|
nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari
|
bet | 2/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruzanogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari — nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotlari; - nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari — nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
- protez-ortopediya moslamalari — yo‘q bo‘lgan qo‘l-oyoqlarning yoki tana boshqa qismlarining o‘rnini bosish uchun mo‘ljallangan, organizmning buzilgan yoki yo‘qolgan funksiyalarini kompensatsiya qiluvchi moslamalar;
- surdotarjima — biror-bir tildan daktil alifbosi yordamida va (yoki) imo-ishora tilida tarjima qilish usuli;
- surdotexnika vositalari — eshitishdagi nuqsonlarni tuzatish va kompensatsiya qilish uchun texnik vositalar, shu jumladan aloqani va axborot uzatishni kuchaytiruvchi vositalar;
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — tekshiruvdan o‘tkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik ma’lumotlarini kompleks baholash asosida uning sog‘lig‘i yo‘qolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turg‘un buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida tavsiyalar berish; - tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — tekshiruvdan o‘tkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik ma’lumotlarini kompleks baholash asosida uning sog‘lig‘i yo‘qolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turg‘un buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida tavsiyalar berish;
- tiflotexnika vositalari — nogironligi bo‘lgan shaxslarning ko‘rishidagi nuqsoni natijasida yo‘qolgan imkoniyatlarini tiklash va kompensatsiya qilishga qaratilgan vositalar;
- shaxs hayot faoliyatining cheklanganligi — shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to‘liq yoxud qisman yo‘qotganligi.
|
| |