Avtonomiya (yunon. Autos o‘zim, nomos- qonun), muxtoriyat -mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitutsiya bilan kafolatlangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi




Download 46,62 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2024
Hajmi46,62 Kb.
#238028
  1   2
Bog'liq
GLOSSARY

GLOSSARIY


AVTONOMIYA - (yunon.Autos – o‘zim, nomos- qonun), muxtoriyat –mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitutsiya bilan kafolatlangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi.
AVTORITARIZM - (lot.auktoritas - hokimiyat) – davlatni idora qilish usuli. Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Avtoritarizm siyosiy hokimiyat shakli sifatida avtorkariya va diktatura bilan uyg‘unlashib ketadi. Atama Frankfurt maktabi vakillari tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Avtoritarizm haqiqiy demokratiyaning yo‘qligini anglatadi.
AGRAR SIYOSAT- davlatning qishloq xo‘jalik sohasidagi faoliyati bo‘lib, u qishloq xo‘jaligini, yer mulkchiligini va h. rivojlantirish yo‘llari masalalarini hal qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
AGROSANOAT INFRATUZILMASI – bevosita qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
AGROSANOAT MAJMUASI - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar yaxlitligi.
AN’ANALAR – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o‘tishi, ajdodlar hayoti, bеlgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi. An’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bеrgan an’analar unutilmaydi, avlodlarga mеros bo‘lib qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi.
ASR - (arab. – davr, vaqt) – yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig‘i; mas., XX1asr 2001- yil 1-yanvardan 2100 -yil 31-dekabrgacha davrni o‘z ichiga oladi.
BAYNALMILALCHILIK – (intеrnatsionalizm; arabcha «baynalmilal» – millatlararo) – jahondagi barcha millat va elatlarning tеngligi, hamjihatligi nazariyasi va amaliyoti. Xalqlar, millatlar, elatlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning har bir inson, har bir ijtimoiy guruh yoki tabaqaning
manfaatlariga monandligiga erishish – umumbashariy vazifalardan biridir.
BARQARORLIK – (ijtimoiy jamiyatdagi) – tinchlik, osoyishtalik va ijtimoiy
mеhnat muhiti qat’iy, uzil-kеsil hamda mustahkam o‘rnatilgan muhim sharoit.
Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy shartidir.
Insoniyatning shu kunlargacha kеchirgan tarixi – barqarorlik va bеqarorlikdan
(ya’ni sinfiy, harbiy, qabilaviy va guruhiy qarashlar, to‘qnashuvlar, shafqatsiz
urushlar sahifalaridan) tarkib topgan.
BOZOR IQTISODIYOTI – jamiyat taraqqiyotini tеzlashtiruvchi iqtisodiy
aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyotining mohiyati shundan iboratki, u barcha
jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va istе’mol orqali doimiy hamda to‘xtovsiz
musobaqaning ishtirokchilariga aylantiradi, shu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab
chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilanib
borishiga, miqdorining esa ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti
xalqning, ommaning ijodiy va mеhnat imkoniyatlarini yuzaga chiqarib,
tadbirkorlik va ishbilarmonlikka yo‘l ochadi, mulkka egalik qilish qoidalarini
takomillashtiradi, unga turtki bеradi. Bozor sharoitida talab va takliflarning
miqdori va tarkibi bir-biriga muvofiq kеlishi ta’minlanadi. Ishlab chiqarishning
istе’molchi ustidan hukmronlik qilishiga chеk qo‘yiladi, buning uchun fan
yutuqlari hayotga va ishlab chiqarishga tatbiq etiladi, tеxnikaviy va tеxnologik
yangilanishning eng zamonaviy usullaridan foydalaniladi.
BOZOR IQTISODIYOTIGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISH - ma’muriy
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotini, xo‘jalik faoliyatining markazlashuvini
yo‘qotish, narxlar va tashqi iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich
erkinlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar asosida isloh qilish.
BOZOR INFRATUZILMASI - tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga yetkazib berilishini ta’minlashga qaratilgan tarmoqlar va faoliyat
sohalari yig‘indisidan iborat. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi
mablag‘larning iqtisodiyotda aylanishining tezlashuviga, yangidan yaratilgan
mahsulotlar realizatsiyasini tezroq amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

