25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet7/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.1.3. Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillari
Innovatsion loyihaning dolzarbligi – bu uning vazifalarini mamlakat, hudud, xo‘jalik subyektining ilmiy-innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiqligidadir. Vazifalar sanoati rivojlangan mamlakatlarning ustuvorliklarini hisobga olgan holda boshqaruv subyektlari (davlat, hududiy darajada) yoki xo‘jalik subyektlari tomonidan belgilangan ilmiy-innovatsion, iqtisodiy, ijtimoiy ustuvorliklar bilan aniqlanadi. Ustuvorliklar umumjahon rivojlanish tendensiyalarini, davlatning texnologik va ekologik xavfsizligini, iqtisodiy o‘sishini, aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlash muammolarini yechish zaruriyatini aks ettirishi lozim. Ular mamlakat, hudud, xo‘jalik subyektning ilmiy-innovatsion rivojlantirish strategiyasi (konsepsiya, doktrina) asosida o‘rnatiladi. Uning umumiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
-fan va texnika rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgi-lash;
-texnologik rivojlanishda ustuvorlikni ta’minlash, resurslarni yangi qayta ishlab chiqish tamoyillarida yangiliklarni yaratish;
-import qilinadigan mahsulotdan ko‘ra, yuqori raqobatbardoshlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
-aholining farovonligini ta’minlash obyektlarni texnik yangilash, tarkibiy qayta qurish va mavjud ilmiy-innovatsion va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal foydalangan holda hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish;
-xo‘jalik subyektlarning mahsulotlarni doimiy tarzda raqobatbar-doshligini oshirish va eksportga yo‘naltirilgan hamda import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Innovatsion loyihaning umumiy ahamiyati shundan iboratki, xo‘jalik subyektlarni davlat, hududiy, tarmoq boshqaruv pog‘onalari nuqtayi nazardan baholash mumkin. Shu bois ham loyiha davlat, hududiy, tarmoq yoki xo‘jalik subyekti uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu baholash muayyan loyihaga nisbatan turli birikmalarda bo‘lishi mumkin.
Davlat ahamiyati ilmiy-innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning milliy maqsadlari bilan muvofiq holda aholi faoliyatining barcha sohalarida davlat ko‘lamidagi muammolarni yechish bilan bog‘liq.
Hududiy ahamiyati hududlarning salohiyatini ishga solish maqsadlari, mazkur hududga xos ijtimoiy va ekologik muammolarni yechish darajasini aks ettiradi.
Tarmoq uchun ahamiyati loyihaning mazkur tarmoqdagi ko‘plab xo‘jalik subyektlari uchun muhim bo‘lgan umumtarmoq muammolari yechiladi. Loyihaning xo‘jalik subyektlari uchun ahamiyati uning bozordagi texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechish bilan bog‘liq rolini kuchaytirish nuqtayi nazaridan baholanadi. Loyihaning umumiy ahamiyatini shartli ravishda uchta pog‘onada baholash mumkin: birinchisi (yuqori) – birlamchi muammolarni yechish; ikkinchisi – ustuvor muammolarni yechish; uchinchisi – kunlik muammolarni yechish.
Milliy ahamiyatga ega bo‘lgan loyiha uchun birlamchi muammolarga keskin ijtimoiy, budjet, inflyatsiya va boshqa muammolar; ustuvor muammolarga – hukumat tomonidan fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda belgilaydigan ustuvorlar sohadagi muammolar; kunlik muammolarga – masalan, davlat budjetini to‘ldirish, strategik import o‘rnini bosish muammolari kirishi mumkin. O‘xshash yondashuv loyihaning hududiy va tarmoq ahamiyatini baholashda ham qo‘llanilishi mumkin. Xo‘jalik subyekti uchun ahamiyatliligi ularning tashqi va ichki bozorlardagi holatiga qarab o‘zgaruvchan, yoki yakka tartibda bo‘lish mumkin, shu jumladan, u loyihaning mahsulot, xizmatlar sifatini oshirishga ta’sirini baholash; bozorda sotuvlarni kengaytirish va barqarorligi; xarajatlarni kamaytirish va ijtimoiy hamda ekologik muammolarni yechish; istiqbolda bozorga chiqishni ko‘zlaydigan texnologik ko‘nikmalarni shakllantirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Loyihaning umumiy ahamiyati uning ma’lumotlari va boshqa materiallarini tahlil qilish asosida mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilish yo‘li bilan baholanadi.

Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 1,42 Mb.