|
-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi
|
bet | 5/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruza33-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi - 33-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi
- Nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy, ijtimoiy, ta’limga oid va kasbiy sohalardagi mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan ko‘p sohalar bo‘yicha baholash asosida ishlab chiqiladi.
36-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish - 36-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi organlari, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosalari asosida ko‘rsatiladi.
- 6-bob. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
- 38-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish huquqi
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha darajalardagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish va o‘z qobiliyatini yanada to‘liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
- Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta’limini rivojlantirishni, ularning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi.
- Ta’lim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o‘rta ta’lim olishini, shuningdek o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limi olishini ta’minlaydi.
- Agar nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishini ta’minlaydi.
|
| |