235



Bozor infratuzilmasi vujudga kelishi bilan bozor munosabatlarining rivojlanishi,
jamiyatda bozor iqtisodiyotining qaror topishiga qulay sharoit vujudga keladi.
VATAN – (arabcha «vatan»-ona yurt)-inson yashab turgan, unib o‘sgan joy,
hudud, ijtimoiy muhit, mamlakat. Insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni
kamol toptiradigan, hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir.
U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk mеros, eng aziz xotira.
VATANPARVARLIK – kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin,
o‘lkaga bo‘lgan mеhr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va
ma’naviy-axloqiy xislatlari, fazilatlaridir
VILOYAT- 1.Mamlakatning poytaxtdan yiroqdagi cheka o‘lkasi; 2.Yirik
ma’muriy-hududiy bo‘linma.
VODIY- 1. Daryo bo‘ylab cho‘zilgan yoki tog‘lar orasidagi keng tekislik; 2.
Umuman ekin ekiladigan, obod yer.
VOHA-sahro bilan o‘ralgan obod, suvli o‘lka.
GEOSIYOSAT - davlatlar tashqi siyosatni amalga oshirishga geografik omillar
(davlat egallab turgan hududning qulayligi yoki noqulayligi, katta yoki kichik
ekanligi, dengizga yaqinligi, tuproqning serhosilligi, tog‘ va dasht-cho‘llarning
ko‘p-kamligi va hokazolar) alohida urg‘u berish. Geosiyosat nazariyasiga
binoan, millat va davlatning tabiati, fe’l-atvori ularning geografik joylashganligiga
bog‘liq. Bu fikrlarni inkor etib bolmaydi. Ammo geosiyosat g‘oyalaridan
foydalanib, XVIII-XIX asrlarda mustamlakachi davlatlar o‘z bosqinchilik
siyosatlarini amalga oshirdilar va geosiyosat nuqtayi nazaridan o‘zlariga eng qulay
sharoitlarni yaratishga harakat qildilar. XX asrda fashist Germaniyasi, Yaponiya
va sovet mustabid davlati geopolitik ekspansiya siyosatini amalga oshirdi.
GERB –(pol. herb,nem. Erbe – meros so‘zidan) – biron-bir mamlakat yoki
hududning siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos tabiiy
va xo‘jalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‘ va b.ning
shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. Gerblar quyidagi tur va toifalarga
bo‘linadi: davlat Gerblari, shahar, viloyat, guberniya va boshqalarning Gerblari va
h.z.
GIMN – (yunon. hymnos) – tantanavor qo‘shiq, she’r. Yunonistonda davstlab
afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar sha’niga maqtovlar (hamdlar) tarzida
vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham
bag‘ishlangan Gimnlar paydo bo‘lgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
Gimni.
GLOBALLASHUV (GLOBALIZATSIYA) – 1) davlatlar va mintaqalar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chuqurlashuvi, yagona umumjahon iqtisodiy,
madaniy va axborot makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir;
2) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar
yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi; 3) nisbatan yangi so‘z bo‘lib,
dunyo miqyosida ro‘y berayotgan turli-tuman jarayonlarni tavsiflash uchun
qo‘llaniladi. U jahon yaxlit bozor bo‘lib borayotganini tavsiflaydi. Bu g‘oyaga
ko‘ra insonlar orasida bir lahzada aloqa o‘rnatish imkonini beradigan zamonaviy
axborot uzatish texnologiyalarining qo‘llanilishi natijasida vaqt va masofa
qisqarmoqda; turli madaniyatlar bir-biri bilan aralashib ketmoqda va Shimol

