O‘tkir ichak tutilishida xirurg xatti-xarakati va konservativ davolash usullari




Download 2.6 Mb.
bet9/14
Sana25.03.2017
Hajmi2.6 Mb.
#2205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘tkir ichak tutilishida xirurg xatti-xarakati va konservativ davolash usullari. O‘tkir ichak tutilishi bo‘lganda, shuningdek shu kasallikka taxmin kilingan xamma bemorlar shoshilinch jarroxlik bo‘limiga yotkizilish kerak.

Ularga ogrik, giperperistaltikaga karshi kurash, intoksikatsiyani bartaraf kilish va gomeostaz buzilishlarini (OTSKni to‘ldirish, suv-elektrolit va oksil almashinuvini tiklash) izga solishga karatilgan konservativ davolashni buyurish zarur. Infuzion davolash xajmi bemor axvolining ogir-yengilligi va kasallikning kancha muddatdan buen borligi bilan belgilanadi.

Diagnoz noanik bo‘lganda promedol va narkotik analgetiklar ko‘llanishdan saklanib turish kerak.

Konservativ davolash bemorni tekshirish bilan parallel xolda maksimal xajmda o‘tkaziladi. Ichak tutilib kolishi ogir kechayotgan bemorlarda konservativ davolash operatsiyadan oldingi tayyorgarlik sifatida, ko‘pi bilan 30—40 minut ichida o‘tkaziladi.

O‘tkir ichak tutilishi diagnozi tasdiklangan bemorlarda konservativ davolash ko‘pi bilan 2 soat utkaziladi.

Konservativ davolash kompleksi oshkozon ichak traktini yukori bo‘limlarini me'daga (yoki yaxshisi o‘n ikki barmokli ichakka) zond kiritish vositasida turib kolgan suyuklikni pas­siv okizish yoki past bosim ostida (masalan, suv okimi nasosi yordamida) chikarishni o‘z ichiga oladi. Me'dani 1-2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish maksadga muvofik.

Venaga 10% li natriy xloridni sutkasiga 1-2 marta 20 ml dan, 500-1000 ml dan 5-10% li glyukoza eritmasiga insulin ko‘shib (4g kuruk glyukoza moddasiga 1 TB xisobida), elektrolit, ayniksa kaliy almashinuvini normaga solish yo‘li bilan motorikani tiklasa bo‘ladi. Kaliy tankisligi nerv impulslarining sinaptik tuzilmalarga o‘tishiga yomon ta'sir kiladi; ichak atoniyasining gipokaliemiya natijasida rivojlanishi yaxshi ma'lum. Birok kaliy darajasining o‘zigina emas, balki kaliy, natriy va kalsiy ionlarining normal nisbati xam muxim.

Konservativ davolashning ta'sirchanligiga baxo berishga bemorning umumiy xolati (shikoyatlari, gemodinamika ko‘rsatkichlari va b.) va, nixoyat, korin tomonidan bo‘lgan o‘zgarishlar (o‘lchami, peristaltika borligi, korin pardasining ta'sirchanligi, motorika ragbatlantirilgandan keyin ich kelishi va b.), davolash jarayonidagi rentgenologik manzara dinamikasi mezon bo‘lib xisoblanadi. Utkazilayotgan davolashning naf bermasligi, ustiga-ustak bemor umumiy xolatining yomonlashuvi (meteorizm oshishi, intoksikatsiya) operatsiya kilishga ko‘rsatma bo‘ladi.

Ichakdagi destruksiya simptomlarida (keskin lokal ogrik korin pardasi ta'sirlanishining lokal simptomlari, defans, meteorizm, kusish, peristaltika bo‘lmasligi, «chaykalish shovkini» va b.) asosiy davolash tadbiri sifatidagi operatsiyaga mutlok ko‘rsatmalar vujudga keladi. Konservativ davolashni operatsiyadan oldingi jadal tayyorgarlik doirasida o‘tkaziladi, xolos.



Download 2.6 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 2.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘tkir ichak tutilishida xirurg xatti-xarakati va konservativ davolash usullari

Download 2.6 Mb.