TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI
FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Ukuv ishlari buyicha prorektor
professor Teshaev O.R. Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
_______________________
«27» avgust 2015 у.
Ma'ruza mavzusi:
PERITONITLAR.
Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun
Toshkent - 2015
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI
FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Davolash fakulteti dekani
professor Zufarov S.P.
_______________________
«27» avgust 2015 у.
Ma'ruza mavzusi:
PERITONITLAR.
Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun
Jarroxlik UMK yig‘inida
ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan
protokol № 1
«27» avgust 2015 у.dan
Toshkent - 2015
Peritonitlar
O‘QITISh TEXNOLOGIYaSI
Talabalar soni 60-120
|
Davomiyligi – 90 minut
|
O‘quv mashg‘uloti shakli
|
Ma'ruza – vizuallashtirish
|
Ma'ruza rejasi
| -
Peritonit haqida ma'lumot berish, dolzarbligi, tarixiy ma'lumotlar
-
Kasallik kelib chiqishi va patogenezini tushuntirish
-
Kasallik turli boskichlarining klinik kechishini tushuntirish, zamonaviy tekshirish usullar bilan tanishtirish
-
Boshqa kasalliklar bilan dif. diagnostika o‘tkazish
-
Talabalarni zamonaviy va eng ma'qul davolash usullar bilan tanishtirish
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: talabalarni peritonitlar, ularning kelib chiqish sababi, turli xil boskichlarining klinik kechishi bilan tanishtirish, kasallikni davolash dolzarb muammolardan ekanligini tushuntirish, kasallik davosining asosiy usullari, operatsiya va operatsiyadan keyingi davrlarni o‘ziga xosligi, bemolarning reabilitatsiyasi haqida ma'lumot berish.
|
O‘qituvchining vazifalari:
-
Talabalarni peritonit bilan tanishtirish.
-
Talabalarga peritonit etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi bilan tanishtirish.
-
Talabalarga peritonit operatsiya turini tanlashni o‘rgatish
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba uzlashtirish kerak kerak:
-
Peritonit etiologiyasi va patogenezi
-
diagnostikasi, simptomatikasi,
-
birinchi yerdam kursatish va davolash,
-
bajariladigan
-
operatsiya usullari
|
O‘qitish usullari va texnikasi
|
Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “ha-yo‘q” texnikasi
|
O‘qitish vositalari
|
Kompyuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti
|
O‘qitish shakllari
|
Kollektiv
|
O‘qitish sharoitlari
|
Texnik o‘qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya
|
MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI
Muddat, bosqichlar
|
Faoliyat
|
|
O‘qituvchining
|
talabaning
|
1bosqich
Kirish
(5 min)
|
1. Maruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum qilinadi
|
1. Eshitadi.
|
2 bosqich
Bilimlarning dolzarbligi
(20 min)
|
2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo‘naltirilgan savollar beriladi:
1.Utkir peritonit bo‘yicha tushincha berish
|
2.1. Savollarga javob beradi.
2.2. 1-slayd mazmunini o‘rganadi.
2.3. 2-slayd mazmunini o‘rganadi.
|
3 bosqich
Axborot berish (55 min)
|
3.1. Rejadagi masalalar bo‘yicha vizual materiallar va yo‘naltirilgan savollarni qo‘llagan holda ma'ruza materialini birin ketin bayon qiladi:
peritonit etiologiyasi va patogenezi
peritonit klassifikatsiya
peritonit klinikasi va diagnostikasi
peritonit davolash
Mavzuning asosiy joylariga e'tibor berishni va yozib olishni tavsiya etadi.
|
3.1. Berilgan materialning mazmunini muhokama qiladilar, oydinlashtiradilar va savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.
|
4 bosqich
Yakuniy
(10 min)
|
4.1. Savol beradi:
Utkir peritonit UASh taktikasi.
4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriq beradi: Noma'lum etiologiyali keratitlar
|
4.1. Savollarga javob beradi.
4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.
|
Maxruzani asoslash: O‘tkir peritonit - visseral va parietal qorin pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, u organizm kasallanishining og‘ir umumiy simptomlari bilan o‘tadi va qisqa vaqt ichida xayotiy muhim a'zolar va sistemalarining ko‘pincha jiddiy qaytmas zararlanishiga olib keladi. Bu qorin bo‘shlig‘i a'zolarining turli kasalliklari vajaroxatlarining eng og‘ir asoratlaridan biridir.