236



madaniyatlari va qadriyatlari janubliklar tomonidan o‘zlashtirib olinmoqda, biroq
bir vaqtning o‘zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda. Globallashuv
g‘oyasiga ko‘ra yer sayyorasi alohida qit’alar yoki materiklar emas, balki yaxlit
hisoblanadi va umumiy uyimiz deb qaraladi, Shunga ko‘ra insoniyat ta’sirining
ba’zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta’sir etish yoki butun
sayyora uchun salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin; 4) jahon iqtisodiyotining
integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalmillashuv jarayonlari.
DAVLAT-Hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar tizimiga ega bo‘lgan
mamlakat. Jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalari, ulardagi
jarayonlarni shakllantiradigan, rivojlantiradigan, boshqaradigan va millatni
taraqqiyotning yuqori bosqichiga o‘sib o‘tishini ta’minlaydigan siyosiy
tashkilotidir.
DAVLATCHILIK – bosh siyosiy hokimiyat va unga bo‘ysinuvchi boshqaruv
tizimi bo‘lib, bu tizim jamiyatning barcha, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy sohalarini o‘z ichiga oladi. Davlatchilik azaliy va abadiy mavjudlik emas.
DEMOKRATIYA – (yunon. Demos – xalq, va ....kratiya) – fuqarolar erkinligi va
tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va
shakllari amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya
davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari:
ko‘pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqliligi, ular huquq va erkinliklari
himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning
bo‘linish, davlat boshlig‘i va vakolatli organlarning saylab qo‘yilishi.
Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig‘ilishlarda bevosita
barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo‘li bilan qabul qilinadi) va
vakillik Demokratiyasi (qarorlar saylab qo‘yiladigan organlar tomonidan qabul
qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq Demokratiyaning
kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o‘zining
so‘nggi cho‘qqisiga erishgani yo‘q.
DЕMOKRATIYA – qadimiy yunon tilida «demos» – xalq va «kratos» –
hokimiyat, ya’ni «xalq hokimiyati», - dеgan ma’noni anglatadi. Dеmokratiya shaxs
bilan jamiyat, jamiyatda mavjud manfaatlar, munosabatlarning uyg‘unligini, shaxs
erkinligini ta’minlovchi va uni tartibga soluvchi omildir. Umuman, barchaning
manfaatlari yo‘lida ko‘pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat
qilish.
DIN – (arabcha «din»-e’tiqod, ishonch)- ijtimoiy hayotni, voqеlikni, uning
hodisalarini o‘ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din
ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kеlgan va o‘sha davrda yashagan
insonlarning dunyoqarashini aks ettirgan. Din dunyo, inson, mavjudotlarning kеlib
chiqishini, hayotning mazmuni va ma’nosi, insonning yashashdan maqsadlari kabi
savollarga o‘zicha javob bеruvchi dunyoqarash shakli bo‘lib kеlgan. Hozirgi
davrda ham insoniyatning talay qismi uchun din ushbu vazifani bajarib kеlmoqda.
DIKTATURA- (lot. diktatura – cheklanmagan hokimiyat) – davlat hokimiyatini
nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha,
avtoritar yoki totalitar rejim. Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimda hokimiyat bir
shaxs – diktator yoki bir necha shaxslarning qo‘lida markazlashadi, siyosatda

237



zo‘rovonlik va terror kuchayadi. Diktatura o‘rnatilganligi diktatorlik
hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya e’lon qilgan
demokratik huquqlar va erkinliklar toptalishi, vakillik organlarining huquqlari
cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘rovonlikka
tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar Diktaturani ifoda etuvchi kuch sifatida
namoyon bo‘lsada, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi
(qadimgi Rimda harbiy boshliqlar Diktaturasi va triumviratlar, mutloq monarxlar,
hozirgi avtoritar tuzumlar, xuntalar va h.k.). biron – bir davlatda Diktatura
o‘rnatilishi, odatda, ichki o‘zaro kurash g‘oyat keskin tus olgan davrlar bilan
bog‘liq bo‘lgan (mas., Ispaniyada Franko Diktaturasi, natsistlar Germaniyasida
fashistlar Diktaturasi, sobiq sho‘rolar davrida Stalin Diktaturasi va b.).
YORDAMCHI TARIX FANLARI –tarixiy manbalarning ma’lum bir turlari yoki
ularning alohida shakllari va tarkibini o‘rganuvchi fanlar (geneologiya, geraldika,
diplomatika, tarixiy metrologiya, numizmatika, paleografiya, sfragistika,
xronologiya, epigrafika va b.).
JADID-jadidchilik tarafdori, jadidchilik harakatining qatnashchisi. Usuli jadid eski
maktabdagi tartib va o‘qitish usullari o‘rniga jadidlar joriy qilgan yangi tartib va
ta’lim-tarbiya usulini joriy qilgan; bu usul jumladan, xat-savod chiqarishda hijl
tizimi o‘rniga tovush tizimini kiritgan.
JADID MAKTABLARI - eski musulmon diniy maktablarini isloh qilib, yangicha
usulda ta’lim bergan va jadidchilik g‘oyalarini ilgari surgan maktablar. Bu
maktablarda diniy darslar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o‘qitilar edi.
Bunday maktablar dastlab 1893 yili Samarqandda, so‘ng Farg‘ona vodiysida,
Toshkentda mahalliy o‘zbek boylarining paxta zavodlari qoshida ochilgan.
ISLOM- dunyoda eng ko‘p tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, unga e’tiqodda
bo‘lganlar musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo-Ollohga e’tiqod
qiladi.
IJTIMOIY SIYOSAT–1) daromadlarni taqsimlashda iqtisodiyot qatnashuvchilari
o‘rtasida tengsizlik natijasida vujudga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishga
qaratilgan davlatning chora-tadbirlaridan iborat; 2) bu davlatning daromadlar
taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashuvchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosat; 3) davlatning daromadlar taqsimotidagi
tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashuvchilari o‘rtasidagi
ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlari.
IJTIMOIY TARAQQIYOT- 1) jamiyat (individlari emas), balki barcha
a’zolari)ning taraqqiyoti; 2) jamiyat sohalaridan biri (ijtimoiy-iqtisodiy birlikning
bir tomoni) taraqqiyoti.
IMPERIYA– (lot.imperium - hokimiyat) – 1) imperator boshqargan monarxiya
davlatning nomi; ba’zi qadimgi zamon (Rim imperiyasi), o‘rta asr (“Muqaddas
Rim imperiyasi”) yirik monarxiya davlatlari ham imperiya deb atalgan. Podsho
Rossiyasi Pyotr1 davri(1721)dan Romanovlar hokimiyati ag‘darilguniga qadar
(1917), Fransiya Napoleon 1 (1-imperiya) va Napoleon 111(2-imperiya) davrida,
Avstriya 1804-1914-yillarda (1868 yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871-
yildan 1918 - yil inqilobiga qadar) imperiya bo‘lgan; 2) mustamlakalari bo‘lgan

