• O‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolash.
  • Nekrozlangan ichak rezeksiyasidan keyingi tiklanish boskichi.
  • Amaliyotdan namunalar
  • Demonstratsiya materialari.
  • ADABIYOTLAR
  • II. Qo‘shimcha
  • Ichak parezi va funksional tutilib kolishini (falajlik) patogenetik davolash




    Download 2,6 Mb.
    bet2/14
    Sana25.03.2017
    Hajmi2,6 Mb.
    #2205
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

    Ichak parezi va funksional tutilib kolishini (falajlik) patogenetik davolash. Ichakning dinamik parali­tik tutilib kolishi korin bo‘shligining xar xil xirurgik patologiyasida, intoksikatsiyada, operatsiyadan keyin va shu kabilarda uchraydi.

    2-3 kun davom kiladigan ichak parezi laparotomiya bilan birga o‘tadi va operatsiyadan keyingi davr kulay kechganda o‘zicha barxam topadi. Parez va ichak funksional tutilib kolishining ogir formalari metabolik bo‘zilishlar, ayniksa kaliy ionlari tankisligi, simpatikotoniya sababli; buyrak usti bezlari pustlok moddasi gormonlari yetishmasligi, ichak tutkich kon aylanishi buzilishi, organlar ichidagi tomirlar va ichak tutkich terminal venalari trombozi, peritonit va boshkalar sababli kelib chikkan.

    Ichak mexanik tutilishini xatto ilk davrda operatsiya kilish ichak xarakat aktivligi buzilishlarini darxol bartaraf etmay, balki avvaliga parez manzarasini kuchaytiradi.

    Peridural anesteziya ichak parezida uning motorikasiga ragbatlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Peridural bo‘shlikka xar 4 soatda 10 ml 2,5% li trimekain eritmasi yuborish ichak xarakat funksiyasini faollashtiradi. Peridural anesteziyani ichakning funksional tutilib kolishi barxam topguncha, ya'ni 3-5 sutkagacha ko‘llaniщda yaxshi natijaga erishiladi.

    Peridural anesteziya bilan elektr stimulyasiyani birga olib borish, shuningdek simpatolitik vositalar ko‘llanish (zobarin, guanidin, ornil) ichak peristaltikasini ragbatlantirishning ta'sirchan usullari xisoblanadi.

    Davom ettirilgan peridural anesteziya xizmati yaxshi yo‘lga ko‘yilgan bo‘limlarda elektr stimulyasiya bilan birga ichakning, funksional tutilishini profilaktika kilish va davolash uchun ko‘llanish tavsiya kilinadi. Simpato­litik vositalarni esa oddiy va xammaga ma'lum bo‘lganidan funksional ichak tutilishida xamma joyda ko‘lla­nish mumkin.



    O‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolash.

    Ichak tutilganda yoki unga shubxa kilinganda zarur tadbirlardan biri korin bo‘shligining xamma organlariga kiriladigan yo‘lni vujudga keltirish xisoblanadi. Buni avvalo miorelaksantlardan foydalanib o‘tkaziladigan endotraxeal narkoz bilan ta'minlanadi.

    Bemorning ichagi bitishmadan tutilib kolganda xirurg navbatdagi operatsiya kilinishidan kiyin axvolda koladi. Shunga o‘xshash xar bir xolda masala individual xal kilinadi, birok xar kanday yo‘l orkali kirishda odatda o‘zaro va parietal korin pardasi bilan yopishgan ichak kovuzlogini katta masofada ozod kilishga to‘gri kelishini unutmaslik kerak. Shuning uchun eski chandik bo‘yicha uni kesib o‘rta yo‘l bo‘ylab kirishdan foydalanish kerak. Bunda eng muximi ozod korin bo‘shligiga kirish vaktida ichak kovuzlogini jaroxatlab ko‘ymaslik xisoblanadi.

    Laparotomiya bajarilgandan keyin korin bo‘shligi taftish kilinadi. Strangulyasion tutilib kolishda xazm trakti birin-ketin taftish kilishning xojati yo‘k. To‘sikdan pastda ichak puchaygan xolatda bo‘ladi.

    Kasallik manzarasi tutilib kolishning turi, paydo bo‘lgan vakti, ilgari boshdan kechirilgan operatsiyalar yoki peritonitdan keyin bitishma jarayonining yuzaga chikkanligi darajasiga boglik xolda birmuncha fark kiladi.