Ma'ruza maksadi: Utkir peritonit bilan tanishtirib, ularning etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish. Utkir peritonit diagnostikasi, simptomatikasi va bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish.
Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: talabalar peritonit haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishi, peritonit va operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish usullarini, o‘sib kelayotgan avlod va yurtimiz aholisi salomatligida uning katta ahamiyati borligini tushuntirib berish.Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Kasallikni aniqlash va davolash – UASh va tibbiyotning boshqa sohalari mutahassislari ish faoliyatining asosiy qismidir
Ma'ruzada kuriladigan masalalar: Talabalarni utkir peritonit bilan tanishtirish. Utkir peritonit etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi bilan tanishtirish. Talabalarga Utkir peritonit operatsiya turini tanlashni o‘rgatish.
Ma'ruzada kurilapigan masalalar va ularga ajratiladigan vakt:
-
Utkir peritonit bo‘yicha tushincha berish - 10 min
-
Utkir peritonit etiologiyasi va patogenezi - 20 min
-
Utkir peritonit klassifikatsiya - 10 min
-
Utkir peritonit klinikasi va diagnostikasi - 20 min
-
Utkir peritonit davolash - 30 min
Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:
-
Utkir peritonit kelib chikish sabablari nimada?
-
Utkir peritonit etiologiyasi va uchrashi.
-
Utkir peritonit patogenez iva boskichlari.
-
Utkir peritonit klassifikatsiya.
-
Utkir peritonit klinikasi.
-
Utkir peritonit diagnostikasi.
-
Utkir peritonit davolash usullari nimadan iborat?
Peritonitlar etiologiyasi va kelib chikishi
Dolzarbligi: O‘tkir peritonit - visseral va parietal qorin pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, u organizm kasallanishining og‘ir umumiy simptomlari bilan o‘tadi va qisqa vaqt ichida xayotiy muhim a'zolar va sistemalarining ko‘pincha jiddiy qaytmas zararlanishiga olib keladi. Bu qorin bo‘shlig‘i a'zolarining turli kasalliklari vajaroxatlarining eng og‘ir asoratlaridan biridir. Qorin pardasi jaroxatlanishalari ikkitatipda – ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq jaroxatlanishlari (teshib o‘tuvchi jaroxat), odatda, ichki a'zolarning yaralanishi bilan birga uchraydi, bu shoshilinch xirurgik operatsiya (laparotomiya va qorin bo‘shlig‘i a'zolari reviziyasi) o‘tkazish zarurligini taqazo qiladi. Ochiq jarohatlarining klinikasi ichik a'zoga yetkazilgan jarohat xarakteriga bog‘liq. Qorinning yepiq jarohatida qorin pardasi jarohatlanishlari yuz berishi mumkin, ular ko‘pincha ichki a'zolarning jarohatlanishi bilan birga uchraydi. Jarohatlanish xarakteriga ko‘ra ichki qon oqish, peritonit simptomlari va boshqalar birinchi o‘rinda turadi. Qorin bo‘shligiga bakteriyalarning biror turi tushishi bilan bog‘liq bulgan mikrob peritonitlaridan tashqari, qorin bo‘shligiga, qorin pardasiga agresiv ta'sir kursatadigan turli xil infeksiyalanmagan agentlar: qon, siydiq, o‘t, pankreatit shira tushishidan kelib chiqadigan aseptik (abakterial) peritonitlar farq qilinadi.
Bu kasallikning tarqalganligini, qorin bo‘shligi a'zolarining o‘tkir yalliglanish kasalliklari bilan kasallanish tendensiyasining oshganligini, shuningdek so‘nggi yillarda mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligi oshganligini nazarda tutilsa, bu muammoning klinik tibbiet uchun pechog‘lik muhimligini tushunish mumkin.
Tarixiy ma'lumotlar: Qorin bo‘shligining yallig‘lanish jarayonlari uzoq o‘tlishdan ma'lum bo‘lsa kerak. Bizning ming yil muqaddan vrachlarning peritonit belgilari to‘g‘risida oddiy tushunchaga ega bo‘lganliklari va uni jarrohlik yo‘li bilan davolashga uringanliklariga doir asoslangan fikr mavjud (Myuller, 1892). Yangi eramizgacha III asrda yunon vrach Erzostrat qorin bo‘shligida yig‘ilgan yiringni chov sohasidagi kesma orqali olib tashlashga urinib ko‘rgan. Bizning eramizning 100 yilida rim vrachi Oarapus Effeskiy: “Agar yiring qorin pardasi bilan ichaklar orasiga quyilgan bo‘lsa, yiring qorin bo‘shligidan qaerga keta olardi, eng osoni chov sohasida kesma qilib, uni chiqarib yuborgan ma'qul”, - deb yozgan.
