|
7-mavzu. Ko‘zi ojiz va nogironligi bor shaxslarning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq huquqiy asoslar Reja
|
bet | 10/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruzaYana bir omil — hamkorlikni yo'lga qo'yish. O'qituvchilar uchun hamkorlik va o'zaro fikr almashish muhim. U o'z faoliyatini tizimli baholab borishi, malakasini muntazam oshirishi, alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalararo guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qo'llash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamrovli maktab hamkorligini yo'lga qo'yish kabi xislatlarga ega bo'lish kerak. - Yana bir omil — hamkorlikni yo'lga qo'yish. O'qituvchilar uchun hamkorlik va o'zaro fikr almashish muhim. U o'z faoliyatini tizimli baholab borishi, malakasini muntazam oshirishi, alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalararo guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qo'llash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamrovli maktab hamkorligini yo'lga qo'yish kabi xislatlarga ega bo'lish kerak.
- Inklyuziv ta'limning o'ziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va o'qituvchi bir-biridan o'rganishadi hamda muammolarni birga hal etishadi. Bu ta'lim bir tomonlama bo'lmasligi kerak. Demak, inklyuziv ta'limda pedagog mahorati muhim ahamiyatga ega. Ya'ni umumta'lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o'qituvchi alohida yondashishi kerak bo'ladi. Kichik sinf o'quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq ekanini tushunishmaydi.
Malakali kadrlar zarur - Malakali kadrlar zarur
- Mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, sifat jihatidan takomillashtirib borish maqsad qilingan ekan, bu yo'nalishda pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Bunda, ayniqsa, pedagogika yo'nalishidagi OTMlar oldiga katta vazifalar qo'yilgan.
- Birgina Chirchiq davlat pedagogika universiteti misolida oladigan bo'lsak, inklyuziv ta'lim yo'nalishidagi kadrlarni tayyorlash ishlari ko'lami oxirgi yillarda sezilarli oshdi. 2021-yilda universitetning maxsus pedagogika kafedrasi musiqa va defektologiya kafedrasidan ajralib chiqib, mustaqil kafedra sifatida faoliyatini davom ettiryapti. Ayni vaqtda maxsus pedagogikaning surdopedagogika, tiflopedagogika, logopediya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavriat bosqichida 442 nafar, magistratura bosqichida 16 nafar talaba tahsil olmoqda. Bu yoshlar orasida ko'rishida nuqsoni bo'lgan 2 nafar, eshitishida nuqsoni bor 3 nafar, harakat-tayanch tizimi muammoli 3 nafar talaba ham bor. Ularning universitetda erkin va qulay harakatlanishi, darslarni samarali o'zlashtirishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilgan.
https://yuz.uz/uz/news/inklyuziv-talim-rivojiga-talab-ham-ehtiyoj-ham-ortmoqda
|
| |