    Agar diagnostik xato tufayli laparotomiya ichak funk­sional tutilishining boshlangich boskichida o‘tkazilgan bo‘lsa, operatsiyaning fakat diagnostik kismi bilan chegaralanib kolish mumkin emas. Bunday operatsiyadan keyin bemorlarning axvoli operatsiyadan keyingi parez xisobiga xamisha yomonlashadi. Parezga karshi ko‘rashish va funksi­onal tutilib kolishni profilaktika kilish maksadida shu sharoitda nazariy asoslangan muolaja ichakni dekompres­siya kilinadi. Ichak tutkichga 100 ml gacha 0,25% li novo­kain eritmasini yuborish peristaltikaning tiklanishiga yordam beradi.

    Ichakning o‘tkir tutilib kolishida operatsiya xajmi kuyidagicha bo‘ladi:

    1) ichak tutilishini tiklash va tutilib kolishga bevosita olib kelgan sababni imkon boricha bartaraf etish;

    2) ichakni dimlangan suyuklikdan xoli kilish va opera­siyadan keyingi davrda uning bemalol okib ketishini ta'minlash – nazoenteral dekompressiiya;

    3) korin bushligini sanatsiya va drenaj kilish.

    Shunday kilib, eng muximi ichak bo‘ylab passajni tiklash lozim. Birok bu tutilib kolishni keltirib chikargan sababni tugatish degan ma'noni bildirmaydi. Tabiiyki, tutilib kolishni tiklash uchun to‘sikni bartaraf etish eng ma'kul variantdir. Birok bu shartni bajarish bemor axvolining ogir-yengilligiga to‘lik boglik. Xar kanday operatsiyaning asosida radikallik yo‘lida bemorga ziyon yetkazmaslik yotishi kerak. Shuning uchun tegishli operatsiya xajmini tanlash uchun xirurg bemor axvoliga ob'ektiv baxo berishi lozim. Shubxasiz, ko‘pgina sharoitlarda xirurg, odatda, ichak rezeksiyasini kilib tutilib kolish sababini bartaraf etishga majbur. Birok operatsiyaning keyingi - tiklanish boskichini bemor axvolining ogir-yengilligi bi­lan takkoslashi va birlamchi anastomoz ko‘yishi yoki ileostomani bajarishi kerak xolos. Bemorning axvoli nechoglik ogir bo‘lsa, operatsiya radikalligi shunchalik kamrok bo‘lishi kerak.

    Ichakning buralib, tugun xosil kilib, kisilib yashab ketishga layokatsiz kovuzloklari odatda birlamchi rezeksiya kilinishi kerak. Ichakning yashashga layokatsizligiga shubxa bo‘lganda, ayniksa strangulyasion egatlar, kon kuyilgan kismlari bo‘lganda shubxali kismlarini xam rezeksiya kilish kerak bo‘ladi.

    Ichakning yashashga layokatliligini aniklashning ko‘pgi­na usullari taklif kilingan. Klinik amaliyotda ichakni issik izotonik natriy xlorid eritmasiga xullangan sal­fetka bilan 10-15 minutgacha isitishdan foydalaniladi, shuningdek ichak tutkichga 20-40 ml ilik novokain eritmasi yuboriladi.

    Natriy xlorid, osh tuzi, NaCl - xlorid kislotaning natriyli tuzi. Kub panjarali kristallardan iborat rangsiz modda. Suyuqlanish temperaturasi 801°, qaynash temperaturasi 1413°, zichligi 2,161 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi.
    Agar ichakning yashashga layokati saklanib kolgan bo‘lsa, xozirgina aytib o‘tilgan muolajadan keyin ichakning seroz koplami pushti rangga kiradi, turgor va anik peristaltika paydo bo‘ladi, ichak tutkich tomirlarining urib turishi aniklanadi.

    Ichakning o‘tkir tutilib kolishida ichak devoridagi, ayniksa ko‘zdan kechirib bo‘lmaydigan shillik pardasidagi degenerativ o‘zgarishlar darajasi bir xil emas: to‘sikdan yukori joydagi kovuzloklarda o‘zgarishlar xamisha ko‘prok. Shuning uchun ichak obstruksiya joyidan 40-50 sm yukorida va uning pastidan 10-15 sm olib tashlanganda rezeksiya texnik jixatdan to‘gri bajarilgan xisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan masofalarni ichakning yashashga layokatli va layokatsiz kismlari orasidagi chegaradan o‘lchash kerak.

    Ichakni soglom to‘kimalar chegarasida rezeksiya kilish anastomozning bitib ketishiga kafil bo‘ladi.

    Tutilib kolishning strangulyasion formalari orasida sigmasimon chambar ichakning buralishi eng ko‘p - deyarli 50 foiz bemorlarda uchraydi. Kasallikning eskiligi va morfologik o‘zgarishlar, bemorlarning yoshi va axvolining ogir-yengilligi xisobga olinganda ba'zan optimal taktik yechimni tanlash kiyin bo‘ladi. Xirurg ko‘p uchratib turadigan ayrim xollarni ko‘rib chikamiz.