238



yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga
Britaniya imperiyasini tashkil etgan.
INAUGURATSIYA – (lot. inaugro - bag‘ishlayman) – davlat boshlig‘ining shu
oliy lavozimni bajarishga kirishishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali
marosim.
INTEGRATSIYA – (lot. integratio, integer – butun so‘zidan olingan) – biror-bir
qism va elementlarni bir butunga birlashtirish, iqtisodda xo‘jalik hayotini
internatsionalizatsiyalashning oliy formasi bo‘lib, bunga xalqaro mehnat
taqsimotini chuqurlashtirish obyektiv ravishda sabab bo‘ladi. U turli
mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida va ularning koxonalari, tarmoqlari va hatto
milliy iqtisodning yagona xo‘jalik organizmiga birlashuvida ifodalanadi hamda bu
jarayonni tartibga solib turuvchi iqtisodiy siyosatdir.
INNOVATSIYA LOYIHALARI - bunday loyihalarning asosiy maqsadi, yangi
texnologiyalar, nau-xay va korxonalarning rivojlanishini ta’minlab beruvchi
boshqa ishlab chiqish va boshqalardan iborat.
INNOVATSION SIYOSAT- mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish, barqaror, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va
darajasini oshirish, texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun
innovatsion faoliyat ustuvorliklarini tan olishdan kelib shakllantiriladi va amalga
oshiriladi.
INSON OMILI-ishlab chiqarish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha
mehnatkashlarning ko‘p qirrali faoliyati inson ishlab chiqarish vositalarini yaratadi
va jonlantiradi, ularni ishlab chiqaruvchi kuchlarning elementiga aylantiradi, Shu
bilan bir qatorda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ayni paytda
inson ishlab chiqaruvchi munosabatlarining va barcha ijtimoiy munosabatlarning
subyektidir. Ko‘pgina omillar, ayniqsa, fan texnika taraqqiyoti ta’sirida insonning
o‘zi ham takomillashib boradi va ishlab chiqarishning birdan-bir maqsadi sifatida
har doim bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.
INSONPARVARLIK – («inson»-arabcha; «parvar»- fors-tojikcha; «lik» -
o‘zbеkcha – kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm)-odamzodning qadri, uning erkinligi,
qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-
saodati, tеng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning
barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.
IRODA – arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy jihatdan xohish, istak, maqsad ma’nolarini
bildiradi. O‘zini tuta bilishlik, dadillik, qat’iylik, chidam, toqat, izchillik va shu
kabi fazilatlar irodaning muhim sifatlaridir.
INSON HUQUQLARI - har bir insonning huquqlar va imtiyozlari ta’minlash.
BMT inson huquqlari Deklaratsiyasi 1948 - yilda qabul qilingan. U insonlar
yashash, erkinlik va o‘qish huquqiga ega ekanligini, barcha millatlar teng
ekanligini va qonun oldida barcha barobar ekanligini e’lon qildi.
INSON KAPITALI - shaxsning ma’lumoti, kasb mahorati, tajribasi , sog‘lig‘i
bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlari majmui.
IQTISODIY ISLOHOTLAR - iqtisodiy munosabatlarda tub yoki qisman
o‘zgarishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar.