III asr o‘rtalarida Ambruaz Pare klinikasi bo‘yicha septikopiemiyaga o‘xshash “umumiy zararlanish” to‘g‘risida gapirib, bu holatining sabablaridan biri qorin bo‘shligi ichki qismlarining yallig‘lanishi ekanligini aytadi. XVIII asrda boshqa atoqli fransuz xirurgi Jan Lui Pti qorin anatomiyasini o‘rganaetganda qorin bo‘shligi a'zolari orasida yiringli oqmalar yuz berishi mumkinligiga e'tibor qaraetgan. Rossiyada tabiblik bilan davolash davrida qorinning hamma yallig‘lanish kasalliklari «anton alangasi» degan umumiy nom bilan birlashtirilgan va tuzalmaydigan kasalliklar qatoriga kiritilgan.
| Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R. |
Peritonit klinikasi xarbiy vrach Vasiliy Shabanov (1816) birinchi marta ishonarli tasvirlagan, u me'da yoki o‘n ikki bormoqli ichak yarasining teshilishi negizida yesh askarda peritonit rivojlanganini tasvirlagan.
Urush davri qorin bo‘shligini operatsiya qiladigan xirurglarni yetishtirishga, ularning texnik malakasini oshirishiga, qorin ichidagi a'zolarning og‘ir jarohatlarini davolashda tajriba orttirishga, yiringli peritonitning asoratlari: ichak oqmalari, eventeratsiyalar, qoldiq infiltratlar va qorin bo‘shligidagi qaytalanadigan yiringliklar davolash tamoyilarini ishlab chiqishga imkon berdi. Antibiotiklar davrining boshlanishi (Flemming, 1946, yermoleva, 1946) shuningdek 50 yilarida ta'sir doirasi keng antibiotiklarning paydo bo‘lishi yiringli peritonitlarni yo‘naltirilgan antibakterial davolashga imkon berdi va peritonitda letallik (o‘lim) ni keskin kamaytiradi (B.A.Petrov, 1951, H.G‘. G‘afurov, 1953 va b.). Biroq, so‘nggi bir necha o‘n iyliklar ichida preparatlar soni tobora ko‘payib borishiga va dozalari oshirib berilishga qaramay, antibiotiklar xirurgik infeksiya nuqtai nazaridan asta-sekin o‘z samaradorligini yuqotadi va peritonitlarni davolash natijalari yemonlashdi.
Shunday qilib so‘ngi yillarda mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistenligi oshib borishi tufayli peritonitda prognoz yomonlashdi va letallik oshdi. Letallik foiz nisbatining turli mualliflarda farq qilishiga sabab shuki, xanuzgacha peritonitlarning amalda yagona qabul qilingan klassifikatsiyasi yo‘q. Vaxolanki klassifikatsiya yaratishga dastlabki urinishlar 1886 yildayoq A.D. Pavloskiy tomonidan boshlanga edi.
Peritonit klassifikatsiyasi. So‘ngi yillarda peritonitning ixcham klassifikatsiyalariga moyillik kuzatilmoqda. Chunonchi, A.M. Karyakin (1968) peritonitni faqat maxalliy va tutash turlarga, va V.I. Struchkov muallifdoshlari bilan (1967) mahalliy diffuz va tutash (umumiy) peritonitga bo‘ladilar. T.S. Simonyan (1071) klinikasida peritonitning tarqalganligi alohida ahamiyatga ega emas deb hisoblaydi va peritonit giperergik reaksiyalar nuqtai nazaridan ko‘zdan kechiriladigan klassifikatsiyani ilgari suradi, bunda u peritonitning uch bosqichi – reaktiv, toksik va terminal fazalarini farq qiladi.
Jarrohlik amaliyotida keng qo‘llash uchun, B.D. Savchuk (1979) taklif qilgan - peritonit klassifikatsiyasi (turlashi), soddaroq va qulay hisobla-nadi. Quyida shu klassifikatsiyani keltiramiz:
-
Maxalliy peritonit
-
Chegaralangan – qorin bo‘lig‘ining bitta, ba'zan esa ikkita anatomik sohalarida aniq chegaralangan yiringli jarayon bilan eksudat yig‘ilishidir (rasm 1). Bu abssess tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
-
Chegaralanmagan – qorin bo‘lig‘ining ikkitadan ko‘p bulmagan anatomik sohalarida qolgan bo‘limlaridan aniq chegaralanmagan eksudat yig‘ilishi.