    Sigmasimon chambar ichak nekrozi yoki kora sigma. Taktika masalasi soglom to‘kimalar doirasida rezeksiya kilish foydasiga xal kilinadi. Nekrozlangan kovuzlokni korin bo‘shligidan korin pardasiga olib chikib, bemor axvoli imkon berishi bilan rezeksiya kilish yukori letallikka sabab bo‘lganligi sababli o‘zini oklamadi va xozir ko‘llanilmaydi.

    Nekrozlangan ichak rezeksiyasidan keyingi tiklanish boskichi. Ichakning ikkala uchini okmalar ko‘rinishida korin devoriga chikarilgandan keyin eng yaxshi natijalar kuzatiladi. Ichakning distal uchini tikib ko‘yishdan va uning proksimal uchini anus ko‘rinishida chikarishdan iborat bo‘lgan Gartmann operatsiyasi o‘zini yaxshi oklada. Ayrim klinikalardagi ijobiy tajribaga karamay, sigmasimon chambar ichak nekrozida birlamchi anastomoz ko‘yish yaxshi natija bermadi.

    Sigmasimon chambar ichakning nekrozsiz buralishida, yukorida ko‘rsatib o‘tilganidek rezeksiya va birlamchi anastomoz axvoli ogir bo‘lmagan, intoksikatsiya belgilari yo‘k yoki juda kam yosh bemorlarda kilinishi mumkin. Bu operatsiyaga yengillashtiruvchi sekostomiya majburiy ko‘shimcha xisoblanadi.

    Ichak buralishiga ko‘p vakt bo‘lganligi, intoksikatsiya, boshka organlarning birga keladigan patologiyasi, kundalang va pastga tushadigan chambar ichaklarda ichak suyukligining talaygina yigilib kolishi sigmasimon ichakni rezeksiya kilmasdan buralishi shunchaki to‘grilab ko‘ya kolish uchun asos bo‘ladi.
    Amaliyotdan namunalar

    Masala. 45 yeshli bemor xirurgik qabul bo‘limiga qorindagi og‘riq, kungil aynashish, qorin shishish, yel ajralmasligi, axlat kemasligiga shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Anamnezidan: 2 kuni avval kasallik boshlandi. Xurmo istemol kilgandan keyin yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘ldi. Umumiy ko‘rikda o‘tkir ichak tutilishi belgilari musbat. Bemorga ichak stimulyasiya terapiya qilindi, sifon xuqnadan keyin axlat va yel ajraldi. Utkir ichak tutiligshi bartaraf qilindi. Qoniqarli ahvolda javob berildi.


    Demonstratsiya materialari.

    1. Slaydlar

    2. Rasmlar

    3. O‘tkir ichak tutilishibilan bemorlar



    Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar.

    1. O‘tkir ichak tutilishi bilan kechadigan kasalliklarni davolash prinsiplari .

    2. O‘tkir ichak tutilishi sabablari va turlari

    3. O‘tkir ichak tutilishi klinikasi va davolash.

    4. O‘tkir ichak tutilishini davolash usullari.
    ADABIYOTLAR:

    I. Asosiy:

    1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

    Toshkent Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

    3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

    4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

    5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

    6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

    7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

    8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

    9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva.

    Moskva Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.
    Praktika 1998

    10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

    11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M.Meditsina 1959-1966.
    II. Qo‘shimcha:

    12. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

    13. yeroxin I.A., Gelfand B.R., Shlyapnikov S.A. Xirurgicheskie infeksii. Sankt-Peterburg, 2003.

    14. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.

    15. Osnovы operativnoy xirurgii. Pod red. S.A.Simbirseva, 2002.

    16. Prikladnaya laparoskopicheskaya anatomiya: bryushnaya polost i malыy taz. Vind G. Dj. 1999 god

    17. Ambulatory colorectal surgery. Ambulatory colorectal surgery / edited by Laurence R. Sands, Dana R. Sands.- New York: Informa Healthcare USA, Inc., 2009.- 354 p.

    18. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

    19. Atlas drenirovaniya v xirurgii – Gulman M.I. 2004.

    20. Odnoryadnыy neprerыvnыy shov anastomozov v abdominalnoy xirurgii – yegiev V.N. 2002g

    21. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

    22. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g



    23. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g

    24. Xirurgicheskaya operatsiya. Rasstroystvo gomeostaza, predoperats. podgot. - I.Ya.Makshanov. 2002 g.
    Download 2,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 2,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichak parezi va funksional tutilib kolishini (falajlik) patogenetik davolash

    Download 2,6 Mb.