turkiston” kabi qo’shiqlari misol bo’la oladi.

O’quvchilarning musiqa haqida bilim doirasini kengaytirishda va musiqa qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa tinglash muhim rol o’ynaydi.

Har bir darsda asar xarakteri, mazmuni va ifoda vositalarini aniqlashda bolalarga mustaqil fikr bayon etish uchun imkoniyat bermoq lozim. Jumladan “Yomg’irjon” asarida (D.Omonullayev musiqasi) tembr, dinamika, o’lchov, kontrast asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Kompozitor Sh.Yormatovning “G’ildiragim”, kompozitor A.Mansurovning “Qo’zichog’im o’yinchoq”, kompozitor T.Azimovning “Durdona” asarlarida kuy va jumlalarni o’zgartirmay takrorlanishi “Rondo” ekanligini o’quvchilar tezda anglab oladilar. Endi musiqaning rivojlanishidagi kuyning qaytarilishida uning o’zgarishi, o’zgarganda ham yangi xarakter kasb etib, o’ynoqi va murakkab ritm va chaqqon temp etilishi – kontrast deyiladi

Kontrastga misol qilib kompozitor F.Nazarovning “Qo’shiq va raqs” o’zbek xalq kuyi “Paxta raqsi” kompozitor A.Mansurovning “Chumoli va Nor”, kompozitor S. Abramovaning “Buvijonim kelyapti” asarlarini keltirish mumkin. Asarni ikkinchi uchinchi dars davomida tinglagach, hayotdagi voqelikni, murakkab voqelikni, musiqa ohanglarini tasvirlab olishini ko’ramiz. Shu bilan birga uchinchi sinf o’quvchilari musiqiy ritmik harakatlarni aniq bajara olishlari, kuylayotgan qo’shiqlarini jozibali, quvnoq, yoqimli, sof intonasiyada kuylashga harakat qilishlari lozim.


Download 58,77 Kb.
1   2   3




Download 58,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja uchinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va maqsadi. Uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari

Download 58,77 Kb.