• Yodda tuting!
  • HUQUQLAR ERKINLIKLAR
  • Shaxsiy huquq va erkinliklar




    Download 45,08 Kb.
    bet2/2
    Sana08.06.2024
    Hajmi45,08 Kb.
    #261552
    1   2
    Bog'liq
    YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR

    Yodda tuting!

    Huquq davlat tomonidan ta'minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir.



    Yodda tuting!

    Erkinlik bu, biror-bir narsada (hulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashni yo’qligidir. Ya'ni huquqda asosiy masala imkoniyatga ega bo‘lish, erkinlikda esa cheklashni yukligidir.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo‘lib mustahkamlangan.


    O‘zbekiston Konstitutsiyasida eng birinchi o‘rinda inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari keltirilgan. Ular odatda tabiiy huquqlar ham deb aytiladi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning boshqa turdagi huquqlardan eng asosiy farqi shundaki, ular inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi va ular barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta'minlanadi.


    Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo‘lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Konstitutsiyasining VII bobiga asosan, shaxsiy huquq va erkinliklarga quyidagilar kiradi:

    HUQUQLAR

    ERKINLIKLAR

    Yashash huquqi

    Fikrlash erkinligi

    Shaxsiy daxlsizlik huquqi

    So’z erkinligi

    Qonun tomonidan teng himoya qilinadi

    Vijdon erkinligi

    Aybsizlik prezumpsiyasi (Aybsiz hisoblanish huquqi)

    Din e’tiqodi erkinligi

    Turar joyi daxlsizligi huquqiga




    Erkin ko’chib yurish va turar joy daxlsizligi




    Axborot olish, izlash va uni tarqatish huquqi




    Ushbu huquqlarning kengroq talqini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 – 35 moddalarida o’z ifodasini topgan. Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qatiy nazar foydalaniladi va davlat ham barchaga fuqaroligidan qatiy nazar shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.


