• Tayanch so`zlar
  • 25-Mavzu. Innovatsiya sam




    Download 1,42 Mb.
    bet1/27
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #259634
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash


    25-Mavzu. Innovatsiya samaradorligini baholash
    Reja:
    10.1. Innovatsion loyihalar samaradorligini baholash tushunchasi
    10.1.1. Innovatsiya samaradorligini baholash tizimi mohiyati
    10.1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiya samaradorligini baholash
    10.1.3. Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillari
    10.2. Innovatsion faoliyat samaradorligi turlari
    10.2.1. Samardorlikni kompleks baholash
    10.2.2. Ilmiy-texnik samaradorlik
    10.2.3. Ijtimoiy samaradorlik
    10.2.4. Iqtisodiy samaradorlik
    10.3. Innovatsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari
    10.3.1. Samaradorlikni baholashning statistik usullari
    10.3.2. Pul oqimlarini diskontlash usuli
    10.3.3. Samaradorlikni baholashning dinamik ko‘rsatkichlari
    10.3.4. Innovatsion loyihalarning investiison muqobil variantlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish
    10.3.5. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha misol
    10.4. Inflyatsiya va xatar omillarini hisobga olish
    10.4.1. Loyiha bo‘yicha yakka tartibdagi Stavka
    10.4.2. Yakka tartibdagi diskont stavkasini mahalliy sharoitlarda baholash
    10.4.3. Ssenariylar ishlab chiqish usullari
    Tayanch so`zlar: Innovatsion loyihalar samaradorligi, innovatsiya samaradorligini baholash, innovatsion faoliyat,. ilmiy-texnik samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik, pul oqimlarini diskontlash, inflyatsiya, ijtimoiy samaradorlik.
    10.1. Innovatsion loyihalar samaradorligini baholash tushunchasi.Sarmoya qo‘yilmalarining samaradorligini kompleks baholash muammosi iqtisodchi-olimlar va amaliyotchilarning doimo diqqat markazda turadi. So‘nggi yillarda ushbu muammoga bag‘ishlangan bir qator ilmiy ishlar1 olib borilgan, ular qo‘llash ko‘lami bo‘yicha umumdavlat, tarmoq va hududlarga ajratilgan, shuningdek, investitsiyalarning iqtisodiy asoslari va samaradorligi bo‘yicha ko‘plab turli-tuman uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
    Tabiiyki, ularning yangilik darajasi turli sharoitlarga mosligi hamda innovatsion loyihalarni baholash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ammo, ushbu savolga javob topishdan avval mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi holati va istiqbolini inobatga olgan holda sarmoya qo‘yilmalari sohasidagi ayrim uslubiy masalalarga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Investitsiyalar samaradorligini baholash muammosi aniq investor, ya’ni kapital resurslarga ega xo‘jalik subyekti oldida vujudga keladi. Ushbu resurslarni investitsiyalash foyda keltirishi mumkin. Foyda olish, umumiy ko‘rinishda, investor oldida turgan va uning ehtiyojlari bilan belgilangan maqsadlarga erishish darajasi sifatida aniqlanishi mumkin.
    Agar bozor iqtisodiyoti nazariyasining klassik qonunlariga nazar tashlasak (unga muvofiq birlamchi xo‘jalik subyektlar – mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqaruvchi, xaridor va yakuniy iste’molchilar) – faoliyati ushbu faoliyatning soha va yo‘nalishlarini erkin tanlaydi, davlatning vazifasi esa birlamchi xo‘jalik subyektlarning o‘zaro aloqadorlik jarayonini tartibga solishdan iborat) faoliyat samaradorligini hech bo‘lmaganda ikkita tur mezonlari bo‘yicha ajratish zarur degan xulosa kelib chiqadi. Birinchisi – belgilangan
    tashqi chegaralar doirasida uzoq muddatli istiqbolda eng yuqori foyda (daromad, tushum) olishga intiluvchi birlamchi xo‘jalik subyektlar faoliyati samaradorligining lokal mezoni. Ikkita bir xil bo‘lmagan, hattoki qarama-qarshi mezonlarning ikkita guruhlarining mavjud bo‘lishini tan olinishi sarmoya qo‘yilmalar samaradorligini baholashning turli usullarini ishlab chiqishni talab etadi. Ularni qabul qilingan tasnifga muvofiq makro- va mikroiqtisodiy mezonlar deb atash mumkin.
