|
25-Mavzu. Innovatsiya sam
|
bet | 17/27 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #259634 |
Bog'liq 25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash10.5-rasm. Investitsiyalarning qoplanish davri (qaytarish muddati) ko‘rsatkichining grafikli talqini
Qaytarib berish davri ko‘rsatkichning kamchiligi shundan iboratki, ushbu ko‘rsatkich loyihaning qoplanish muddatidan tashqaridagi moliyaviy natijalarni hisobga olmaydi. Shu bois uni investitsiyalashning muqobil variantlarini taqqoslashda qo‘llash imkoniyati mavjud emas.
Ammo shu bilan birga, shuni qayd etish kerakki, statistik usullar juda qo‘pol hisoblanadi va ularning amaliy qo‘llanilishi tegishli baholash ko‘rsatkichlarning oson hisoblanishi bilan izohlanadi.
10.3.2. Pul oqimlarini diskontlash usuli
Pul oqimi loyihani amalga oshirish natijasida xo‘jalik subyektlarning hisob raqamlari va kassasiga haqiqatda tushgan (kiradigan pul oqimi) va tashqi sheriklarga to‘lanadigan (chiqadigan pul oqimi) pul mablag‘larning yig‘indisi hisoblanadi.
Kiradigan pul oqimi o‘z mohiyatiga ko‘ra, loyihaning moliyaviy natijasi bo‘lib, uning shakllanish manbalariga mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan tushgan tushum; tashqi sheriklarning kredit va qarz mablag‘lari; aksiyalar qo‘shimcha emissiyasi hisobiga jalb qilinadigan aksiyadorlik sarmoya; loyihaga jalb qilinadigan va loyihani yakunlash paytida baholanadigan aktivlarni sotishdan tushgan tushum; aniq loyiha bilan bog‘liq boshqa daromadlar kirishi mumkin.
Chiqadigan pul oqimi loyihaga dastlabki sarmoya qo‘yilmalarining miqdorini aniqlovchi investitsion xarajatlarni hamda odatda loyihaga jalb qilingan asosiy aktivlarga amortizatsion ajratmalarni hisobga olmagan holda ishlab chiqarish sotish xarajatlarini o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha joriy moliyaviy to‘lovlarni; kredit va qarz mablag‘lari uchun to‘lovlar; soliq to‘lovlari; boshqa foydadan to‘lovlar, shu jumladan qo‘shimcha aksiyadorlik sarmoyaga dividendlarni to‘lashni o‘z tarkibiga olgan.
Sof pul oqimi investitsion davrining muayyan vaqt davrida haqiqiy pul mablag‘lari kirimining va haqiqiy pul mablag‘lari chiqimiga ayirmasi bilan ifodalanadi:
t
bu yerda, NCFt – t vaqt oralig‘idagi sof pul oqimi; CIFt – t vaqt oralig‘ida kiradigan pul oqimi; COF – t vaqt oralig‘ida chiqadigan pul oqimi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarning prognozini investitsion davrining oralig‘i bo‘yicha tabaqalashgan holda amalga oshirish lozim. Investitsion davr oralig‘i sifatida oy, chorak yoki yil deb qabul qilish mumkin. Muayyan oraliqni birinchidan, pul kirimi va to‘lovlarning rejalashtirilgan davriyligidan, ikkinchidan har bir oraliq bo‘yicha prognozni olish aniqligidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Uzoq muddatli loyihalar uchun investitsion davrlarni turli oraliqlarga bo‘lish tavsiya etiladi. Masalan, loyiha amalga oshirilishining birinchi yil uchun oraliq odatda bir oy yoki chorak, keyingi yillar uchun – bir yil deb qabul qilinadi.
Innovatsion loyihalar pul oqimlari bilan tavsiflanib, ular odatda, investitsion davrning alohida oralig‘i davomida turli intensivligiga ega. Bunda sof pul oqimi loyiha bo‘yicha investison xarajatlar sarflanayotgan paytida loyihaning boshlang‘ich, investison bosqichida
salbiy bo‘lishi mumkin va aksincha, joriy kirimlar joriy to‘lovlar miqdoridanoshib ketadigan paytda, loyihaning foydalanish bosqichida ijobiy tus oladi.Loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun loyihaning mavjud ishtirokchilar tomonidan turli vaqt oralig‘ida olinadigan yoki sarflanadigan pul mablag‘larning turli qiymatlarini hisobga olish lozim. Turli vaqtdagi pul oqimlarini taqqoslash diskontlash – turli vaqtdagi pul oqimini (kirimni va to‘lovlarni) yagona vaqt paytiga keltirish uslubi bilan amalga oshiriladi. Diskontlash uslubining mohiyati kelgusida turli vaqt paytlarida to‘lanadigan va olinadigan pul mablag‘larning ekvivalentini topishdan iborat:
F
bu yerda, P (present value) – pul mablag‘larning joriy bahosi; t (future value) – t vaqt paytida to‘lanadigan (olinadigan) pul
mablag‘lar (kirimlar va to‘lovlar) miqdori.
Kelgusi kirimlar (to‘lovlar)ning pul ekvivalentini aniqlashga imkon beradigan hisoblash uslubi sifatida murakkab foizlar formulasi qo‘llaniladi. Endi ushbu formulani yagona to‘lov shakli sifatida oddiy pul oqimi uchun qo‘llashni ko‘rib chiqamiz. Uning diagrammasi 10.6-rasmda berilgan.
|
| |