    25 modda. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas va tabiiy huquqi bo‘lib, u mamlakatda o‘lim jazosini belgilash, tayinlash va ijro etishni qat’iy inkor etadi.
    Konstitutsiya mazkur moddasida “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi” degan qat’iy norma mustahkamlanmoqda. Shu tariqa, O‘zbekiston ushbu nihoyatda jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligini, insonparvarlik g‘oyalariga sodiq ekanligini konstitutsiyaviy norma bilan mustahkamlagan.
    26 modda Inson sha’ni – bu insonning boshqa odamlar oldida o‘z ahamiyatini anglashi yoki insonning ma’naviy obro‘sidir. Inson qadr-qimmati – bu shaxsning o‘zini o‘zi hurmat qilishi, jamiyat a’zosi sifatida o‘z mavqei va ahamiyatini anglashidir.Har qanday holatda ham hech bir shaxs qiynoqqa solinishi va boshqa g‘ayriinsoniy ta’sirlarga duchor etilishi mumkin emasligini Konstitutsiya taqiqlamoqda.Shunga ko‘ra, davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘z faoliyatida har qanday holatda ham inson sha’ni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha ularga insoniy munosabatda bo‘lishlari lozim.
    27 modda “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
    Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart”.
    28 modda “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas”.
    Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirish borasida jinoyat protsessida aybsizlik prezumpsiyasi odil sudlovning muhim prinsipi hisoblanadi. Shaxsni aybli ekanligiga oid har qanday shubhalar, ayblash uchun yetarli bo‘lmagan ma’lumotlar asosida shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emas. Shaxsni aybdorligini isbotlash mutlaqo surishtiruv va tergov organlarining bevosita vazifasidir. Ayni shu bois ham, Konstitutsiyada shaxsni o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligiga oid qoida mustahkamlangan.
    Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart. Faqatgina shaxsning o‘z aybini bo‘yniga olish haqidagi ko‘rsatmasi uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmasligi lozim. Bunda shaxsni aybdor deb topish va uni jazoga tortish uchun yetarli dalillar to‘plangan bo‘lishi kerak.
    29 modda.“Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi. Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so‘roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega. Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega. Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”.
    Jinoyat protsessining har qanday bosqichida advokat yordamidan foydalanish deganda, advokat tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, birinchi instansiya sudida, hukmni ijro etish, apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni ko‘rib chiqishda jinoiy ta’qibga olingan shaxs hamda jabrlanuvchi, guvoh va boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi tushuniladi. Bundan tashqari, mazkur moddada har qanday dalil qonuniy vositalar yordamida olinishi, aks holda, bunday dalillar sudda foydalanilmasligi belgilangan.Ushbu modda orqali shaxsning sud hukmi ustidan apellyatsiya yoki boshqa tartibda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha talab qo‘yish huquqi kafolatlangan.
    30 modda “Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas”. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Qonun ham normativ-huquqiy hujjat turlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, e’lon qilinmagan qonun rasmiy va majburiy kuchga ega bo‘lmaydi, uning asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Mazkur normada “Bir qilmishga bir jazo” prinsipi ham mustahkamlangan.
    31 modda “Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
    Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
    Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega. Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi”.
    32 modda “Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega”.
    Mazkur norma, nafaqat O‘zbekiston fuqarolarining, balki O‘zbekistonda turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda xorijiy fuqarolarning ham O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishini kafolatlaydi. Bu esa fuqarolarga O‘zbekistonning hohlagan joyiga borish, sayohat qilish, bilim olish, ishlash, tadbirkorlik qilish imkoniyatini beradi.
    Turar va yashash joyini erkin tanlash huquqi – shaxsga davlat hududi doirasida turar va yashash joyini erkin o‘zgartirish imkonini beruvchi shaxsiy huquq bo‘lib, inson shaxsining erkin rivojlanishi uchun muhimdir. “Turar joy” va “yashash joy” tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, ular farqlanadi, turar joy – shaxsning vaqtinchalik turar joyi bo‘lsa, yashash joyi esa – shaxsning doimiy yashash joyi sifatida tushuniladi.
    33 modda “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi”.
    Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi insonning fundamental huquqlari hisoblanadi.Internetdan foydalanish uchun shart-sharoit yaratish, eng avvalo, axborotni izlash, olish, almashish va tarqatishni, shu jumladan, so‘z erkinligi huquqini ta’minlashga ko‘maklashadi. Axborot erkinligi bilan bir qatorda mazkur moddada izlash, olish va tarqatish taqiqlangan axborotning turlari aniq sanab o‘tilgan. Shu doiradan boshqa doiralarda axborot erkinligini cheklash mumkin emas. Boshqa shaxslarning huquqlari va obro‘-e’tiborini hurmat qilish uchun yoki davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki ma’naviyatini muhofaza etish uchun shaxsning ayrim huquq va erkinliklari cheklanishi mumkinligi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda ham belgilangan.
    34 modda “Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart”, deb belgilangan.
    Fuqarolarning davlat bilan o‘zaro aloqalar jarayoni turli xil ma’muriy aktlar bilan kechadi. Ma’muriy aktlar turli ko‘rinishdagi hujjatlar yoki harakat shaklida bo‘lishi mumkin.Ayni shu jarayonlarda har bir shaxsning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishi uning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi.Mazkur modda bilan fuqarolarga o‘zlariga kerakli hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish majburiyati davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilmoqda.
    35 modda “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb belgilangan.
    Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan huquqidir.Fuqarolarning mazkur konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.Unga ko‘ra, fuqaro dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta’lim olishga nisbatan o‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi mustahkamlangan.
    Bevosita demokratiyaning asosiy ko’rinishlaridan biri-referendum O’zbekiston Konstitutsiyasida alohida ravishda belgilangan. Konstitutsiyaning 9-moddasiga ko’ra, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
    Referendum lotincha so’z bo’lib, lug’aviy ma`nosi «ma`lum qilinishi lozim bo’lgan narsa» deganidir, ya`ni davlatda hal qilinishi lozim bo’lgan muhim masalalar xalqqa ma`lum qilinadi va uning ovoz berishi orqali hal etiladi.
