• Talim sifati bilan birga sharoit ham muhim
  • Inklyuziv ta'lim rivojiga talab ham, ehtiyoj ham ortmoqda




    Download 82,8 Kb.
    bet8/10
    Sana13.02.2024
    Hajmi82,8 Kb.
    #155849
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-Ma\'ruza

    Inklyuziv ta'lim rivojiga talab ham, ehtiyoj ham ortmoqda

    • Inklyuziv ta'lim rivojiga talab ham, ehtiyoj ham ortmoqda
    • Dunyoda inson huquqlari degan oliy tushuncha bor. Bu har bir kishining jamiyatda mavjud barcha imkoniyatlardan birdek va barcha qatori teng foydalana olishini anglatadi. Imkoniyati cheklangan, nogironligi bor insonlar ham shular jumlasidan. Jamiyat bunday kishilarni boricha qabul qilib, teng munosabatda bo'lishga o'rganmas ekan, mamlakatda inson huquqlari kafolati to'laqonli ta'minlangan, deb bo'lmaydi. Ayniqsa, bugun dunyoda nogironligi bo'lgan qariyb 1 milliardga yaqin shaxs borligiga e'tibor qaratsak, bu chindan dolzarb masala ekani ko'zga tashlanadi.

    Ta'lim sifati bilan birga sharoit ham muhim

    • Ta'lim sifati bilan birga sharoit ham muhim
    • O'zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'i nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Ammo yaqin yillargacha imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog'lom bolalar bilan teng sharoitda o'qiyotgani bilan maqtana olmasdik. 2020-yilgi statistikaga ko'ra, yurtimizdagi 3,2 mingdan ortiq umumiy o'rta ta'lim maktabida 13 mingga yaqin o'quvchi inklyuziv ta'lim bilan qamrab olingandi. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2020-yildan inklyuziv ta'limga jiddiy e'tibor qaratildi.

    Jumladan, 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta'lim to'g'risida”gi qonunga ilk bor inklyuziv (uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritildi. O'zbekiston umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'limni joriy etish rejasi belgilab olindi. Unga ko'ra, 2025-yilgacha alohida ta'limga ehtiyoji bor bolalarning 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi ko'zda tutilgan. Buning uchun jadal amaliy harakatlar qilinyapti. BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi, Nogironlar huquqlari haqidagi deklaratsiyasi xalqaro tajribani o'rganishda qo'l kelmoqda. Davlatimiz rahbarining BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida bildirgan, imkoniyati cheklangan shaxslarning o'z qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha mintaqaviy kengash tuzish borasidagi taklifini esa nogironligi bo'lgan kishilar himoyasiga qaratilgan yana bir katta tashabbus, deyish mumkin.

    • Jumladan, 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta'lim to'g'risida”gi qonunga ilk bor inklyuziv (uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritildi. O'zbekiston umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'limni joriy etish rejasi belgilab olindi. Unga ko'ra, 2025-yilgacha alohida ta'limga ehtiyoji bor bolalarning 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi ko'zda tutilgan. Buning uchun jadal amaliy harakatlar qilinyapti. BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi, Nogironlar huquqlari haqidagi deklaratsiyasi xalqaro tajribani o'rganishda qo'l kelmoqda. Davlatimiz rahbarining BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida bildirgan, imkoniyati cheklangan shaxslarning o'z qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha mintaqaviy kengash tuzish borasidagi taklifini esa nogironligi bo'lgan kishilar himoyasiga qaratilgan yana bir katta tashabbus, deyish mumkin.

    Download 82,8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 82,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inklyuziv ta'lim rivojiga talab ham, ehtiyoj ham ortmoqda

    Download 82,8 Kb.