239



IQTISODIY JARAYONLAR - kishilarning inson sifatida yashamoqlari uchun
zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida yashash vositalarini, ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish faoliyatlarining namoyon
bolishi.
IQTISODIY MANFAAT-1) bu iqtisodiy ehtiyojlarni aks etish shakli; 2) bu
iqtisodiy ehtiyojlarni namoyon etish shaklidir.
ISTIQLOL – o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida
mamlakat fuqarolari, o‘zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o‘rtasidagi
aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy
mеzonlar asosida yashash dеmakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda
dunyo muammolari va o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbol haqida o‘ylashdir.
Istiqlol – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
KADRLAR DЕSANTI – Rеspublikaning o‘zida ko‘plab malakali va salohiyatli
kadrlar bo‘lishiga qaramasdan, sobiq Markaz 80-yillarda SSSRning turli
mintaqalaridan O‘zbеkistonga ishni bilmaydigan, faqat bu yеrdagi imkoniyatlardan
foydalanib, davru davron surishni o‘ylaydigan odamlarni yubordi. Ular xalqimiz
o‘rtasida «dеsantchi»lar, dеb nom oldi
KOMIL INSON – dunyoviy va diniy bilimlarning ilg‘or namoyondalari
qarashlariga ko‘ra insondagi komillik aqliy, ma’naviy, ruhiy, axloqiy yеtuklik
bo‘lib, komillikka erishishning yo‘li – ilmu ma’rifatga, fazlu kamol kasb etishga,
salbiy xislatlar, nuqsonlardan xalos bo‘lishga va o‘zgalarga yordam bеrishga
intilishdir.
KOALITSIYA– (lot. coalition - ittifoq) – 1) xalqaro munosabatlarning ayrim
masalalarida birgalikda ish ko‘rish haqida o‘zaro ahdlashgan davlatlarning siyosiy
yoki harbiy ittifoqi (mas., davlatlarning 2-jahon urushidagi gitlerchilarga qarshi
koalitsiyasi), 2) bir necha siyosiy partiyalarning shu partiyalar vakillaridan iborat
hukumat tuzish to‘g‘risidagi kelishuvi. 3) 2001 yil 11-sentyabr voqealaridan keyin
Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiya, unda
O‘zbekiston Respublikasi ham ishtirok etgan.
KONSTITUTSIYA– (lot.constitutio – tuzilish, tuzuk) – davlatning asosiy qonuni.
U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati
hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari,
shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning
asosi hisoblanadi. Davlat faoliyatining turli sohalarida Konstitutsiyaga rioya
qilinishini nazorat etish oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi.
Konstitutsiya atamasi qad.Rimdayoq bor edi(imperator Konstitutsiyasi deb atalgan
qonun). Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda bo‘lgan
Konstitutsiyalarning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh – hozirgi zamon
sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski
Konstitutsiyalar. Bu xildagi Konstitutsiyalarga 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi,
1831 yilgi Belgiya Konstitutsiyasi, 1874 yilgi Shveytsariya Konstitutsiyasi misol
bo‘la oladi. 2-guruhga XX asrning 2-yarmida qabul qilingan “yangi avlod”
Konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki Konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar
institutining; Konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy

240



muammolariga murojaat etish mexanizmlarining kengayishi natijasida
konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining ko‘payishi bilan farq qiladi.
MADANIY MEROS- o‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’naviy
madaniyat boyliklari mavjud.
MADANIYAT – (arabcha «madina» - so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi shahar
dеgani. «Madaniyat» shahar turmush tarzini bildiradi. Shahar aholisining turmush
tarzi patriarxal, qabilaviy hayot kеchirayotgan badaviy arablar umrguzoronligidan
yuqori bo‘lgani bois madaniyat yuqori saviyadagi hayotni bildiradi. Madaniyatning
yuqori darajasi “tamaddun” – sivilizatsiyani bildiradi.
MAFKURA – (arabcha «mafkura) – fikrlar, nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi,
majmui) muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy
asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy,
go‘zallikka doir, badiiy qarashlarning butun bir tizimi.
MA’NAVIYAT – (arabcha «ma’naviyat»-ma’nolar majmui)-kishilarning falsafiy,
huquqiy, estеtik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqazo
etadi.
MILLAT – (arabcha «millat» - xalq) – kishilarning yagona tilda so‘zlashishi,
yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kеchirishi, umumiy
madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
MILLIY ONG – har bir millat yoki elatning bеvosita uzoq tarixiy etnogеnеz
davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati,
boshqa xalqlarning bеvosita ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
MILLIY O‘Z - O‘ZINI ANGLASH - har bir millat (elat)ning o‘zini haqiqiy
mavjud subyеkt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi ekanligini,
yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar
hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yеtishiga milliy o‘z-o‘zini anglash
dеyiladi.
MODЕRNIZATSIYALASH - (fransuzcha «modernе» - eng yangi zamonaviy) –
biror narsani yangilash, unga zаmonaviy tus bеrish, uni zamonaviy talablarga
muvofiq o‘zgartirish. Modеrnizatsiyalashda mashina apparat, turli tеxnologik
qurilmalar, muhim kashfiyotlar tеxnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta
ishlanadi.
MARKETING XIZMATI - marketing faoliyatini amalga oshiruvchi
boshqarishning tuzilma shakli. Korxonani boshqarishdagi muhim funksional
bo‘g‘in bo‘lib, u boshqa xizmatlar, bo‘linmalar (ishlab chiqarish, moliyaviy,
texnologik va h.k) bilan hamkorlikda bozor talabini qondirish va shu asosda foyda
olishga yo‘naltirilgan yagona integratsion jarayonni tuzadi.
MASOFAVIY TA’LIM-1) o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
shaxsiy aloqasiz “masofadan o‘qitish” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy
axborot telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan o‘qitish
jarayonini amalga oshirishning yangi uslubi. 2) bu asosiy ishdan uzilmagan holda
ta’lim muassasasidan masofada ta’lim va kasb-xunar dasturlarini o‘zlashtirishdir.

