O‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolash




Download 2.6 Mb.
bet11/14
Sana25.03.2017
Hajmi2.6 Mb.
#2205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolash.

Ichak tutilganda yoki unga shubxa kilinganda zarur tadbirlardan biri korin bo‘shligining xamma organlariga kiriladigan yo‘lni vujudga keltirish xisoblanadi. Buni avvalo miorelaksantlardan foydalanib o‘tkaziladigan endotraxeal narkoz bilan ta'minlanadi.

Bemorning ichagi bitishmadan tutilib kolganda xirurg navbatdagi operatsiya kilinishidan kiyin axvolda koladi. Shunga o‘xshash xar bir xolda masala individual xal kilinadi, birok xar kanday yo‘l orkali kirishda odatda o‘zaro va parietal korin pardasi bilan yopishgan ichak kovuzlogini katta masofada ozod kilishga to‘gri kelishini unutmaslik kerak. Shuning uchun eski chandik bo‘yicha uni kesib o‘rta yo‘l bo‘ylab kirishdan foydalanish kerak. Bunda eng muximi ozod korin bo‘shligiga kirish vaktida ichak kovuzlogini jaroxatlab ko‘ymaslik xisoblanadi.

Laparotomiya bajarilgandan keyin korin bo‘shligi taftish kilinadi. Strangulyasion tutilib kolishda xazm trakti birin-ketin taftish kilishning xojati yo‘k. To‘sikdan pastda ichak puchaygan xolatda bo‘ladi.

Kasallik manzarasi tutilib kolishning turi, paydo bo‘lgan vakti, ilgari boshdan kechirilgan operatsiyalar yoki peritonitdan keyin bitishma jarayonining yuzaga chikkanligi darajasiga boglik xolda birmuncha fark kiladi.

Agar diagnostik xato tufayli laparotomiya ichak funk­sional tutilishining boshlangich boskichida o‘tkazilgan bo‘lsa, operatsiyaning fakat diagnostik kismi bilan chegaralanib kolish mumkin emas. Bunday operatsiyadan keyin bemorlarning axvoli operatsiyadan keyingi parez xisobiga xamisha yomonlashadi. Parezga karshi ko‘rashish va funksi­onal tutilib kolishni profilaktika kilish maksadida shu sharoitda nazariy asoslangan muolaja ichakni dekompres­siya kilinadi. Ichak tutkichga 100 ml gacha 0,25% li novo­kain eritmasini yuborish peristaltikaning tiklanishiga yordam beradi.

Ichakning o‘tkir tutilib kolishida operatsiya xajmi kuyidagicha bo‘ladi:

1) ichak tutilishini tiklash va tutilib kolishga bevosita olib kelgan sababni imkon boricha bartaraf etish;

2) ichakni dimlangan suyuklikdan xoli kilish va opera­siyadan keyingi davrda uning bemalol okib ketishini ta'minlash – nazoenteral dekompressiiya;

3) korin bushligini sanatsiya va drenaj kilish.

Shunday kilib, eng muximi ichak bo‘ylab passajni tiklash lozim. Birok bu tutilib kolishni keltirib chikargan sababni tugatish degan ma'noni bildirmaydi. Tabiiyki, tutilib kolishni tiklash uchun to‘sikni bartaraf etish eng ma'kul variantdir. Birok bu shartni bajarish bemor axvolining ogir-yengilligiga to‘lik boglik. Xar kanday operatsiyaning asosida radikallik yo‘lida bemorga ziyon yetkazmaslik yotishi kerak. Shuning uchun tegishli operatsiya xajmini tanlash uchun xirurg bemor axvoliga ob'ektiv baxo berishi lozim. Shubxasiz, ko‘pgina sharoitlarda xirurg, odatda, ichak rezeksiyasini kilib tutilib kolish sababini bartaraf etishga majbur. Birok operatsiyaning keyingi - tiklanish boskichini bemor axvolining ogir-yengilligi bi­lan takkoslashi va birlamchi anastomoz ko‘yishi yoki ileostomani bajarishi kerak xolos. Bemorning axvoli nechoglik ogir bo‘lsa, operatsiya radikalligi shunchalik kamrok bo‘lishi kerak.

Ichakning buralib, tugun xosil kilib, kisilib yashab ketishga layokatsiz kovuzloklari odatda birlamchi rezeksiya kilinishi kerak. Ichakning yashashga layokatsizligiga shubxa bo‘lganda, ayniksa strangulyasion egatlar, kon kuyilgan kismlari bo‘lganda shubxali kismlarini xam rezeksiya kilish kerak bo‘ladi.

Ichakning yashashga layokatliligini aniklashning ko‘pgi­na usullari taklif kilingan. Klinik amaliyotda ichakni issik izotonik natriy xlorid eritmasiga xullangan sal­fetka bilan 10-15 minutgacha isitishdan foydalaniladi, shuningdek ichak tutkichga 20-40 ml ilik novokain eritmasi yuboriladi. Agar ichakning yashashga layokati saklanib kolgan bo‘lsa, xozirgina aytib o‘tilgan muolajadan keyin ichakning seroz koplami pushti rangga kiradi, turgor va anik peristaltika paydo bo‘ladi, ichak tutkich tomirlarining urib turishi aniklanadi.

Ichakning o‘tkir tutilib kolishida ichak devoridagi, ayniksa ko‘zdan kechirib bo‘lmaydigan shillik pardasidagi degenerativ o‘zgarishlar darajasi bir xil emas: to‘sikdan yukori joydagi kovuzloklarda o‘zgarishlar xamisha ko‘prok. Shuning uchun ichak obstruksiya joyidan 40-50 sm yukorida va uning pastidan 10-15 sm olib tashlanganda rezeksiya texnik jixatdan to‘gri bajarilgan xisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan masofalarni ichakning yashashga layokatli va layokatsiz kismlari orasidagi chegaradan o‘lchash kerak.

Ichakni soglom to‘kimalar chegarasida rezeksiya kilish anastomozning bitib ketishiga kafil bo‘ladi.

Tutilib kolishning strangulyasion formalari orasida sigmasimon chambar ichakning buralishi eng ko‘p - deyarli 50 foiz bemorlarda uchraydi. Kasallikning eskiligi va morfologik o‘zgarishlar, bemorlarning yoshi va axvolining ogir-yengilligi xisobga olinganda ba'zan optimal taktik yechimni tanlash kiyin bo‘ladi. Xirurg ko‘p uchratib turadigan ayrim xollarni ko‘rib chikamiz.

Sigmasimon chambar ichak nekrozi yoki kora sigma. Taktika masalasi soglom to‘kimalar doirasida rezeksiya kilish foydasiga xal kilinadi. Nekrozlangan kovuzlokni korin bo‘shligidan korin pardasiga olib chikib, bemor axvoli imkon berishi bilan rezeksiya kilish yukori letallikka sabab bo‘lganligi sababli o‘zini oklamadi va xozir ko‘llanilmaydi.



Download 2.6 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 2.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolash

Download 2.6 Mb.