• 2. Invaziv
  • “izlovchi” kateter usulini
  • Qorin bo‘shlig‘ini ultratovush bilan skanerlash




    Download 2.68 Mb.
    bet14/27
    Sana25.03.2017
    Hajmi2.68 Mb.
    #2204
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
    Qorin bo‘shlig‘ini ultratovush bilan skanerlash: qorin bo‘shlig‘ining biror bo‘limida eksudat yig‘ilganini aniqlashga yordam beradi, ayrim hollarda esa o‘t pufagi yoki me'da osti bezi sohasidagi infiltratsiya yoki destruktiv jarayonining yeldan shishib ketgan, paretik ichakni yoki destruktiv jarayonni aniqlash mumkin.

    Reografiya diastolik to‘lqin balandligining sistolik to‘lqinga qaraganda keskin oshganini (normada aksincha) aniqlashga imkon beradi, bu me'da va ichak tomirlaridagi dimlanish hodisalari to‘g‘risida xulosa qilishga yordam beradi.

    2. Invaziv: laparotsentez, “izlovchi” kateter usuli, diagnostik laparoskopiya va diagnostik laparotomiya.

    Laparotsentez tekshirishning birmuncha oddiy usuli bo‘lib, qorin devorini teshib qorin bo‘shlig‘iga ingichka kateter kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Peritoneal ekssudat kateter orqali chiqariladi. U operatsiya o‘tkazish katta xavf bilan bog‘liq bo‘lgan diagnostik qiyin hollarda qorin bo‘shlig‘ida ekssudat borligini topishga, uni aspiratsiya qilishga va mikroskopik tekshirishga imkon beradi. Olingan suyuqlik xarakteri bo‘yicha (qon, yiring va b.) qorin bo‘shlig‘idagi zxgarishlar to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin ekssudatni rN ga, amilaza, eritrotsitlar miqdoriga, uning tashqi ko‘rinishi, xidi, ranggiga ko‘ra laparotomiyaga ko‘rsatmalarni aniqlash mumkin, “izlovchi” kateter usulini qo‘llash esa 91% hollarda to‘g‘ri tashxis qo‘yishga imkon beradi.

    Laparoskopiya bevosita yallig‘lanish manbaini tomishga yordam beradigan birmuncha ishonchli usul hisoblanadi. Bu usul tekshirishning noinvaziv usullari ma'lumot bermagan taqdirda tashxis qo‘yish ishonch bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Laparoskopiyada qorin bo‘shlig‘ining deyarli hamma a'zolarini ko‘zdan kechirish, parietal va visseral qorin pardasining holatiga baho berish, ekssudat bor-yo‘qligini topish mumkin.



    Download 2.68 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




    Download 2.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qorin bo‘shlig‘ini ultratovush bilan skanerlash

    Download 2.68 Mb.