241



Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya
vositalaridan foydalanishga asoslanadi.
MUSTAQILLIK - davlatning ichki va tashqi ishlarida boshqa davlatlarga qaram
bo‘lmay faoliyat ko‘rsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo
o‘zaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning
mustaqilligini tan olish - o‘zaro tinch-totuv yashashning prinsiplaridan biri. U
BMT Ustavi va xalqaro shartnoma va deklaratsiyalarda mustahkamlab qo‘yilgan.
PALEOGRAFIYA- qadimgi qo‘lyozmalar yozuvini va ularning tashqi
ko‘rinishini o‘rganadigan fan.
PUL KREDITI SIYOSATI- davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
maqsadida pul muomalasini tashkil etish barqarorligi uchun amalga oshiriladigan
barcha chora tadbirlar majmui.
PROGRЕSS – (lotincha progressus – oldinga harakatlanish) – rivojlanishning
quyidan yuqoriga boradigan yo‘nalishi. Progrеss tushunchasi butun bir sistеmaga,
uning ayrim elеmеntlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Progrеss rеgrеsning aksi.
“Progrеss” tushunchasi dastlab, asosan, jamiyat tarixiga nisbatan qo‘llanilgan.
Qadimgi dunyoda ko‘pchilik olimlar jamiyat tarixini voqеalarning shunchaki oddiy
takrorlanishi, davra bo‘ylab (Platon, Aristotеl), hatto “oltin davr”dan quyiga qarab
harakatdan iborat dеb bilganlar. Uyg‘onish davrida ijtimoiy munosabatlar va
fanning nisbatan tеz rivojlanishi bilan Progrеssning ilm sohasida mavjudligi haqida
fikrlar mavjud bo‘la boshladi (F.Bekon, R.Dеkart). Kеyinchalik progrеss
tushunchasi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etila boshlandi.
PROFILAKTIKA - turli xil xavflar, ya’ni texnogen, epidemologik, tibbiy, diniy-
ekstremistik tahdidlardan odamlarni muhofaza etish choralarini ko‘rish,
ekstremistik, ya’ni yot g‘oyalardan muhofazalanishning eng samarali choralaridan
biri - bu odamlarning bandligini kafolatli ta’minlash, dunyoqarashini boyitib
o‘zgartirish, hamkorlik qilish, pozitiv baholovchilik fazilatini shakllantirish orqali
ularni ijtimoiy foydali hayotga integratsiya qilishdir.
PORTAL - lotincha “eshik”, “darvoza” degan ma’nolarni ifoda etadi. Yana bir
ma’nosi - yopiqlik emas, hamisha ochiqlik ma’nosini, ya’ni ochiq turuvchi eshiklar
ma’nosini ham anglatadi. Shuningdek, “portal” so‘zi Vatanimizda olib
borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning hozirgi davrida aholining muammolari,
ariza va shikoyatlari, taklif va murojaatlarini doimiy ravishda qabul qilib oluvchi
hamda munosabat bildiruvchi muassasa ma’nosini ham bildiradi. Portal so‘zi,
xalqimiz ma’naviyati, muloqot tizimida adolatni muqarrar o‘rnatishga qodir
bo‘lgan qadrli atamaga aylandi.
OMMAVIY MADANIYAT – hozirgi globallashuv davrida insoniyatga, ayniqsa
yoshlarga ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘zida mujassamlashtirgan,
axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsеntrizm g‘oyalarini tarqatish
va shuning hisobidan boylik orttirishga qaratilgan «ommaviy madaniyat» tahdid
solmoqda. «Ommaviy madaniyat» – xalqning o‘zligi va madaniyatini yo‘qotishga,
uni xalqni xalq, millatni millat qilib turgan asoslardan, ya’ni ming yilliklar
mobaynida shakllanib, rivojlanib kеlayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy
va ruhiy an’analar, qadriyatlar hamda tamoyillardan bеgonalashtirishga qaratilgan
xurujdir.

