25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet15/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

Samaradorlik korsatkichlari






Investitsiyalarning umumiy iqtisodiy samaradorligi quyidagicha hisoblanishi mumkin:


a) butun xalq xo‘jaligi, yirik hudud va tarmoqlari bo‘yicha MI – solishtirma narxlardagi ishlab chiqilgan milliy daromad
ulushining MD ushbu o‘sishiga sababchi bo‘lgan barcha moliyalashtirish manbalari bo‘yicha foydalaniladigan sarmoya qo‘yilmalariga Q nisbati:



Bunda mutlaq samaradorlik mezoni Sm Kr sifatida investitsiya hajmlarni maksimallashtirish hisoblanadi:

b) i loyiha bo‘yicha Do' – daromad yoki xo‘jalik hisob daromadining o‘sishi (tannarxning pasayishi)ning ushbu o‘sishga sabab bo‘lgan sarmoya qo‘yilmalarning o‘sishiga Q nisbati:

Sarmoya qo‘yilmalarning tarkibiy qismlari ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga ketgan xarajatlar hisoblanadi, «ular ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bajarilishi uchun ketgan haqiqiy xarajatlarning pul ko‘rinishida ifodalanadi. Statistikada asosiy e’tibor moliyalashtirish manbasidan qat’i nazar hisobot yili davomida hisob beradigan tashkilotning o‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot va ishlanmalar uchun ichki xarajatlarni hisobga olishga qaratiladi»19.
Innovatsiyadan kelgan iqtisodiy samara o‘z mohiyatiga ko‘ra fan va ishlab chiqarishning birgalikdagi faoliyatining natijasini ifodalaydi. Jamoa foydaliligini miqdor jihatdan o‘lchash sifatida namoyon bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yechimini topish uchun zarur bo‘lgan muammolarni tanlash, ilmiy mavzu va yo‘nalishlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, ilmiy mahsulot uchun narxlarni ishlab chiqish, ilmiy jamoatchilik faoliyatini baholash va rag‘batlantirish tizimini tuzish uchun foydalaniladi20. Biroq, yuqori yillik iqtisodiy samarasiga bilvosita ishlarni bajarishda (resurslarni hisobga olmagan holda) ham erishish mumkin. Ilmiy tashkilotlar faoliyatining bosh maqsadi barcha resurslardan foydalanish unumdorligini oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Yangi texnika kam xarajatlar sarflashi va eng yuqori yakuniy natijani berishi kerak. Bu esa ilmiy jamoatchilik ishlarining natijaviyligini aniqlash mezoni hisoblanadi. Demak, xarajatlarni qoplash ko‘rsatkichi bu fanning iqtisodiy samaradorligi bo‘lib, u ilmiy g‘oyalarni (ya’ni innovatsiyani) ishlab chiqarishga joriy etishdan olingan samaraning ularni amalga oshirish umumiy xarajatlariga miqdoriy nisbatida ifodalanadi.
Har qanday ilmiy ish rentabellik bo‘lishi lozim degan fikr aslida noto‘g‘ri hisoblanadi. Masalan, FT ilmiy ishlar uchun zarur nazariy
negizni yaratadi. Nazariy negizni iqtisod qilish urinishlari amaliy tadqiqotlar darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. FT ishlab chiqarish bilan aloqasi to‘g‘ri chiziqli emas, chunki g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bir muncha vaqtni talab qiladi. Shunday qilib, yaqin vaqt kesimi uchun ushbu tadqiqotlar natijalarining samaradorligi deyarli qiymat miqdoriga ega emas.
ITTKI iqtisodiy samaradorligini aniqlashga ham boshqa yondashuv talab qilinadi. ITTKIdan keladigan iqtisodiy samaradorlik kutilayotgan, haqiqiy va mavjud samaradorliklarga bo‘linadi.
TKI va texnologik loyihalardan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning ikkinchi yili bo‘yicha hisoblanishi lozim. Haqiqiy samarasi joriy etish va foydalanish bosqichida turgan buyumlar bo‘yicha, haqiqatan chiqarilgan mahsulotlar hajmi bo‘yicha hisoblanadi. Mavjud iqtisodiy samara buyumlarni ishlab chiqarishga joriy etish optimal hajmi hamda mumkin bo‘lgan eng yuqori iqtisodiy samara sifatida ulardan foydalanish optimal sharoitlari bo‘yicha hisoblanadi.
Ushbu iqtisodiy samara FT, AT va GOSTlarni ishlab chiqish bilan aniqlanib, unda joriy etishning optimal hajmi sifatida yangi texnikaga bo‘lgan ehtiyoji namoyon bo‘ladi. U prognozli va ehtimolli tavsifiga ega, chunki bu yerda kelgusida olish mumkin bo‘lgan samara to‘g‘risida gap boradi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Download 1,42 Mb.