Peritonitlar etiologiyasi va kelib chikishi




Download 2.68 Mb.
bet3/27
Sana25.03.2017
Hajmi2.68 Mb.
#2204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Peritonitlar etiologiyasi va kelib chikishi

Dolzarbligi: O‘tkir peritonit - visseral va parietal qorin pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, u organizm kasallanishining og‘ir umumiy simptomlari bilan o‘tadi va qisqa vaqt ichida xayotiy muhim a'zolar va sistemalarining ko‘pincha jiddiy qaytmas zararlanishiga olib keladi. Bu qorin bo‘shlig‘i a'zolarining turli kasalliklari vajaroxatlarining eng og‘ir asoratlaridan biridir. Qorin pardasi jaroxatlanishalari ikkitatipda – ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq jaroxatlanishlari (teshib o‘tuvchi jaroxat), odatda, ichki a'zolarning yaralanishi bilan birga uchraydi, bu shoshilinch xirurgik operatsiya (laparotomiya va qorin bo‘shlig‘i a'zolari reviziyasi) o‘tkazish zarurligini taqazo qiladi. Ochiq jarohatlarining klinikasi ichik a'zoga yetkazilgan jarohat xarakteriga bog‘liq. Qorinning yepiq jarohatida qorin pardasi jarohatlanishlari yuz berishi mumkin, ular ko‘pincha ichki a'zolarning jarohatlanishi bilan birga uchraydi. Jarohatlanish xarakteriga ko‘ra ichki qon oqish, peritonit simptomlari va boshqalar birinchi o‘rinda turadi. Qorin bo‘shligiga bakteriyalarning biror turi tushishi bilan bog‘liq bulgan mikrob peritonitlaridan tashqari, qorin bo‘shligiga, qorin pardasiga agresiv ta'sir kursatadigan turli xil infeksiyalanmagan agentlar: qon, siydiq, o‘t, pankreatit shira tushishidan kelib chiqadigan aseptik (abakterial) peritonitlar farq qilinadi.

Bu kasallikning tarqalganligini, qorin bo‘shligi a'zolarining o‘tkir yalliglanish kasalliklari bilan kasallanish tendensiyasining oshganligini, shuningdek so‘nggi yillarda mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligi oshganligini nazarda tutilsa, bu muammoning klinik tibbiet uchun pechog‘lik muhimligini tushunish mumkin.





Download 2.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 2.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Peritonitlar etiologiyasi va kelib chikishi

Download 2.68 Mb.