    Bozor munosabatlari sharoitida o‘z-o‘zini moliyalashtirish va o‘z-o‘zini qoplash asosida ishlayotgan va investitsiyalarni amalga oshirayotgan, ya’ni o‘z va qarzga olingan pul mablag‘larini ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflayotgan va shu bilan birga o‘z rivoji uchun uzoq muddatli moddiy asos yaratilayotgan IK va ilmiy tashkilotlar uchun istiqboldagi foydaliligi – ushbu investitsiyalarning yakuniy iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha masalasi eng muhim hisoblanadi. Shu bois, IK u yoki bu noaniqlikni hisobga olib ushbu investitsiyalardan keladigan umumiy daromadni prognoz qilishi va qabul qo‘llanilayotgan qarorlarni iqtisodiy asoslashning tegishli dastaklaridan foydalanishi lozim.
    Xo‘jalik mexanizmning tubdan isloh qilish, uning iqtisodiy rivojlanishining bozor modeliga qaratishning hozirgi sharoitida investitsion qarorlarni iqtisodiy asoslash muammosi yanada dolzarb tus oldi. Ushbu muammolar ham birlamchi xo‘jalik subyektlar darajasida hamda milliy iqtisodiyotning yuqori pog‘onadagi boshqaruvida, xususan, budjet mablag‘larini ilmiy, ijtimoiy va boshqa umumdavlat dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishda paydo bo‘ladi.
    Bozor iqtisodiyoti tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlarining eng muhim farq qiluvchi jihati ular o‘z faoliyatida ko‘zlayotgan maqsadlaridagi farqlarini hisoblashi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tartibga soladigan hukumat va davlat boshqaruv organlari butun jamiyatni rivojlantirish uchun global, xalq xo‘jalik maqsadlarini hisobga olishi lozim. Bunda davlat boshqaruv organlari ilgari yechgan vazifa va maqsadlardagi farqi deyarli yo‘q. Farqi asosan ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish usullaridan iborat. Agar ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida umumdavlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida reja – xalq xo‘jaligining birlamchi obyektlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarish shakli turgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida davlat birlamchi xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi tashqi sharoitlarini shakllantiradi va shu bilan milliy iqtisodiyotga iqtisodiy o‘sish uchun poydevor yaratib beradi.
    Birlamchi xo‘jalik subyektlar, o‘z navbatida, faqatgina davlat tomonidan belgilangan va barcha subyektlar uchun yagona bo‘lgan «o‘yin qoidalar»i bilan chegaralangan bo‘lib, o‘z faoliyatini istiqbolda yuqori foyda olishdan iborat bo‘lgan o‘z lokal maqsadlarga erishish uchun tashkillashtiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yechish lozim bo‘lgan vazifalardagi farqi investitsion qarorlar va investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari negizida yotgan turli mezonlarda o‘z aksini topadi. Ushbu yondashuv va usullarni, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, shartli ravishda makroiqtisodiy (agar ularning asosida investitsiyalar samaradorligining global mezonlari yotsa) va mikroiqtisodiy (agar lokal mezonalar yotsa) deb atash mumkin.
    Har qanday innovatsion loyiha amalga oshirishdan oldin ikkita bir-biri bilan bog‘liq uslubiy masalalar yechilishi lozim, ya’ni:
    1) loyihani amalga oshirishning har bir ehtimol variantining foydaliligini baholash;
    2) variantlarni taqqoslash va ulardan eng yaxshisini tanlab olish. Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi
    sharoitida belgilangan masalalarni yechish uslublari jahon amaliyotida qabul qilingan iqtisodiy o‘lchov va asosnomalar usullariga mos kelishi lozim.
    Davlat mulkchilik shakli va iqtisodiyotni boshqarishning markazlashgan usullari ustun turgan sharoitda barcha korxona va tashkilotlar uchun mos markazlashgan va yagona bo‘lgan xo‘jalik qarorlarning samaradorligini baholash yondashuvi ko‘proq qo‘llanil-gan. Uning mazmuni davlat uchun afzal bo‘lgan narsa, har bir xo‘jalik subyekti uchun ham afzal bo‘lishi kerak degan tamoyildan iborat. Ushbu tamoyil barcha subyektlar uchun yagona sarmoya qo‘yilmalar samaradorligining global mezonlarini – yangiliklarni amalga oshirish, barcha bosqichlarda, ya’ni investitsiyalar iste’molchilar tomonidan foydalanishgacha tadqiqot va ishlanmalarni olib borishdan olinadigan iqtisodiy samarani ko‘zda tutgan. Uslubiy tortishuvlar asosan ushbu samarani baholash negizida turgan ko‘rsatkichlar borasida vujudga kelgan, ya’ni bu ko‘rsatkichga yangilikni amalga oshirish uchun «sarf qilingan xarajatlar» yoki «integral» yoxud «yillik iqtisodiy samara» sifatida qaralgan.
    Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi sharoitida iqtisodiy asosnomalar har bir xo‘jalik qarorlarining majburiy qismidan iborat bo‘lgan bo‘lsa ham ikkilamchi rol va ko‘pincha rasmiy tavsifga ega edi. Ajratilgan sarmoya qo‘yilmalarni o‘zlashtirish bilan shug‘ul-lanadigan tashkilotlar hamda ularni taqsimlash bilan shug‘ullanayot-gan idoralar taqsimlovchi vazifasini bajarib, ajratilayotgan pul mab-lag‘larining haqiqiy egasi sifatida namoyon bo‘lmagan. Bundan tashqari, sarmoya qo‘yilmalarni bajarishi uchun ajratilayotgan pul mablag‘lar asosan beg‘araz shaklda amalga oshirilgan. Xo‘jalik qarorlarini asoslashga nisbatan bunday yondashuv vaziyatning yomonlashishga olib kelar edi, ko‘pincha bir necha yillar mobaynida foydalanilmagan yoki to‘liq quvvat bilan ishlamagan uskunalar xarid qilinar edi. Xorijdan valutaga xarid qilinadigan yangi texnika mavjud texnologik jarayonga moslashmas edi, shu bois uning texnik darajasidan kutilgan samarani bermagan.
    Uslubiy tavsiyalarda taklif etilgan samaradorlikni baholash usuli muayyan sharoitlarda innovatsion loyihalar bilan bog‘liq pul mablag‘larning kirimi va to‘lovlarning dinamikasini tahlil qilishga asoslanadi. Ya’ni, «naqd pullar oqimi» tahlil qilishga asoslangan ushbu yondashuv g‘arb investitsion hisob-kitoblar nazariyasi va amaliyotida keng qo‘llanadi. Aynan bu yondashuv jahon amaliyotida umum qabul qilingan usullarga to‘liq mos keladigan innovatsion loyihalar samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiy tavsiyalari2 asosidayotgan. Mazkur uslubiy tavsiyalarda investitsiyalar samaradorligini baholash usullari mamlakatimiz iqtisodchilarining ilmiy tadqiqotlari natijalari to‘liq aks ettirilgan. Ammo ushbu tavsiyalarning ayrim qoidalari munozarali hisoblanadi. Xususan, ularda innovatsion loyihalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini quyidagi turlarga bo‘lish tavsiya etilgan:
    -loyihalarning bevosita ishtirokchilari uchun uni amalga
    oshirishning moliyaviy oqibatlarini hisobga oluvchi tijorat (moliyaviy) samaradorlik ko‘rsatkichi;
    -davlat, hududiy va mahalliy budjet uchun loyihani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini hisobga oluvchi budjet sama-radorlik ko‘rsatkichi;
    -innovatsion loyihalar ishtirokchilarining to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy manfaatlari tashqaridan chiqadigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajat va natijalarni hisobga oluvchi va qiymat o‘lchovlarni qo‘llashga imkon beradigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi.
    Ushbu turlarni ajratish sun’iy hisoblanadi va iqtisodiy samaradorlikning yagona ko‘rsatkichini aniqlash bilan bog‘liq, lekin shu bilan birga u iqtisodiy tizimning turli obyekt va pog‘onalarida qo‘llanilishi mumkin: butun xalq xo‘jaligi (iqtisodiy samaradorlikning global mezoni), firmaning hududiy, tarmoq darajasi yoki muayyan innovatsion loyiha. Shunday qilib, keltirilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlikni baholash yondashuvi va usullarining tahlil natijalari bo‘yicha quyidagi xulosaga kelindi:
    -ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitlari uchun ishlab chiqilgan sarmoya qo‘yilmalarining iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari iqtisodiy islohotlar rivojlanishining hozirgi holatidagi nazariy va amaliy jihatlariga mos emas;
    -moliyaviy oqimlarni tahlil qilishga asoslangan va butun innovatsion loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholashga imkon beradigan iqtisodiy samaradorlikni baholashning dinamik usullari hamda, investitsion dasturlarni amalga oshirayotgan IKning investitsion davrning hisobot yili bo‘yicha moliyaviy holatini tadqiq etishga asoslangan statik usullar keng qo‘llanilib kelayotgan investitsion hisob-kitoblarni olib borishdagi xorijiy tajribaga katta qiziqish uyg‘otadi.

    Download 1,42 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1,42 Mb.