|
Nogironligi bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
|
bet | 6/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruzaNogironligi bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. - Nogironligi bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
- Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta’lim olishini kafolatlaydi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni to‘lovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus o‘quv qo‘llanmalari va adabiyotlar, shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
- Nodavlat ta’lim tashkilotlari nogironligi bo‘lgan shaxslarni (bolalarni) o‘qitganlik uchun to‘lov bo‘yicha imtiyozlar belgilashga haqli.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’lim berish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibdagi o‘quv rejalari bo‘yicha o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
39-modda. Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’limi - 39-modda. Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’limi
- Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’limi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
- Maktabgacha yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan zarur reabilitatsiya va abilitatsiya qilish choralari amalga oshiriladi hamda ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
- Sog‘lig‘ining holati maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lishni vaqtincha istisno etadigan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.
- Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg‘or uslubiyotlarni o‘z ichiga oladigan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini amalga oshirish ta’minlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Nogironligi bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
|