-
Tarqalgan peritonit
-
Diffuz – qorin bo‘shlig‘ining kamida ikkita, biroq beshtadan oshmagan anatomik sohalarida eksudat yallig‘ilishi.
-
Tarqalgan peritonit – qorin bo‘shlig‘ining beshtadan ortiq anatomik sohalarini, kuppincha esa butun qorin bo‘shlig‘ini egallagan eksudat yig‘ilishi
Eksudat xarakteriga ko‘ra: seroz, seroz-yiringli, yiringli, fibrinoz-yiringli, gemorragik, ixoroz, anaerob, siydikka, o‘tga xos, pankreatitik, quruq turlarga bo‘linadi.
Kelib chiqishi bo‘yicha peritonit:
-
birlamchi peritonit – juda kamdan kam uchraydi. Infeksiyani quyidagi tushush yullari mavjud:
gematogen;
limfogen;
kriptogen;
teshib kiradigan (absses atrofidagi a'zolar va tuqimalardan ozod qorin bo‘shlig‘iga bo‘shaladi).
-
ikkilamchi peritonit:
-
appendikulyar;
-
xoletsistopankreatit;
-
perforativ (YaBJ va DPK, Kron kasalligi va b.);
-
travmatik (qorin bo‘shlig‘idagi kavak a'zolarining shikastlanish va shikastlanmasligi bidan o‘tadigan);
-
nekrotik (ichakning utkir tutilishida, hazm yo‘llari flegmonadan zararlanganda, mezenterial limfa tugunlari yiringli yallig‘langanda, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining kam uchrayigan yallig‘lanishda (Mekkel divertikuli));
-
operatsiyadan keyingi (me'da, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, o‘t yo‘llari va boshqa a'zolaridagi operatsiyalar);
-
ginekologik (naylar, tuxumdonlar, bachadon yallig‘langanda, nay yorilganda, bachadon perforatsiyasida, bachadonnning tug‘uruq vaqtida shikastlanganda, tuxumdon kistalari, qushimchalari va o‘smalari buralib qolganda).
Kupchilik hollarda peritonit polimikrob kassalik hisoblanadi. Ichak tayoqchasi guruhiy asosiy o‘rin tutadi, biroq so‘ngi paytlarda oddiy protey va boshqa shartli patogen bakteriyalar kuprok ahamiyatga ega bulmoqda, anaeroblar roli sezilarli oshdi. Pnevmakoklar va Kox tayoqchalari kam uchraydi.
Peritonitning klinik kechishidan o‘tkir yiringli peritonit rivojlanishining uch bosqichi tafovut qilinadi.
-
Peritonitning reaktiv bosqichi (dastlayuki 24 soat, teshilganda 12 soat) – mahalliy belgilar eng ko‘p yuzaga chiqqan bosqich: keskin og‘riq sindromi, mushaklar himoya taranglashadi, qusish, harakat qo‘zg‘alishi va b.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Umumiy belgilar: pulsning 120 martagacha tez urishi, AQB oshishi, nafas tezlashuvi va b., belgilari intoksikatsiyaga nisbatan og‘riq shoki uchun xos.
-
Peritonitning toksik bosqichi (24 - 72 soat, teshilganda 24 soat) – mahalliy belgilarning sunishi va yaqqol intoksikatsiyaga hos umumiy reaksiyaning ustunlik qilishi; yuz qiyofasi utgirlashgan, rangparlik, kamharakatlik, eyforiya, puls 120 oshgan, AQB pasaygan, kechikkan qusish, haroratning gektik xarakteri, qon formulasining yiringli - toksik surilishi. Toksik bosqich uchun mahalliy belgilardan og‘riq sindromi pasayishi, korinning himoya taranglashuvi, metiorizmning ortib borishi xos.
