|
-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari
|
bet | 3/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruza4-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari - 4-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish;
- nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi;
- nogironligi bo‘lgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va o‘z individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilish;
- obyektlar va xizmatlarning qulayligi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat va davlatning hayotiga jalb etish.
5-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish prinsipi - 5-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish prinsipi
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish nogironligi bo‘lgan shaxslarning va ular oilalarining huquq va erkinliklarini boshqa fuqarolar bilan teng ravishda himoya qilish hamda amalga oshirish kafolatlarini belgilash orqali ta’minlanadi.
- 6-modda. Nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, istisno etish, chetlatish, cheklash yoki afzal ko‘rish, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni rad etish taqiqlanadi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlashga hamda ularni jamiyat va davlat hayotiga jalb etishga qaratilgan maxsus choralar boshqa fuqarolarga nisbatan kamsituvchi choralar hisoblanmaydi.
- 7-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi prinsipi
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi ular uchun obyektlar hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardan, sog‘liqni saqlashdan, ta’limdan, ishga joylashishdan, shuningdek axborotdan va aloqa vositalaridan foydalanish kafolatlarini yaratishga hamda ulardan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini berishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
|
| |