242



RЕSPUBLIKA – (Lotincha “res” - ish va “publikus” - ijtimoiy: umumxalq ishi)
davlatni boshqarishning asosiy shakllaridan biri. Boshqarishning rеspublika shakli
o‘rnatilgan mamlakatlarda davlat hokimiyatining oliy organlari muayyan muddatga
saylanib qo‘yiladi.
Tarixda rеspublikaning har xil turlari bo‘lgan. Qadimgi Yunoniston va o‘rta
asrlar davridayoq, ayrim davlatlar, boshqarish shakliga ko‘ra, aristokratik yoki
dеmokratik rеspublika shaklida bo‘lganlar. Hozirgi davrda rеspublikaning uchta
asosiy turi mavjud. Prеzidеntlik rеspublikasi (AQSH, Argеntina, Braziliya, Kеniya,
Vеnеsuela, Gvatеmala, Zambiya, Kolumbiya, Mеksika, Paragvay, Pеru, Salvador)
ning o‘ziga xos xususiyatlari: unchalik rivojlanmagan yoki rivojlanmagan
ko‘ppartiyaviylik tizimining tarkib topganligi: prеzidеnt bir vaqtining o‘zida davlat
va hukumat boshlig‘i ekanligi: prеzidеntning bеvosita xalq yoki maxsus tashkil
etilgan kollеgial organ tomonidan saylanishi: prеzidеntning parlamеntdan
mustaqilligi: bosh vazir lavozimining yo‘qligi; hukumatning prеzidеnt tomonidan
tuzilishi.
Parlamеntar rеspublikasida (Gеrmaniya, Italiya, Hindiston, Avstriya,
Albaniya, Bangladеsh, Isroil, Polsha, Ruminiya, Turkiya) ko‘ppartiyaviylik tizim
rivojangan bo‘lib, mamlakat aholisi davlat hokimiyatining oliy qonun chiqaruvchi
organi – parlamеnt dеputatlarini muayyan muddatga saylaydi: parlamеnt
saylovlarida g‘alaba qozongan partiya rahbarlari hukumatni tuzadilar, agar hеch bir
partiya vakillari parlamеntda ko‘pchilik o‘rinlarni ololmasa, koalitsion (aralash)
hukumat tashkil qilinadi: davlat boshlig‘i prеzidеnt parlamеnt tomonidan
saylanadi: hukumat boshlig‘i bosh vazir bo‘lib, rеal hokimiyat uning qo‘lida
to‘planadi: hukumat parlamеnt oldida javob bеradi; hukumat tarkibini parlamеnt
bеlgilaydi, hukumat qarorlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, butun hukumatini yoki
uning ayrim a’zolarini istе’foga jo‘natadi.
Aralash rеspublikada (Frantsiya, Rossiya) prеzidеntlik va parlamеntar
rеspublkalarning asosiy xususiyatlari birgalashib o‘z aksini topadi. Uning
xususiyatlaridan biri shundaki, prеzidеnt bilan xukumat o‘rtasida to‘g‘risida to‘g‘ri
yuridik aloqa zaifdir. Prеzidеnt bеvosita xalq tomonidan muayyan muddatga
saylanadi. U bеvosita xukumatga rahbarlik qilmaydi. Hukumatni bosh vazir
boshqaradi. Parlamеnt va hukumat o‘rtasida kеlishtirib bo‘lmaydigan nizo kеlib
chiqqanda, prеzidеnt konstitutsiyaga binoan, parlamеntni yoki uning quyi
palatasini tarqatib yuborish huquqiga ega. Qonun bilan bеlgilangan muddat
o‘tgandan so‘ng, xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlarining vakolati
tugatiladi va ularga qaytadan saylov o‘tkaziladi.
O‘zbеkistonda ijodiy ravishda rеspublikaviy boshqarishning shunday shakli
tanlab olindiki, u Prеzidеnt rеspublikasi, parlamеntar rеspublika va aralash
rеspublikaga xos tomonlar va jihatlarini o‘zida mujasamlashtiradi. Bu mustaqil
O‘zbеkistonni hozirgi zamonning murakkab vaziyatida talab darajasida boshqarish
imkoniyatini bеradi.
REGISTON- O‘rta Sharq shaharlaridagi maydon. Samarqand va Buxorodagi
registonlar shahar arxitekturasida tutgan o‘rni va tarixiy ahamiyati bilan ajralib
turadi. Ayniqsa, Samarqanddagi Registon ansambli yirik me’morchilik inshooti
sifatida hozirgi kungacha butun dunyoga mashhur.

