Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.68 Mb.
bet4/27
Sana25.03.2017
Hajmi2.68 Mb.
#2204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Tarixiy ma'lumotlar: Qorin bo‘shligining yallig‘lanish jarayonlari uzoq o‘tlishdan ma'lum bo‘lsa kerak. Bizning ming yil muqaddan vrachlarning peritonit belgilari to‘g‘risida oddiy tushunchaga ega bo‘lganliklari va uni jarrohlik yo‘li bilan davolashga uringanliklariga doir asoslangan fikr mavjud (Myuller, 1892). Yangi eramizgacha III asrda yunon vrach Erzostrat qorin bo‘shligida yig‘ilgan yiringni chov sohasidagi kesma orqali olib tashlashga urinib ko‘rgan. Bizning eramizning 100 yilida rim vrachi Oarapus Effeskiy: “Agar yiring qorin pardasi bilan ichaklar orasiga quyilgan bo‘lsa, yiring qorin bo‘shligidan qaerga keta olardi, eng osoni chov sohasida kesma qilib, uni chiqarib yuborgan ma'qul”, - deb yozgan.

III asr o‘rtalarida Ambruaz Pare klinikasi bo‘yicha septikopiemiyaga o‘xshash “umumiy zararlanish” to‘g‘risida gapirib, bu holatining sabablaridan biri qorin bo‘shligi ichki qismlarining yallig‘lanishi ekanligini aytadi. XVIII asrda boshqa atoqli fransuz xirurgi Jan Lui Pti qorin anatomiyasini o‘rganaetganda qorin bo‘shligi a'zolari orasida yiringli oqmalar yuz berishi mumkinligiga e'tibor qaraetgan. Rossiyada tabiblik bilan davolash davrida qorinning hamma yallig‘lanish kasalliklari «anton alangasi» degan umumiy nom bilan birlashtirilgan va tuzalmaydigan kasalliklar qatoriga kiritilgan.

Peritonit klinikasi xarbiy vrach Vasiliy Shabanov (1816) birinchi marta ishonarli tasvirlagan, u me'da yoki o‘n ikki bormoqli ichak yarasining teshilishi negizida yesh askarda peritonit rivojlanganini tasvirlagan.

Urush davri qorin bo‘shligini operatsiya qiladigan xirurglarni yetishtirishga, ularning texnik malakasini oshirishiga, qorin ichidagi a'zolarning og‘ir jarohatlarini davolashda tajriba orttirishga, yiringli peritonitning asoratlari: ichak oqmalari, eventeratsiyalar, qoldiq infiltratlar va qorin bo‘shligidagi qaytalanadigan yiringliklar davolash tamoyilarini ishlab chiqishga imkon berdi. Antibiotiklar davrining boshlanishi (Flemming, 1946, yermoleva, 1946) shuningdek 50 yilarida ta'sir doirasi keng antibiotiklarning paydo bo‘lishi yiringli peritonitlarni yo‘naltirilgan antibakterial davolashga imkon berdi va peritonitda letallik (o‘lim) ni keskin kamaytiradi (B.A.Petrov, 1951, H.G‘. G‘afurov, 1953 va b.). Biroq, so‘nggi bir necha o‘n iyliklar ichida preparatlar soni tobora ko‘payib borishiga va dozalari oshirib berilishga qaramay, antibiotiklar xirurgik infeksiya nuqtai nazaridan asta-sekin o‘z samaradorligini yuqotadi va peritonitlarni davolash natijalari yemonlashdi.

Shunday qilib so‘ngi yillarda mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistenligi oshib borishi tufayli peritonitda prognoz yomonlashdi va letallik oshdi. Letallik foiz nisbatining turli mualliflarda farq qilishiga sabab shuki, xanuzgacha peritonitlarning amalda yagona qabul qilingan klassifikatsiyasi yo‘q. Vaxolanki klassifikatsiya yaratishga dastlabki urinishlar 1886 yildayoq A.D. Pavloskiy tomonidan boshlanga edi.



Download 2.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 2.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.68 Mb.