    Referendumda qabul qilingan qarorlar O’zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo’ladi va faqat referendum o’tkazish yo’li bilan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
    O’zbekiston Respublikasi deputatlarining o’z saylovchilari oldida hisobot berishlari va uchrashuvlarini ham xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish shakli sifatida ko’rsatish mumkin.
    Xalq hokimiyatini amalga oshirishning yana bir ko’rinishi xalqning muayyan jamoat birlashmalari, xususan, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar va boshqa tashkilotlar orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishidir.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga asosan, O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidenti ish olib borish huquqiga ega.
    Konstitutsiyaning 11-moddasida: «O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi», - deyiladi. Konstitutsiyada o’zining huquqiy asosini topgan hokimiyatni taqsimlash tamoyilining barcha qoida va talablariga binoan bunday davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa sud organlariga taqsimlab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti bo’lgan Oliy Majlis qonunchilik sohasida barcha vakolatlarga ega.
    Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga asosan parlament faqatgina qonunchilik vakolatlarini amalga oshirish bilan chegaralanmasdan, ba`zi nazorat vazifalarini ham bajarishi zarur. Konstitutsiyamiz XX bobining 89-moddasida Respublika Prezitdenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekani mustahkamlangan.
    Hokimiyat taqsimlanishi nuqtai-nazaridan 93-moddaning 14-bandi, ya`ni Prezidentning Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunarni imzolash, yo ularga veto qo’yish huquqi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu normaning mohiyatidan ko’rinib turibdiki, Prezident tomonidan takroran muhokamaga qo’yilgan qonunarning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi masalasi oxir-oqibatda Oliy Majlis tomonidan hal etiladi.
    Hokimiyat taqsimlanishi prinsipiga asosan Konstitutsiyaning XX bobida sud hokimiyati tuzilishiga alohida ahamiyat berilgan, jumladan 106- moddada O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritiladi degan norma mustahkamlab qo’yilgan.
    Respublikamizda Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qay darajada mosligiga doir ishlarni ko’rish to’g’risidagi 108-modda g’oyat muhim ahamiyatga egadir. 109-moddaga binoan Konstitutsiyaviy sud tomonidan qabul qilingan qarorlar qat`iyligi va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emasligi to’g’risidagi qoidalar ham alohida huquqiy ahamiyati bilan ajralib turadi.
    Fuqarolik, jinoiy va ma`muriy ishlarni yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi xisoblanishi (110-modda), sudyalarning mustaqilligi, faqat qonunga bo’ysunishi, ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmasligiga va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’lishi, sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanishi haqidagi 112-modda sud hokimiyatining mustaqilligini ta`minlash uchun huquqiy asos bo’la oladi.
    Konstitutsiya va qonunar ustunligining ta`minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini belgilashda besh asosiy prinsipdan biri sifatida Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipini ko’rsatgan edilar.Qonunning jamiyatdagi rolini oshirishning birdan-bir yo’li huquqiy davlat qurishdir. Qonun ustuvor bo’lgan jamiyatda oddiy fuqarodan tortib Prezidentgacha hamma qonun talablarini bajarishi shart.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar Konstitutsiya va qonunarga muvofiq ish ko’radilar» - deyiladi.
    Konstitutsiya va qonun jamiyatda oliy yuridik kuchga ega. Respublikada oliy davlat hokimiyat organidan tashqari hech bir organ qonun chiqarishi yoki unga o’zgartirish kiritishi mumkin emas.
    Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunarga og’ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o’rnatilgan bo’ladi. Davlat apparatining barcha ijro organlari faqat qonunga muvofiq bo’lgan huquqiy hujjatlarni qabul qiladilar.
    Konstitutsiyaga ko’ra birorta qonun yoki boshqa me`yoriy - huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.Chunki Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, u oliy yuridik kuchga ega bo’lgan qonunchilik hujjatidir, Konstitutsiya huquqning hamma tarmoqlari uchun qonunchilik bazasi bo’lib hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini maxsus tarzda muhofaza qilish maqsadida davlat organlari tizimida ilk bor Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi qoidalar Konstitutsiyaning 108-109-moddalarida va 1995 yil 30 avgustda chiqarilgan «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida»gi qonunda ifodalangan. Ularga asosan, Konstitutsiyaviy sud respublikada chiqariladigan qonunarning, Prezident farmonlarining, Vazirlar
    XULOSA
    O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda va O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari to’g’risida»gi qonunida o’z aksini topgan.
    Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarini o’z ichiga oluvchi maqsad va vazifalarini qamrab oladi. Konstitutsiyaning 17-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
    O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalari va prinsiplariga, Respublikaning tashqi siyosatni tartibga soluvchi qonunchiligiga, harbiy sohadagi qonunchilikka, BMT ning hamda EXHT ning prinsiplari va maqsadlariga, O’zbekistonning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi.
    Diplomatiya tashqi siyosatni amalga oshirishning o’ta muhim vositasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifalari, ya`ni tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakllar, vositalar va usullar, amaliy tadbirlar majmuasini namoyon etadi hamda belgilab beradi.

    Adabiyotlar:


    1 Mirziyoyev Sh.M. Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2023 yil 9 may, №94 (8437)
    2 Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. –B.5.
    3 Mustafoyev B. Konstitutsaviy huquq ensiklopedik lug‘at. –T.: “O‘zbekiston”, 2006. –B.228.
    4 Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir //“Xalq so‘zi” gazetasi, 2019 yil 8 dekabr- №254 (7484).
    5 Rustamboyev M.X., Ahmedov D.Q., Xidirov S.M., Bekov I.R. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish.-T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. -B.25.
    6 Rustamboyev M.X., Ahmedov D.Q., Xidirov S.M., Bekov I.R. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish.-T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. -B.26.
    7 Rustamboyev M.X., Ahmedov D.Q., Xidirov S.M., Bekov I.R. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish.-T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. -B.27.
    8 Rustamboyev M.X, Ahmedov D.Q, Xidirov S.M, Bekov I.R. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. –B.29.
    9 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi //“Xalq so‘zi” gazetasi 2022 yil 21 dekabr, № 272
    10 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 1-maydagi 1245-sonli qarori //https://lex.uz/docs/-6449095
    Download 45,08 Kb.
    1   2




    Download 45,08 Kb.