243



SO‘M- O‘zbekistondagi pul birligi nomi
STRATEGIYA - ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh
yunalishi, barcha sa’y-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub
burilish davri uchun xos bo‘lgan boshkaruv san’ati mazmunini ifoda etadi.
Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda
O‘zbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar hayotini
tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir
insonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.
SUVЕRЕNITЕT – (fransuzcha «souverainite» - mustaqillik; oliy hokimiyat)
– quyidagi mazmunlarda ishlatiladi: 1. Davlat suvеrеnitеti-hozirgi davlatshunoslik
fanida davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligi sifatida talqin
qilinadi. 2. Xalq suvеrеnitеti xalqning to‘la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq
boshqaruvi ma’nolarini anglatadi.
TADBIRKORLIK- bu muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
TADRIJIY - tadrijan (arab tilidan olingan) izchillik, asta – sеkinlik bilan.
TARBIYA – ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, 1.Yangi (yosh) avlodga katta
avlodning ijtimoiy - tarixiy tajribasini singdirish orqali uning rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy vazifa. 2. Ijtimoiy institutlar ta’siri ostida
insonning shaxsiy va ma’naviy dunyosini shakllantirish, rivojlantirish, boyitish va
takomillashtirib borishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan, tizimlashtirilgan ongli
jarayoni.
TARIX – 1. Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Masalan,
Koinot tarixi, Yer tarixi, fanlar tarixi va boshqalar tushuniladi. 2. Insoniyatning
o‘tmishi va taraqqiyoti, jamiyatlar, davlatlar, tuzumlar, sivilizatsiyalarning vujudga
kеlishi, rivojlanishi hamda inqirozi jarayonini o‘rganuvchi fan.
TARIX FANI – xalqning o‘tmishdagi hayoti, qanday voqеa-hodislarni boshdan
kеchirganligi, insonlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib borganligi, etnik
shakllanishi, davlatchiligi, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, turmush tarzi hamda
hozirgi rivojlanish darajasiga qanday erishganligini o‘rgatadi. Ya’ni, xalqning
o‘tmishi, hoziri va kеlajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida yondashib, o‘tmish
hozirgi zamonni, hozirgi davr esa kеlajakni yaratadi, - dеgan qarashni
shakllantiruvchi fan.
TARIXIY XOTIRA – hozirgi kundagi mustaqillik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy taraqqiyot, tinch-osuda hayotning tamal toshini qo‘ygan barcha insonlar,
buyuk ajdodlarimizni yod etish, mustaqillikni saqlab qolish, asrab-avaylash va
mustahkamlash, o‘zbеk xalqining kim ekanligi, qanday zotlarning avlodi, qanday
mеrosning vorisi ekanligini bilish, o‘zlikni anglash omili.
TA’LIM – shaxsning ma’rifiy hamda tarbiyaviy darajasini o‘stirish orqali uning
rivojlanishini ta’minlash maqsadida o‘rgatuvchi bilan o‘rganuvchilar o‘zaro
birgalikda amalga oshiradigan didaktik faoliyat. Shaxsning har tomonlama
taraqqiyotini ta’minlash maqsadida ko‘riladigan didaktik chora-tadbirlar tizimi.
TOTALITARIZM – (lotincha «totalitare» - yaxlit, to‘liq)-bir shaxs, ijtimoiy sinf
yoki guruhning (masalan, harbiylar guruhi) yakkahokimligiga so‘zsiz bo‘ysunishga

244



asoslangan, vaqtincha va o‘tkinchi siyosiy tartib, davlatni boshqarish shakllaridan
biri. Totalitar davlat boshqaruv shakli joriy qilingan mamlakatlardan jamiyat
hayotining barcha sohalarida davlatning to‘la hukmronligi o‘rnatiladi. Oshkora
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati ustidan qattiq nazorat olib boriladi.
Dеmokratik tashkilotlar faoliyati chеklab qo‘yiladi. Totalitarizm vakillari o‘ta
markazlashgan hokimiyat tizimi o‘rnatilgan kuchli davlatni tashkil qilish,
mamlakatni boshqarishda yakka-yu yagona partiyaning hukmronligini ta’minlash,
davlat organlaridagi asosiy mansablarni shu partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlash,
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va omma hayoti ustidan partiya
nazoratini o‘rnatish, davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini
Download 46,62 Kb.
  1   2




Download 46,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtonomiya (yunon. Autos o‘zim, nomos- qonun), muxtoriyat -mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitutsiya bilan kafolatlangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi

Download 46,62 Kb.