-
Terminal bosqichi (72 soat, teshilganda 24 soatdan ortiq) – qaytar chegaradagi chuqur intoksikatsiya bosqichi: Gippokrat yuzi, adinamiya, ruhiy tonus va harakatlar pasayishi, aksariyat intoksikatsiyadan deliriy, nafas va yurak – tomir faoliyatining talaygina buzilishlari, axlat hidi keladigan mo‘l qusish, qon formulasidagi kesin yiringli – toksik siljis fonida haroratning tushib ketishi, ba'zan bakteremiya. Mahalliy belgilardan peristaltikaning butunlay yo‘qolishi, qorin dam bo‘lishi, butun qorin bo‘ylab tutash og‘riq.
Peritonit etiologiyasi va patogenezi
O‘tkir peritonit – visseral va parietal qorin pardaning yallig‘lanishi bo‘lib, kasallikning og‘ir umumiy simptomlari bilan o‘tadi va qisqa vaqt ichida ko‘pincha hayotiy muhim a'zolar va sistemalarning qaytmas zararlanishlariga olib keladi. Ko‘pchilik hollarda qorin pardasining yiringli yallig‘lanishi qorin bo‘shlig‘idagi iror a'zoninng yiringli kasalligi asorati sifatida ikkilamchi rivojlanadi. Qorin bo‘shlig‘iga infeksiya tushishishining asosiy manbalari quyidagilar: chuvalchangsimon o‘simta (3-12%), o‘t pufagi (10-12%), ayollar jinsiy a'zolari (2-3%) va ichaklar (3-5%). Kamroq sababchilar: travmatik shikastlanishlar (2,7% gacha), me'da osti bezi (1% gacha), shunngdek operatsiyadan keyingi peritonitlar (1% gacha).
Peritonit vujudga keltiradigan eng ko‘p uchraydigan etiologik omil mikrob omilidir (infeksion peritonit); kimyoviy va fizik omillar peritonitlar rivojlanishida kam rol uynaydi (aseptik). Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Keyinchalik infeksiya qo‘shilgano‘da aseptik peritonit infeksionga aylanadi (yiringli). Biroq ayrim hollarda peritonitning birlamchi sababini hatto autopsiyadan keyin ham aniqlashga muvaffaq bulinmaydi. Bunday peritonit kriptogen peritonit deyiladi. Peritonit paydo bqlishining asosiy sababi qorin bo‘lig‘igsha patogen mikroflora tushishi hisoblanadi, biroq qorin bo‘shlig‘ida mikroflora borligi peritonit paydo bo‘lishini belgilarb bermasligini to‘g‘risida ko‘pgina dallilar topilgan.
Peritonit keltirib chiqaradigan etiologik omillarning turli – tumanligi (qorin bo‘shlig‘i a'zolarining o‘tkir destruktiv yallig‘lanishi), qo‘zg‘atuvchi turlarining kupligi, shuningdek klinik belgilarning ko‘pligi bu kasallikning polietiologiyali ekanligini kursatadi.
Katexolaminlar, gistamin, kortikosteriodlar endotoksinlar ta'siri ostida ajralib, parenximatoz a'zolarni og‘ir zararlantiradi, chuqur gemodinamik buzulishlar, oqsil, suv – tuz almashinuvi va kislota – ishqor muvozanatining (gipoproteinemiya, gipovolemiya, gipoalbuminemiya, gipokaliemiya, giponatriemiya, gipokalsiemiya va metabolik atsidoz) jiddiy buzulishlarni keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, kompleks sodir bo‘ladigan bir qator patologik o‘zgarishlar va yallig‘lanish jarayoni orta borgan sayin ularga qo‘shiladigan qo‘shimcha ta'sirlovchi omillar ham butun bir organizmda, ham hazm sistemasining funksional aktiv sath buzuq halqa hosil bo‘lishiga olib keladi.
Shu munosabat bilan Yu.M. Galperin (1975) o‘tkir peritonit bo‘lgan bemorlar ichak falajidan emas, balki enterergiyadan nobud buladilar deb hisoblaydi va bu tushuncha ostida ingichka ichakning hamma: xarakat, sekretor va so‘rish funksiyalarining o‘tkir yetishmovchiligini nazarda tutadi.
O‘tkir peritonitda gistogematik o‘tkazuvchanlik, to‘qima nafasi, endokrin sistema, oksidalnish qaytarilish jarayonlari, hujayralar membranalari funksiyasi, shuningdek jigar va buyrak funksiyasi buzilishlari katta o‘rin tutadi. Organizmning immunobiologik aktivligi pasayishi, fagotsitar aktivlik yo‘qolishi yuz beradi, qonning ivish va ivishga qarshi sistemasi giperkoagulyasiya tomoniga buziladi.
| Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. |
|