|
-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, maktabdan tashqari, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limi
|
bet | 7/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruza40-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, maktabdan tashqari, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limi - 40-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, maktabdan tashqari, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limi
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi, professional ta’limi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat bo‘lganda esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning maktabdan tashqari ta’limi bolalar, o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va san’at maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limi oliy ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limdan keyingi ta’limi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin.
- Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mazkur muassasalarda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
- Professional ta’lim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ularda o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.
https://lex.uz/docs/-5049511
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, maktabdan tashqari, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limi
|