• III.Xulos IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
  • O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘G‘risida




    Download 22.6 Kb.
    bet1/4
    Sana19.05.2022
    Hajmi22.6 Kb.
    #21488
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Reja I. Kiris


    Reja:


    I. Kirish.
    1. Ekologiya fani haqida tushuncha.
    II. Asosiy qism
    1. O’simliklar dunyosi
    2. O’simliklarni muhofaza qilish.
    3. “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
    III.Xulos
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
    Kirish.
    Ekologiya, populyatsiya, autekologiya, biosfera, landshaft, ijtimoiy ekologiya, koinot ekologiyasi, urbanizasiya, taqqoslash, tajriba, modellashtirish, tasvirlash.
    Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.
    Ekologiya; tushunchasini fanga birinchi bcflib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini bildiradi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi.
    1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
    2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.
    3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.
    4. Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yer qobig'idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya, poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keladi.
    Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar: 1. Tasviriy, 2. Taqqoslash, 3. Tajriba, 4. Modellashtirish. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi. Fan texnika sohasida ro'y bergan inqilobiy o'zgarishlar va sanoat va transportning tez o'sishi, aholining ko’payib borishi, urbanizatsiya xodisasi, shaharlarning kengaya borishi, shaharlar ta'sirining orta borishi, qishloq xo'jaligida kimyolashtirishning kuchli ta'siri va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib kelsa, ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy ta'sirlarini ortishiga olib keladi. Natijada tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda ekologiya oldiga qo'yilgan birdan-bir dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosi -tabiatni muhofaza qilishdir.
    TMQ fani tabiiy resurslarning antropogen dinamikasi qonuniyatlarini, ularning murakkab o'zaro aloqalarini o'rganadi. Bu dinamikaning inson uchun ahamiyatini aniqlaydi, tabiiy boyliklardan ratsional foydalanishni asoslab beradi. Hozirgi avlod va kelajak avlod uchun muhim bo’lgan tabiiy resusrlarning miqdor va sifat xususiyatlarini - saqlash va tiklash usullarini ishlab chiqarish lozim.
    TMQ fani kompleks fan bo’lib, tabiiy fanlar ijtimoiy-iqtisodiy va texnika fanlari negizida rivojlanadi. TMQ termini birinchi marta 1913 yilda TMQ ga bagishlangan 1-xalqaro s'ezddan song olimlar tomonidan ishlatila boshlandi. Inson butun mehnat faoliyati davomida tabiat bagrida yashab, unga ta'sir etadi. Va ozi uchun zarur bo’lgan barcha ne'matlarni, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, energiya va mineral ashyolar va hakozolarni o'z mehnat faoliyati natijasida tabiatdan foyda oladi va sarflaydi. Masalan: dunyo bo'yicha hozirgi kunda har xil yoqilg'ilar ishlatilishi tufayli 10,1 ralyard tonna sarflanadi. qishloq xo'jaligiga yaroqli bo’lgan tuproqning 70 %, o'rmonlarning 50%, chuchuk daryo suvlarining20%, biologik resurslarning 70% kishilar tomonidan o'zlashtirilib foydalanilmoqda. Yer yuzida har yili 4 mlyard tonnadan ortiq neft, gaz 2 mlyard tonnadan ortiq komir yoqilib, 20 mlyard tonna har xil ma'danlar qazib olinadi. uning chang tozonlari, zaharli gazlar, tutun -qurumlari atrofga chiqib uni ifloslantirmoqda. Bularning hammasi insonning tabiatga ko’rsatgan ta'sirining natijasidir. Shunday ekan, tabiatdan to’g^ri foydalanish, tabiat qonunlari bilan hisoblashish va unga rioya qilish shartdir. Aks holda inson qator salbiy oqibatlarga duch keladi. Bugungi kunda shunday oqibatlarga duch kelmoqdamiz ham. Masalan, bundan 3000 yil ilgari yer sharidagi quriqlik yuzasi umumiy maydonining 47 ni o'rmonlar tashkil qilgan edi. Insonning o'rmonlardan rejasiz ravishda foydalanishi natijasida hozir uning miqdori 27% ga tushib qoldi. Bu esa 2 mlyardga yaqin unumdor yerning Eroziyaga uchgashiga sabab bo'ldi. Bu korsatgich butun quriqlik maydonining 15% ni tashkil qiladi. O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (O'IYOK) ning tabiatni muhofaza qilish bo'yicha 1974 yil tasdiqlangan dasturiga binoan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning quyidagi muammolari o'ta muhimdir.



    Download 22.6 Kb.
      1   2   3   4




    Download 22.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘G‘risida

    Download 22.6 Kb.